ЎҚИТУВЧИЛАР ОРАСИДА ВИЛОЯТ ТАНЛОВЛАРИ БЎЛИБ ЎТМОҚДА

Педагогларнинг касбий салоҳиятини ошириш, илғор тажрибаларни оммалаштириш мақсадида Бухоро вилояти халқ таълими бошқармаси томонидан фанлар кесимида “Энг яхши методик тавсия”, “Педагогик инновацион ғоям” ва “Менинг инновацион ғоям” танловлари ташкил этилди.

Возможно, это изображение (2 человека, люди стоят, в помещении и текст «REDMI NOTE9 QUAD AMERA»)
Возможно, это изображение (6 человек, люди стоят, люди сидят и в помещении)

PREZIDENT TABRIGI —YOSH QALBLAR TIRGAGI

25-may — barcha ustozlar va o‘quvchilar uchun haya jonli

kun! Chunki mamlakatimizdagi barcha maktablarda so‘nggi

qo‘ng‘iroq yangraydi. Ayniqsa bu yilgi bitiruvchilar uchun davlatimiz

rahbarining yo‘llagan tabriklari kutilmagan unutilmas yangilik bo‘ldi. Nafaqat bitiruvchilar biz ustozlar va ularning ota-onalari uchun ham quvonchli voqea bo‘ldi. Samimiy dil izhorlari bitilgan tabrikda ta’kidlanganidek,“Qalbi pok, orzu-umidlar bilan to‘lgan sizlar kabi navqiron, azmu shijoatli yoshlarimiz timsolida biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan a’lim-tarbiya sohasidagi sa’y-harakatlarimizning yana bir amaliy natijasini,xalqimiz va Vatanimiz kelajagini ko‘ramiz”. Respublikamizdagi 10 mingdan ziyod davlat umumta’lim, 171 ta nodavlat, 18 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktablar qatorida bizning ta’ilm maskanimizda ham shunday ahd bilan ertangi kunimiz egalarining zamonaviy bilimlarni 

mukammal o‘qib-o‘rganishlari uchun qulay sharoit va imkoniyatlar muhayyo etilgan. Yoshlarga fanlarni puxta o‘rgatish barobarida har jihatdan yetuk, jismonan barkamol,yuksak ma’naviyatli va keng tafakkur egalari etib tarbiyalash maq­sadida­ ma’naviy-ma’rifiy­ tadbirlarga,­ sport­ musobaqalari,musiqa va san’at yo‘nalishidagi tadbirlarga, 5 muhim tashabbus ijrosiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

 2020 — 2021-o‘quv yili men uchun ham yutuqlarga boy yil bo‘ldi. 4-sinf o‘quvchilarim

juda ko‘p tanlovlarga qatnashib, faxrli o‘rinlari bilan meni quvontirdilar.

Bu yil Buxoroda ilk marotoba o‘z faoliyatini boshlaydigan Prezident maktabiga kirish uchun ko‘pgina o‘quvchilarim tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ularning yutuqlari meni yanada ijodkorlik bilan ishlashga undaydi.Ushbu o‘quv yilida “Xalq ta’limi a’lo chisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganim yurtimizda o‘qituvchi mehnatiga berilgan yuksak e’tirof deb hisoblayman. Bu mukofot nafaqat menga, balki men 20 yildan buyon ishlab kelayotgan jonajon maktabim va ham kasblarimga berilgan mukofot deb bilaman.Bu mukofot meni yanada ko‘proq o‘z ustimga ishlashga, o‘quvchilarimning ijodkor­lik ­qobiliyatlarini ­rivojlantirib,­Yangi­O‘z­­be­kistonning ­yangicha­fikrlaydigan ­erkin,­ozod ­o‘quvchilari­ etib tarbiyalashga undaydi.

Prezidentimizning yoshlarga bildirgan bu ishonchlarini maktabimiz o‘quvchilari o‘zlarining bilim cho‘qqilarini zabt etishga bo‘lgan harakatlari bilan oqlashlariga ishonaman.

