Tasviriy san’at

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI

Tasviriy san`at fanidan

umumiy o’rta ta’limning

o’quv dasturi

(1-4 sinf)

TASVIRIY SAN’AT FANIDAN O’QUV DASTURI

Uqtirish  xati

Tasviriy san’at o’quv fani umumiy o’rta ta’lim fanlari ichida ma’naviy sog’lom avlod tarbiyasi masalasini ijobiy hal etishda keng imkoniyatlarga ega. Tasviriy san’at darslarida san’at va san’atkor olami, san’atning ijtimoiy vazifasi va o’ziga xos xususiyati, uning tasviriy ifodaviy vositalarini o’rganib borish orqali o’quvchilar atrof muhit, tasviriy, amaliy san’at va me’morchilikdagi go’zalliklarni ko’ra bilish, qadrlash va muhofaza qilishni o’rganib boradilar. O’quv fanining bosh maqsadi o’quvchilarda estetik madaniyatni va badiiy  tafakkurni yuksaltirish hamda tasviriy savodxonlikni tarbiyalashdan iboratdir.

Estetik madaniyat san’at tarixi va undagi badiiy jarayonlarni to’g’ri tushuna bilish, o’z fikrini o’zgalarga gapirib berish, badiiy tafakkur tushuniladi. Tasviriy savodxonlik esa tasviriy san’atning barcha turlaridan (rang tasvir, grafika va haykaltaroshlik), shuningdek, amaliy san’at, dizayn va me’morchilikning o’ziga xos tasviriy usullaridan, ifodaviy vositalardan amaliy-ijodiy faoliyatda to’g’ri foydalana olishni nazarda tutiladi.

Tasviriy san’at ta’limining vazifalari quyidagilardan iborat:

— tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardagi go’zalliklarni ko’ra bilish va idrok etish hamda kuzatish asosida olingan taassurotlarni hayotga tatbiq etishga o’rgatish;

— o’quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatlarni o’stirish;

— o’quvchilarning tasviriy-ijodiy malakalarini shakllantirish;

— bolalarda ko’rish xotirasini, chamalash qobiliyatini, rang sezishni, kompozitsion madaniyatni, fazoviy fikrlash, obrazli tasavvur va kombinatsiyalash kabi xususiyatlarni rivojlantirish;

— xalq amaliy san’ati, tasviriy san’at bilan tanishtirish orqali bolalarni badiiy-estetik didini o’stirish;

— o’quvchilarni tasviriy va amaliy- bezak san’ati bilan tanishtira borib, ularda ushbu san’at turlarining o’ziga xos xususiyatlarini idrok etishga o’rgatish vositasida ularni badiiy fikr doirasini kengaytirish;

— o’quvchilarda amaliy va tasviriy san’atga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash;

— estetik va emotsional sezgirlikni o’stirish.

Mazkur o’quv fanidagi ta’lim va tarbiya asosan ikki bo’limdan (amaliy va nazariy) tashkil topadi:

Amaliy ishlar 1- sinfdan 4- sinfgacha, asosan to’rtta o’quv masalalarini hal qilishga qaratiladi:

  1. Kompozitsion faoliyat.
  2. Rang va bo’yoqlar.
  3. Shakl, proporsiya, konstruktsiya.

Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan amaliy mashg’ulotlar jarayonida bolalarda ijodkorlik, mustaqil fikr yuritish va ishlash qobiliyatlarini tarbiyalash yetakchi o’rinni egallaydi.

1-4 sinflarda bo’yoq bilan ishlash mashg’ulotlarida ranglarning turli tus va och-to’qligini farqlay bilishga, kerakli ranglarni tanlay olishga o’rgatish asosiy vazifadir. Bu sinflarda ko’proq guash, akvarel bo’yog’i va ularning aralashmalaridan foydalaniladi.

Borliqni idrok etish

Borliqni idrok etish mashg’ulotlarida kompozitsiyaga oid tegishli muhim ob’ektlarni yaxshilab kuzatadilar.

Borliqni to’laqonli idrok etish, tevarak-atrofni, hayotdagi voqea va hodisalarni bevosita kuzatish asosida olingan taassurotlar, tushunchalar hamda atrof-muhitga nisbatan estetik munosabatda bo’lish bilan bog’liqdir.

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar o’simliklar, hayvonlar, qushlar, baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko’rinishlari, kayfiyati  haqida tasavvurga ega bo’ladilar va ularni tasvirlaydilar.

San’atni idrok etish

Mazkur bo’limning maqsadi o’quvchilar tomonidan san’at asarlarini ongli idrok etish va baholash, uning jamiyat va odamlar hayotidagi ahamiyatini tushunishga yordam berishdan iborat.

Badiiy obrazni idrok etish malakalarini rivojlantirish-san’at asarlarini o’rganishning asosidir. O’quvchilar asar haqida mulohaza yuritib, idrok etishni, uning mazmunini maxsus terminlarni qo’llagan holda so’zlab berishni bilishlari lozim.

San’atni idrok etishga 1-4 sinflarda maxsus soatlar ajratilmaydi. U rangtasvir kompozitsiyasi, naturaga  qarab tasvirlash mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. 3-sinfdan boshlab esa san’atni idrok etish bo’yicha maxsus darslar tashkil etiladi.

Naturaga qarab tasvirlash

Naturaga qarab tasvirlash ikki turga bo’linadi:

  1. a) naturaga qarab rasm ishlash; b) naturaga qarab haykal ishlash.
  2. a) Naturaga qarab rasm ishlash o’quvchilarda narsa va hodisalarning hajmi va fazoda joylashuvi, ularning bir muncha tirik belgilari haqida tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi, tasvirlash malakalarini o’stiradi.

Naturaga qarab rasm chizish vazifalari 1-2 dars davomida va qisqa muddatli (5-15 daqiqa davomida bajaradigan lavha va chizgilar) bo’lishi mumkin. Xomaki ish va chizgilar darsning muayyan mavzusidan kelib chiqib, darsning boshlanish qismi, o’rtasi yoki oxirida bajarilishi mumkin. O’quvchilarning ko’rib, eslab qolish qobiliyatini, makon haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish uchun ularga eslab va tasavvur qilib rasm chizish bo’yicha ko’proq vazifa berish kerak bo’ladi.

  1. b) Naturaga qarab haykal ishlash darslarida o’quvchilar naturani ko’ra bilish, uning shaklini, hajmini, tuzilishi va o’lchov nisbatlarini to’g’ri olishga o’rgatadi. Haykallarni alohida-alohida va yaxlit loy bo’laklaridan ishlash yo’llarini ham o’rganadilar. Bunday darslarda o’quvchilar hajmi va relefli haykallar ishlaydilar.

Haykaltaroshlik ishlarida natura hajmdor qilib tasvirlanayotganligi tufayli ish jarayonida turli tomonlarga aylantirib turiladi. Dars o’tkazilayotgan xonada naturaning shakli yaqqol ko’rinib turishi maqsadga muvofiqdir.

Kompozitsion faoliyat

Kompozitsion faoliyat bo’limi quyidagi qismlardan tashkil topadi:

  1. a) rangtasvir kompozitsiyasi;
  2. b) dekorativ kompozitsiya;
  3. v) haykaltaroshlik kompozitsiyasi.
  4. a) Rangtasvir kompozitsiyasi mavzu asosida, xotira va tasavvurdan rasmlar ishlash tarzida tashkil etiladi. Bunda tanlangan mavzuga ko’ra, uning elementlari qog’oz yuzasida bir-biriga bog’liq holda joylashib, yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi.

Kompozitsiyada asar yaratishning muayyan qoidasini simmetriya, nosimmetriya, muvozanat, detallarning o’lchovi, shakli, rangi kabilarga rioya qilinadi.

Rangtasvir kompozitsiyasi mashg’ulotlari asosan tevarak-atrofdagi hayotni aks ettiruvchi mavzularda rasm ishlashga asoslanadi. O’quvchilar mashg’ulotning bu turida rasmni naturadan emas, balki xayoldan va tasavvurdan ishlaydilar.

Rangtasvir kompozitsiyasi mashg’ulotlarining asosiy vazifalari o’quvchilarga narsalarning shakli, rangi, ularning tuzilishi haqidagi tushunchalar berish, eng qiziq mavzu tanlay olish, qog’ozda rasmini to’g’ri joylashtirishga o’rgatish kabilardan iboratdir.

Kompozitsiya qonuniyatlarini o’quvchilar ongiga yetkazishda tasviriy san’at asarlarining reproduksiyalaridan foydalanish va ularni tahlil qilishning ahamiyati katta.

Adabiy asarlarga illustrasiyalar ishlash esa o’quvchilarning eng qiziqarli mashg’ulotlaridan bo’lib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi qahramonlarning obrazlarini o’z rasmlarida ifodalashga harakat qiladilar.

Zamonaviy mavzulardagi asarlarga yoki dostonlarga hamda ertaklarga kompozitsiya ishlash uchun avvalo, bolalar mavzuga oid odam, hayvon rasmlari va ba’zi bir narsalarning o’ziga qarab rasmini chizib oladilar.

  1. b) Dekorativ kompozitsiya turli shakldagi naqshlarning namunasidan ko’chirish, mustaqil ijodiy naqsh ishlash hamda dekorativ-bezak ishlarini qamrab oladi.

1-4 sinflarda dekorativ tarzda qayta ishlangan tabiiy va geometrik shakllarga asoslangan yo’lsimon, kvadrat, doira, to’rtburchak shaklllardagi naqshlar chizdiriladi.

Rangshunoslik bo’yicha o’quvchilar 2 sinfda «Asosiy va hosila ranglar» bilan tanishadilar. Bo’yoqlarni o’zaro aralashtirish orqali yangi rang tuslarini hosil qilish bilan amaliy ravishda shug’ullanadilar. Asosiy (qizil, sariq va ko’k) ranglar va ularning o’zaro aralashuvidan hosil bo’lgan hosila (yashil, binafsha va zarg’aldoq) ranglardan o’z ish faoliyatlarida to’g’ri foydalana olishni o’rganadilar. O’quvchilar 2 sinfda «Iliq va sovuq ranglar»,»Rang tuslari va ularning nomlari» kabi mavzularda nazariy bilimlarni ham egallab boradilar. O’quvchilar «Ranglar halqasi» bilan yaqindan tanishadilar va tevarak-atrofdan ana shunday rang tuslarini topishni o’rganadilar.

O’quvchilarda atrof-muhitdagi, borliqdagi rang tuslarning boyligi va xilma-xilligi haqida tushuncha hosil qilish uchun «Tabiatda rang» mavzusi kiritilgan. O’quvchilar sayohat paytida darsda o’rgangan ranglarni va ularning tuslarini tabiat qo’ynidan topishga harakat qiladilar.