Surayyo MURODOVA,

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi

 1-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

«Sinf rahbari» jurnalining yanvar soniga maqolam chiqdi.

Yangi g’oyalar,yangicha harakat bilan boshlangan yangi yilimiz Vatan taqdiriga befarq bo’lmagan har bir fuqaro kabi meni ham o’qituvchi-yosh avlod ertasiga mas’ul kasb egasi sifatida yangicha ishlashga,shijoatga chorlaydi.O’tgan yilda Xalq ta’limi vazirligining e’tirofi bilan oliy toifali o’qituvchi maqomini qo’lga kiritib,”Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoniga sazovor bo’ldim.Bu qalbimga katta quvonch,ustozlarim,butun faoliyati ta’limda o’tgan keksa ota-onam,menga har kuni umid bilan boqib turadigan beg’ubor nigohlar oldida burchimni ado etayotganimga bir hujjat bo’ldi,deb ayta olaman.Shuning barobarida,bir dovondan oshgani kabi,yanada katta marralarni maqsad qilishga undadi.Muhtaram Prezidentimiz Uchinchi Renessans haqida gapirganlarida qalbim juda katta orzularga to’ldi.Men tahsil berayotgan juda iqtidorli o’quvchilarim orasidan ham daholarga loyiq avlod yetishishiga umid qilib,yanada ko’proq ishlashga,izlanishga ahd qildim.bu maqsad yo’lida men kabi Yurtimizdagi minglab o’qituvchilar harakat qilishlariga ishonaman.

Surayyo Murodova

Buxoro viloyati Romitan tumani

1-umumiy o`rta ta`lim maktab

boshlang’ich sinf o`qituvchisi

“LEPBUK” METODI — DARS SAMARADORLIGINI OSHIRADI

Bugungi kunda barcha bolalar telefon, planshet va kompyuterda ishlash ko’nikmasiga ega. Gadjetlar va Internetga qarshi turish juda qiyin, ayniqsa, boshlang’ich maktab yoshidagi bolalar haqida gap ketganda. Bu yoshdagi bolalarning  o’rgatilayotgan mavzularni vizual va o’yin tarzida  yaxshiroq qabul qilihsi tajribada sinalgan. Shu bois ham faoliyatimda materialni o’zlashtirishning yangi shakli — Lapbook texnologiyasini qo’llayman. Bunda vizualizatsiya ham, o’yin lahzasi ham mujassam.

Lepbuk inglizcha “Lapbook” so’zidan olingan bo’lib, tizza kitobcha yoki qatlama kitob ma’nosini bildiradi.

Lepbuk — bu tizimlashtirilgan va har xil dizaynlashtirilgan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan tematik, yoki istalgan biror mavzuda o’quvchilar uchun tayyorlangan interaktiv papka.  Lepbuk ko’plab afzalliklarga ega bo’lgan innovatsion texnologiya sifatida tan olingan. Ayniqsa,  mustahkamlash darslarida qo’llash yaxshi samara beradi.  

Lepbuk o’quvchilarga turli xil tabiiy hodisalar, narsalar, his-tuyg’ularni aytib berish va ko’rsatish uchun ajoyib imkoniyat! Kitob, shuningdek, ma’lum bir ob’yekt (yoki hodisa) haqida materiallar qatorida, turli xil ta’limiy o’yinlar va jumboqlarni ham o’z ichiga olgan!

Lepbuklar- bolalarni rivojlantirish va fikrlash jarayonlarini faollashtirish, bilimga qiziqish, ijodkorlik va mustaqillik uchun katta imkoniyatlarga ega.

Bundan tashqari, ushbu mo’jizaviy kitoblar jumboq va sirlarga to’la, ko’plab cho’ntaklar, topshiriqlar, daftarlarga ega bo’lib, ular o’z navbatida ochib boriladi, bu esa kichik tadqiqotchilar va sirni sevuvchilarga juda yoqadi.