  1. v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi real haykaltaroshlik va dekorativ haykaltaroshliklarga bo’linadi.

Real haykaltaroshlikda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan mavzularda haykallarni asliga o’xshatib ishlaydilar. Bunda o’quvchilar tasviriy san’at mashg’ulotlarining boshqa turlarida orttirgan bilim, ko’nikma va malakalarga tayanadilar.

Dekorativ haykaltaroshlik — haykaltaroshlikning turlaridan biri bo’lib, u o’quvchilarda turli dekorativ bezakli releflar va o’yinchoqlar ishlash orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi.

Amaliy va tasviriy san’at darslari ko’rgazmali qurollar va zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlanishi kerak. O’qituvchi o’quvchilarning ish joyini mashg’ulotga tayyorlash va ish tugagach, uni yig’ishtirib qo’yishga, ish jarayonida sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishga odatlantirib borishi lozim.

Dastur tuzilishiga ko’ra 5-7 sinflarda mujassamlashtirilgan olti yo’nalishdan iborat.

  1. Grafika (qalamtasvir)
  2. Me’morlik
  3. Amaliy va dizayn san’ati.

Bu yo’nalishlarning o’quv-tarbiya vazifalari quyidagi faoliyat turlarida amalga oshiriladi:

— tasviriy san’at vositasida o’quvchilarning atrof — muhitdagi, san’atdagi go’zalliklarni ko’ra bilishga va ularga estetik munosabat bildirishga, san’atning ijtimoiy mohiyatini va ahamiyatini teran anglagan holda me’moriy yodgorliklarni, tasviriy, amaliy va dizayn san’ati asarlarini milliy iftixor, qadriyat sifatida e’tirof etish va muhofaza qilishga o’rgatish;

-o’quvchilarni tasviriy, amaliy va dizayn san’ati, me’morchilikning tasviriy vositalari, ifodaviy-obrazli vositalari bilan tanishtira borib, ulardagi tasviriy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, san’at bilan muntazam shug’ullanish ehtiyojini tarkib toptirish;

— o’quvchilarni san’at bilan muloqot jarayonida olgan taassurotlarini tasviriy va amaliy san’at, dizayn san’atining (rangtasvir, qalamtasvir, haykaltaroshlik, amaliy san’at, badiiy loyihalashtirish va b.) turlarida ularga xos tasviriy-ifodaviy vositalar, qonuniyatlar asosida o’zlarining ijodiy faoliyatlarida qo’llay bilishga o’rgatish;

— tasviriy san’atning nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonini o’quvchilarda estetik did, estetik ong, badiiy tasavvur va tafakkurni tarkib toptirish hamda rivojlantirishga yo’naltirish orqali ma’naviy barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish;

— ijodiy-tasviriy faoliyatga moilligi bor o’quvchilarning badiiy iste’dodlarini takomillashtirish, ularni badiiy kasb va hunarlarga yo’llash.

  1. San’atshunoslik asoslari (faoliyati).
  2. Tasviriy faoliyat (naturaga qarab tasvirlash).
  3. Kompozitsion faoliyat (mavzuli va bezak kompozitsiyasi).

Rangtasvir yo’nalishi dasturdagi eng salmoqli qism bo’lib, unda o’quvchilar tasviriy faoliyatning oddiy ko’rinishlari (nuqtaga qarab tasvirlash)dan tortib, murakkab shakllari (eskizlar asosida tematik kartina, dastgoh rangtasviri namunasini yaratish)da o’zlarini sinab ko’radilar; manzara va portret janrlarida rang orqali kayfiyatni ifodalash, miniatyura usulida illyustrativ  kompozitsiyalar ishlashni amalda bajaradilar; turli oqim yo’nalishida ishlangan asarlarning talqinini o’rganadilar va amaliy mashqlar bajaradilar; rangshunoslik va uning texnologik jarayonlariga oid nazariy va amaliy bilimlarini boyitadilar.

Grafika (qalamtasvir) yo’nalishidagi mashg’ulotlar ham keng qamrovli materiallarni o’qitishni nazarda tutadi. Eng muhimi, o’quvchilarda qalamtasvir badiiy ijodning barcha turlarining asosi ekanligini amaliy-tasviriy faoliyatda his etishga imkon yaratadi.

Haykaltaroshlik mashg’ulotlarining salmog’i boshlang’ich sinfdagiga nisbatan kamaygan bo’lsada, uning mazmuni, shakl va kompozitsion «yuklamalari» ancha murakkablashganligi bois o’qituvchidan har bir darsga puhta tayyorgarlik ko’rishni talab etadi.

Dasturda haykaltaroshlik mashg’ulotlari mavzularining umumiyligi (rangtasvirda portret, qalamtasvirda portret, haykaltaroshlikda portret), o’zaro bog’liqligi bilan bir qatorda xususiyligi (haykaltaroshlikda lirizm va dramatizm), uning o’ziga xos turlari (dastgoh, monument, xiyobonlar uchun ishlanadigan dekorativ haykallar, hajmli haykaltaroshlik, yarim qabariq ((relef) haykaltaroshlik), haykaltaroshlikning ifodaviy vositalari kabi komponentlariga alohida e’tibor berish lozim.

Me’morlik san’atiga oid materiallarni o’tishda ham kompleks yondashuv talab etiladi. 5-sinfda asosan me’morlik tarixiga oid materiallar, 6-7-sinflarda  me’moriy ko’rinishlar aks ettirilgan manzara, me’moriy mavzuda tarixiy xarakter kasb etuvchi kompozitsiyalar va nihoyat, me’morlik  obidalarining elementlarini yasash va ularni yaxlit kompozitsion ansamblga yig’ish.

Amaliy va dizayn  san’ati  o’z mazmuni, mohiyatiga ko’ra bir yo’nalishga birlashtirildi. Boisi, dizayn san’ati bo’yicha dasturda berilgan mavzu  va topshiriqlarda (milliy zamonaviy libos eskizi, interer eskizi) amaliy san’at elementlaridan foydalanish ko’zda tutilgan.

Dizayn san’ati nisbatan yangi san’at turi. Shuning uchun o’ziga xos terminologiyasini o’quvchilarga tushuntirib berish lozim. Zero, dizayn turmushning barcha jabhalarida mavjud. Shu jihatdan dizayn san’ati  bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’quvchilarda yuksak madaniyatni shakllantirib boradi.

San’atshunoslik asoslari bo’yicha faoliyat turi san’at  tarixi va nazariyasining oddiydan murakkabga o’tish tamoyiliga asosan quriladi. Bu faoliyat turi o’quvchilarning nazariy jihatdan tasviriy va kompozitsion faoliyatga, shuningdek, badiiy  obrazlarni umumlashtirish, professional san’at asarlaridagi obrazlar yechimini sharhlay bilish malakalarini hosil qila borib, ularga badiiy tanqidchilik asoslaridan elementar bilimlar beradi. Shu tariqa o’quvchilar bu faoliyat turlarida tasviriy, amaliy san’atninig badiiy-ifodaviy vositalari va qonuniyatlarining (rang, mazmun, shakl, faktura, nisbat, perspektiva, kompozitsion markaz, muvozanat, tasvirlash texnikasi, texnologiyasi va h.k.) mavzu va mazmunga monand tarzda qo’llay  bilish, unda eskizlardan foydalanish kabi vazifalarni hal etishni o’zlashtira boradilar.

Dasturda milliy va umuminsoniy badiiy qadriyatlarni hamohang tarzda o’rgatishga alohida e’tibor qaratilgan. Milliy san’atga oid o’quv materiallari doirasida Sharq va G’arb san’ati  tarixi, miniatyurachi rassomlarning hayoti va ijodini o’rganish, san’at turining tasviriy talqini (qutichaga naqsh va rasm ishlash, Sharq va o’zbek xalq ertaklariga miniatyura usulida illyustrasiya ishlash va h.k.) ham o’quv vazifasi sifatida tavsiya etiladi.

 

1 – sinf

Borliqni idrok etish (3 soat)

Borliqni idrok etish mashg’ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat: O’quvchilar e’tiborini borliqdagi ajoyib narsa, ko’rinish va hodisalarga qaratish orqali (shuningdek, shakllar, ranglar va boshqalar) ularda borliqqa nisbatan qiziqish uyg’otish, ularda chizish istagini hosil qilish va rivojlantirish, tabiatning turli fasllaridagi o’ziga xos go’zalligini ko’ra bilishga o’rgatish;

  • tabiat go’zalligini idrok etishda asosiy tasavvurlar va fantaziyani qo’llashga o’rgatish (daraxt, shox-shabbalarda, qor uyumlarida turli shakllarni ko’rish va boshqalar);
  • o’quvchilarni tabiatdagi, hayotdagi, ijtimoiy hodisalardagi (mahallalardagi, shaharlardagi va qishloq maydonlarining badiiy bezagidagi) go’zallikni ko’ra bilishga va idrok etishga o’rgatish;
  • o’quvchilarda tasviriy san’atning hayot bilan, atrof-muhit bilan bog’liqligi haqida tushuncha berish.

Borliqni idrok etish darslarida bolalar tabiat quchog’iga sayrga olib chiqiladi va u yerda kuzatish bilan birga turli daraxtlarning shoxlari, ildizlari, barglari hamda boshqa tabiiy materiallar to’plab boriladi.

Borliqni idrok etish mashg’ulotlarida sinfda mavzu bilan bog’liq bo’lgan filmlar, slaydlar, san’at asarlarining reproduktsiyalari namoyish etiladi. Musiqa asarlari tinglanadi, she’rlar o’qiladi. Shuningdek, badiiy materiallar, o’quv asboblari, rassomlarning faoliyatlari bilan ham tanishtiriladi.

Namunaviy topshiriqlar

«Oltin kuz», «Bahor keldi», «Kumush qish», «Yozgi ishlar» haqida suhbat.

Naturaga qarab tasvirlash (13 soat)

  1. a) Naturaga qarab rasm ishlash (8 soat)

—   o’quvchilarda qalam bilan turli yo’nalishlarda erkin to’g’ri, egri, to’lqinsimon, qiya va aylana shaklidagi chiziqlar o’tkazish malakalarini hosil qilish;

  • rasmni qog’oz yuzasida turlicha joylashtirishga o’rgatish;
  • narsaning shakli, rangi, fazoviy holati, o’lchovlarini o’zaro solishtirish orqali to’g’ri ko’rishga va tasvirlay olishga o’rgatish;
  • narsaning rangini bir me’yorda bo’yash malakalarini hosil qilish;
  • rasm ishlash jarayonida shakl, mutanosiblik, qismlarning o’zaro bog’liqligiga, chiziladigan narsa — qush, hayvonlar, inson tana qismlarining o’lchovlari o’rtasidagi nisbatlarni to’g’ri olishga o’rgatish.