Men boshlang’ich sinflar uchun barcha fanlardan lepbuklar tayyorlab, dars jarayonlarida foydalanib kelyapman. Bu o’quvchilarning mavzuni o’zlashtirib olishiga katta yordam beryapti. Hatto bilimga chanqoq o’quvchilarning o’zi ham mustaqil ravishda lepbuk tayyorlab kelishyapti.

Lepbuk bizga dars jarayonida didaktik tarqatma va IPT lardan samarali foydalanish uchun ham katta yordam beradi.

Masalan tabiatshunoslik fanidan tayyorlagan “Tabiatni asraymiz? “ mavzusida tayyorlagan lepbuk haqida qisqacha to’xtalib o’tmoqchiman.

Lepbukning 1-varag’ida “Quyosh” metodidan foydalandim.O’quvchilar quyosh nurlariga o’tilgan mavzuga doir savollarga qisqa va lo’nda javob yozadilar. “Suv havzalari” mavzusini qanchalik o’zlashtirganliklarini aniqlab olaman.

2-varag’ida darsimiz nomi “Mustahkamlash” bo’lgani uchun krossvord tuzdim va “o’zingni sina” deb nomladim.O’quvchilar krossvordni to’g’ri yechsa, yangi mavzu nomi kelib chiqadi.

3-varag’ida “Xaritani bilasizmi?” nomi ostida rangli xaritani joylashtirdim va o’quvchilardan O’zbekiston Respublikasi viloyatlari nomini yozishlarini topshiriq sifatida berdim.Bu yerda xaritani bo’yash yoki rangli qog’ozlardan kesib, mozaika sifatida joylash topshirig’i berilsa ham bo’ladi. O’quvchilar amaliyotda bajarganlarini tezda o’zlashtirib oladilar.

 Yana shuning davomi sifatida “Grafik test”ni ham joylashtirdim.O’quvchilar savollarga mos javobni topadilar va + belgisini qo’yadilar.

Lepbukning 4-varag’idan yangi darsni mustahkamlash jarayonida foydalandim.”Yangi mavzuga oid tayanch so’zlarni toping va bo’yang hamda dars jarayonidagi faolligingizga qarab bahongizni oling”.  Agar o’quvchilar bu topshiriqni tog’ri topishsa, 5 baho hosil bo’ladi.

Demak bundan kelib chiqadiki, lepbukni darsning barcha bosqichlarida ishlatish mumkin.  

LEPBUKLAR:

✔Doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish bilan shug’ullanadiganlar uchun!

✔O’z-o’zini o’rganish samaradorligini oshirishni istaganlar uchun!

✔Bolalarga o’rganish qiziqarli ekanligini ko’rsatishni istaganlar uchun!

✔Axborotni yaxshiroq eslab qolish uchun uni tuzishni yaxshi ko’radiganlar uchun!

✔Nafaqat tinglashga, balki olingan bilimlarni amalda qo’llashga tayyor bo’lganlar uchun!

Surayyo Murodova, Romitan tumanidagi 1-umumta’lim maktabining oliy toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi, Xalq ta’limi a’lochisi 

2020_yil_mening_hayotimda

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 1-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi Surayyo Murodova:

❇️Mehnatidan e’zoz topgan muallimman!

🔰Garchand butun dunyo ahli uchun nihoyatda murakkab va sinovli kechgan bo’lsa-da,poyoniga yetib borayotgan 2020-yil hayotimga unutilmas lahzalarni ham armug’on etgan yil bo’ldi.

🔹Joriy yil 1-oktabr — “O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tomonlaridan «Xalq ta’limi a’lochisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlandim.

🔹Attestasiya sinovidan muvaffaqiyatli o’tib oliy toifani qo’lga kiritdim.

🔹2020-yil yakuniga ko’ra Romitan tumanida «Yilning eng zukko muallimi» nominatsiyasini oldim.

🔹Maqolalarim va rasmim «Mahoratli pedagog» jurnaliga chiqdi.

🔹Kamtarona mehnatimning yuksak baholangani,18 yillik mehnatimning munosib qadrlangani qalbimni hayajonga to’ldirdi.O’z o’rnida bu zimmamdagi mas’uliyatni,burchni bir necha barobar oshirdi.