Namunaviy topshiriqlar

Bayroqcha, soat, baliqcha, havo sharlari, tandir non, o’rik, tol, shaftoli, olcha barglari, mevali daraxtlarning gullari, bahorgi gullarning o’ziga qarab rasmini ishlash.

  1. b) Naturaga qarab haykal ishlash (5 soat)

—  haykaltaroshlikda ishlatiladigan materiallar va asboblar bilan tanishtirish;

  • o’quvchilarning narsalarni (shakli, hajmi, o’lchovlarini) o’zaro taqqoslash orqali loy va plastilin bilan ishlash malakalarini shakllantirish;
  • haykaltaroshlikka doir maxsus atamalar bilan tanishtirish.

Namunaviy topshiriqlar

O’yinchoqlar-tuya, echki, o’rdakcha, toychoq, xo’roz, buzoqcha, jo’jalarning haykalchasini va baliq relefini o’ziga qarab haykalini yasash.

Kompozitsion faoliyat (17 soat)

Kompozitsiya mashg’ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. a) Rangtasvir kompozitsiyasi (5 soat)

—    o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlari va fantaziyasini o’stirish;

  • rasm chizishda bolalarni qog’ozdan maqsadga muvofiq ravishda foydalana olishga o’rgatish;
  • rasmda tasvirlanayotgan narsalarning ko’rinishlarini mazmunan bir-biriga bog’lay bilish va ularni qog’oz yuzasida tasvirlay olishga o’rgatish;
  • mazmunli rasmda tasvirlanayotgan qismlarni shakl va rang jihatidan muvozanatini saqlay bilishga o’rgatish;
  • odamlar, hayvonlar, daraxt va boshqa shu kabilarning tana tuzilishini hamda ularning o’zaro bog’liqligini, ulardagi go’zalliklarni rasmlarda tasvirlay olishga o’rgatish;
  • bolalarni axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalashga ko’maklashish.

Namunaviy topshiriqlar

«Kuz sahovati», «Bahorgi ishlar», «Kapalaklar raqsi», «O’rik gulladi», «Elkanli qayiqlar», «Kuzgi shudgor», «Qahraton qish», «Varrak uchirish», «Ikki echki», «Sholg’om», «Mosh boshqa maqtanmaydi» nomli hikoyalar asosida rasm ishlash.

  1. b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)

— o’quvchilarning tasviriy malaklarini o’stirish; yo’lsimon naqshlarning xususiyati bilan tanishtirish;

  • bo’yoqni suv bilan eritish va u bilan kerakli yuzalarni tekis bo’yash;
  • mo’yqalamning uchi bilan ishlashga o’rgatish; naqsh unsurlarining takrorlanishi yoki qaytarilishi (shakli va rangi jihatidan) to’g’risida ma’lumot berish; ertak va hikoyalarning mazmuniga mos holda rasm ishlash yuzasidan dastlabki tushunchalar berish va amaliy ishlarni bajarishga o’rgatish;
  • o’quvchilarda shakl va rangni sezish hislarini o’stirish;
  • naqshlarning go’zalligini his qilishni rivojlantirish; tabiiy materiallar va rangli qog’ozlardan kesish, qirqish va yopishtirish orqali turli dekorativ bezaklar, naqshlar tuzishga o’rgatish.

Rangshunoslik yuzasidan esa quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • o’quvchilarni asosiy va hosila ranglar bilan tanishtirish; asosiy va hosila ranglar haqida tushuncha berish, asosiy ranglarning tuslarini (masalan, och qizil, qizg’ish, to’q qizil va h.k.) suv bilan aralashtirish orqali rang hosil qilishga o’rgatish;
  • asosiy ranglarni o’zaro aralashtirish orqali hosila ranglarni (yashil, binafsha, zarg’aldoq ranglar) topa bilish malakalarini rivojlantirish;
  • asosiy va hosila rang tuslarini tevarak-atrofdagi narsalardan topa bilish va nomlarini ayta bilishga o’rgatish;

Namunaviy topshiriqlar

Geometrik shakllardan, barglar, gullarning tasvirlaridan yo’lsimon va kvadrat shaklida naqshlar ishlash. Qog’ozdan yasalgan (bolalar uchiradigan) «Laylak»ni badiiy bezash. Tabiiy materiallardan (barglar, o’t-o’lanlar, gullar, meva va sabzavot urug’lari va h.k.) hayvon va qush tasvirlarini ishlash, naqshlar tuzish. Mo’yqalam bilan ishlash yuzasidan mashqlar bajarish.

  1. v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)

—    o’quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni o’stirish;

  • loy va plastilin bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
  • narsalarning hajmi, shaklini his qilish hamda ularni tasvirlash, chamalash qobiliyatlarini o’stirish;
  • ma’lum bir mazmunni haykaltaroshlikning ifodalilik vositalari yordamida tasvirlashga o’rgatish.

Namunaviy topshiriqlar

«Tovuq va jo’jalar», «O’rdak va o’rdakchalar» mavzusida kompozitsiyalar ishlash. «Sabzavot va mevalar», «Ajdarho», «O’yinchoq toychoq», puflab chalinadigan «O’yinchoq hushtak» mavzularida dekorativ haykallar ishlash.

Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san’at

asarlarining ro’yxati:

  1. Karaxan “Oltin kuz”; B. Jalolov “Usta ayol”; I. Haydarov “Oltin kuz”; O’. Tansiqboev “Tog’da kuz”; “O’zbekistonda mart”; “Yusufxona”; “Jonajon o’lka”; K. Bogoduxov “Qorasuvda bahor”; P. Temirov “Bibixonim hovlisida bahor”; Z. Inog’omov “Bahor”; “Choyga”.

 

2 – sinf

Borliqni idrok etish (3 soat)

Borliqni idrok etish mashg’ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • o’quvchilarning borliq haqidagi tasavvurlarini boyitish hamda chuqurlashtirish, yil fasllaridagi manzara va kayfiyatga (quvonchli, g’amgin, hayolchan, tashvishli) nisbatan sezgirligini oshirish;
  • bolalarda jonajon tabiatga bo’lgan muhabbat tuyg’usini rivojlantirishga erishish; uning go’zalliklarini qadrlash tuyg’usini tarkib topdirish;
  • yil fasllarining o’ziga xos go’zalligini ko’ra bilishga o’rgatish;
  • hayvonot olamining turli-tumanligi bilan tanishtirish.

O’quvchilarning borliq haqidagi tasavvurlari va tushunchalarini boyitish maqsadida turli fasllarda tabiat qo’yniga sayrlar tashkil etiladi. Sinfda yil fasllariga doir slaydalar, reproduksiyalar ko’rsatiladi. Kuzatilgan tabiat manzaralarini xotiradan rasmlarini chizadilar. Tabiatni kuzatish jarayonida bolalarning e’tibori odamlar, daraxtlar, uylar, bulutlar, hayvonlar, qushlar va ularning o’ziga xos shaklga ega ekanligiga, qaratiladi. Hayvonlar, qushlar, baliqlarning slayd va suratlarini kuzatish orqali ularning rasmlari chizdiriladi. Bular o’z navbatida o’quvchilarning mavzu asosida rasm chizish borasidagi tasavvurlari, tushunchalarini boyitib boradi.

Namunaviy topshiriqlar

Tabiatning kuz, qish, bahor, yoz faslidagi ko’rinishlarini, gullar, dekorativ qushlar, parrandalar, baliqlar, shahar ko’rinishlarini idrok etish. Borliqni idrok etish jarayonida tanlangan mavzuga oid ob’yektlarning xomaki rasmlarini ishlash. «Yozgi ishlar» mavzusida suhbat.

Naturadan rasm ishlash (13 soat)

Naturaga qarab tasvirlash mashg’ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat:

  1. a) Naturaga qarab rasm ishlash (8 soat)

Tasvirlanadigan narsalarning shakli, ularning taqsimlari, konstruktiv tuzilishi, makondagi holati, rangini rasmda to’g’ri tasvirlash malakalarini o’stirish;

  • to’rtburchak, dumaloq shakllar haqida tushuncha hosil qilish;
  • tik, yotiq, qiya chiziqlar chizish malakalarini yanada o’stirish;
  • tasvirlashda yordamchi chiziqlardan foydalanishga o’rgatish; rangning och va to’q tuslarini ko’rish va aks ettira olish malakalarini rivojlantirish (masalan, to’q qizil, och qizil);
  • bo’yoqlar bilan ishlaganda tasvirning zirh chizig’idan chiqib ketmagan holda bo’yashga o’rgatish.

Namunaviy topshiriqlar

O’rik guli va bargi, kuzgi va bahorgi gullar, mevalar, hasharotlar, o’yinchoq mashinalar, xalq amaliy san’ati buyumlari, loydan ishlangan qush va hayvon o’yinchoqlarning o’ziga qarab rasmini ishlash.

 

  1. b) Naturaga qarab haykal ishlash (5 soat)

—    o’quvchilarning loy va plastilin bilan ishlay olish malakalarini yanada o’stirish;

  • naturadan, xotira va tasavvurdan, mavzu asosida haykalchalar ishlashga o’rgatishni davom ettirish;
  • narsalarning hajmi, shaklini his qila olishga o’rgatish;
  • odam va jonivorlarning tana qismlaridagi o’zaro mutanosibliklarni saqlagan holda haykalchalar yasash yuzasidan nazariy va amaliy tushunchalar berish;

Namunaviy topshiriqlar

O’yinchoqlardan — tulki, tuya, echki, qo’chqor qo’y haykalchalarini hamda o’yinchoq xo’roz relefini loy yoki plastilindan yasash.

 

Kompozitsion faoliyat (18 soat)

  1. a) Rangtasvir kompozitsiyasi (6 soat)

—    o’quvchilarda ijodiy qobiliyat va badiiy didni o’stirish;

  • o’quvchilarda tasviriy san’atdan maxsus bilimlarni tarkib topdirish;
  • chizish va mo’yqalam bilan ishlash malakalarini o’stirish;
  • qog’oz yuzasida kompozitsiya elementlarini maqsadga muvofiq joylashtirishga, ularni o’lchov va rang jihatidan to’g’ri olishga o’rgatish;
  • bo’yoqlar yordamida rasmdagi kayfiyatni (quvonchli, ma’yuslik, tashvishli va boshqalar) ifodalay olish;
  • o’quvchilarda xotira va kuzatuvchanlikni o’stirish;
  • qog’oz yuzasini tasvir bilan mavzu mazmuniga muvofiq ravishda to’ldirish va planlilikni tasvirlashga o’rgatish.

Namunaviy topshiriqlar

«Shamol esyabdi», «Momaqaldiroq oldidan», «Shahrimiz ko’chalari», «Oqshom», «Qish ziynati», «Varrak uchirish musobaqasi», «Qushlar uya qurmoqda», «Daraxtlarning qishgi ko’rinishlari», «Bayram libosidagi shahar», «Yelkanli qayiqlar musobaqasi», «Kuz ne’matlari», «Hosil bayrami» mavzusida shuningdek, “Yaxshilikka yomonlik”, “Shamol botir” nomli ertaklar syujetlari asosida rasm ishlash. Navro’z-bahor bayrami. “Qanotli do’stlar” mavzusida mustaqil ravishda va jamoa tarzida rasmlar ishlash.

  1. b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)

—  dekorativ kompozitsiyalarda ritmning mohiyati, buyum bilan uning bezagi o’rtasidagi bog’liqlik haqida dastlabki tushunchalar hosil qilish;

  • o’quvchilarni birinchi sinfdagiga nisbatan yo’lsimon va to’rtburchak shaklidagi naqshlarning xususiyatlari bilan chuqurroq tanishtirish;
  • naqsh ishlash yuzasidan badiiy ijodiy qobiliyatlarni yanada o’stirish;
  • o’zbek xalq amaliy san’atining eng muhim xususiyatlari bilan tanishtirish;
  • dekorativ kompozitsiyaning umumiy shaklini hisobga olib, rasmni qog’oz betida to’g’ri joylashtirish yuzasidan bilim va malakalarni mustahkamlash;
  • o’zbek xalq amaliy san’ati an’analariga rioya qilgan holda dekorativ ishlarga mos rang tanlashga o’rgatish;
  • mo’yqalam va bo’yoqlar bilan ishlash malakalarini o’stirish;
  • bu sinflarda o’quvchilarga iliq va sovuq ranglar, rang tuslari, xromatik va axromatik ranglar, ularning nomlari va tuslari haqida tushuncha berish.

Namunaviy topshiriqlar

Yo’lsimon va kvadrat shakldagi naqsh namunalaridan ko’chirish. Turli narsalar sirtini bezash uchun mustaqil ravishda yo’lsimon va kvadrat shaklda naqshlar ishlash. S. Abduqahhorning “Uch jo’ja va o’rdakcha“ she’ri, “Qish ertagi”, “Musavvir Qorbobo”, xalq ertaklaridan «Maqtanchoq quyon», “Bo’ri bilan tulki”, “Qizg’anchiq it”, “Bo’ri va echki” kabi she’r, hikoya va ertaklar asosida rasm ishlash.

  1. v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)

—   loy va plastilin yordamida o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o’stirish;

  • sodda mazmundagi kompozitsiyalar tuzishni o’rgatish;
  • o’quvchilarning dekorativ haykaltaroshlikning o’ziga xos xususiyatlariga doir bilimlarini mustahkamlash;
  • bolalarning mustaqil ravishda ijod qila olish qobiliyatlarini o’stirish.

Namunaviy topshiriqlar

  1. Abduqahhorning “Uch jo’ja va o’rdakcha” she’ri, shuningdek, “Bo’ri bilan quyon” xalq ertagiga doir, shuningdek puflab chalinadigan hushtak o’yinchoqlarni loydan dekorativ haykalchalarini yasash.

Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san’at

asarlarining ro’yxati:

  1. Karaxan. “Yoz oqshomi”, “Bug’doyzor”; O’. Tansiqboev “Tog’dagi qishloq”, “Oqshom”, “Issiqko’l oqshomi”; M. Novikov “Turkistonda qish”;Z. Inog’omov “Bahor”, “Arpa”; G’. Abdurahmonov “Paxtakor stadioni”; R. Temurov “Paxta dalasida”, “Oqshom”; Sh. Abdurashidov “Baxmalda yoz”; I. Haydarov “Saraton”; P. Benkov “Registonda ilk bahor”; I. Limakov “Bizning ko’cha”; M. Novikov “Qish manzarasi”; K.Cheprakov “Mehmonga”; O. Tatevosyan “Bog’ yo’li”; K. Yusupov “Hunarmandlar shahri”.

3-sinf

Borliqni idrok etish (3 soat)

Borliqni idrok etish mashg’ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:

Qish faslidagi tabiat manzaralarining go’zalliklarini, uning o’ziga xos xususiyatlarini idrok etish; tevarak-atrofdagi va tabiatdagi afsonaviy go’zalliklarni ko’ra bilish va idrok etish; daraxt shoxi va ildizlaridagi qor uyumlari va bulutlardagi turli shakllarni ko’ra bilishga o’rgatish, kuzatuvchanlikni, fantaziyani, obrazli tafakkurni rivojlantirish; dekorativ qush va hayvonlarni, baliqlarning o’ziga xos ranglarini, tuzilishidagi go’zalliklarni idrok etishga o’rgatish; shahar va qishloq ko’rinishlarini o’ziga xos jihatlari bilan tanishtirish.

Namunaviy topshiriqlar

Mo’jizakor tabiat ko’rinishlarini idrok etish. Shahar ko’chalarini idrok etish. Hayvon va qushlarni, baliqlarni idrok etish. «Yozgi ishlar» mavzusida suhbat o’tkazish.

Naturaga qarab tasvirlash (13 soat)

Naturaga qarab tasvirlash mashg’ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. a) Naturaga qarab rasm ishlash (7 soat)

Alohida narsalarning rasmini ishlashda uni qog’oz yuzasida to’g’ri joylashtirishga doir bilim va malakalarni mustahkamlash, o’rgatish; narsalarning asliga qarab rasm ishlashda imkoni boricha ko’proq rang va ularning tuslaridan foydalanishga odatlantirish; simmetrik shakldagi narsalarni chizishda o’q chizig’idan foydalanishga o’rgatish; turli shakldagi narsalarning tuzilishini ko’ra bilishga o’rgatish; rasm ishlash malakalarini rivojlantirish; naturaning shakli, rangi, o’lchovlari, o’lchov nisbatlari, narsa bo’laklarining o’zaro bog’liqligini ko’ra bilishga va ularning xarakterli tomonlarini rasmda tasvirlay bilishga o’rgatish.

Namunaviy topshiriqlar

Olma, uzum, anor, behi kabi mevalarni, momaqaymoq, binafsha, lolaqizg’aldoq kabi gullarni, shuningdek kapalak, ninachi, tillaqo’ng’iz, kabi hashorotlarni, qaldirg’och, sa’va kabi qushlarni o’ziga qarab alohida rasmini ishlash. 2-3 mevalardan tashkil topgan oddiy natyurmortlarning rasmini ishlash.

 

  1. b) Naturaga qarab haykal ishlash (6 soat)

Naturaning (narsa, qush, hayvonlar) shakli, hajmi, tuzilishidagi o’ziga xos muhim tomonlarini ko’ra olish va ularni loy yoki plastilindan tasvirlash yuzasidan malakalarni mustahkamlash; loy va plastilin, stek bilan ishlashni yanada rivojlantirish; naturaning xarakterini nazarda tutib haykal ishlashning u yoki bu usulidan foydalanish, qo’l bilan paypaslash (butun bo’lakdagi loydan ortiqcha joylarini olib tashlash, ayrim bo’laklarni ulash) yuzasidan olingan malakalarni mustahkamlash.

Namunaviy topshiriqlar

O’yinchoq kosmonavt, qo’chqor, qo’y, turna, ot, xo’tik, ho’kiz kabilarning haykali va releflarini ishlash.

Kompozitsion faoliyat (18 soat)

Kompozitsiya mashg’ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. a) Rangtasvir kompozitsiyasi (6 soat)

Turli ko’rinish va voqealarni tasvirlaganda obraz va ob’yektlarni bo’rttirib ko’rsatish uchun ranglardan o’rinli foydalanish; hayvon va odamlarning holatlarini ifodali tasvirlay olish; bir narsani ikkinchisi panalab turgan holda tasvirlash; mazmunli rasmlarda planlikni tasvirlashga oid olingan bilimlarni yanada mustahkamlash; mazmunli rasmlardagi ob’yektlarni o’lchov nisbatlarini to’g’ri olish; undagi asosiy va ikkinchi darajali ob’yektlarni ajratib ko’rsatish malakalarini mustahkamlash; o’quvchilarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga ko’maklashish.

Namunaviy topshiriqlar

“Kuzgi ishlar”, “Qishgi o’yinlar”, “Shimoldagi bug’ular”, “Akvariumdagi baliqlar”, “Fantastik daraxt”, “Dorboz bola”,  “Yomg’irli kun”, “Jonajon o’lka”, “Tog’da kuz”, “Tog’larning bahorgi ko’rinishi”, “Qishgi o’yinlar”, “Hayvonot bog’ida” mavzularida jamoa bo’lib va yakka  holda rasmlar ishlash.

  1. b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)

Ijodiy qobiliyat va badiiy didni yanada o’stirish; to’rtburchak va doira shaklidagi naqshlarning xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish, hamda ana shunday naqshlardan namuna ko’chirish va mustaqil ravishda ijodiy ishlashga o’rgatish; dekorativ amaliy san’atga doir iboralar va ularning ma’nosi bilan yaqindan tanishtirish; naqshlarda (yo’lsimon, to’rtburchak, doira) shakllar bilan birga ranglarning almashinib kelishi haqida tushunchalar berish; o’quvchilarning dekorativ ishlarda qo’llaniladigan materiallarning turli xususiyatlari haqidagi bilimlarini yanada kengaytirish; o’zbek xalq amaliy san’ati namunalari asosida loydan o’yinchoqlar yasashga doir bilim va malakalarni yanada mustahkamlash; o’quvchilarning rang tuslari va ularning nomlari haqidagi tushunchalarini yanada boyitish.

Illyustrativ rasm ishlashda rangtasvir mashg’ulotlaridagi kabi hayvon va odamlarning holatlarini ifodali tasvirlay olish; ertak va hikoyadagi biron bir vaqtni rasm uchun tanlay bilish, rasmda asosiy va IKKINCHI darajali ob’yektlarni ajratib ko’rsata bilishga oid bilim va malakalarni rivojlantirish.

Namunaviy torshiriqlar

Meva va gullar tasviridan yo’lsimon, kvadrat, to’rtburchak shaklda naqsh namunalaridan ko’chirish. Ijodiy tarzda naqshlar ishlash. Hayvonlar tasvirini tabiiy materiallardan (barglar, o’t-o’lanlar va hokazo) applikatsiya yo’li bilan ishlash. «Toshbaqa bilan chayon» masali, o’zbek xalq ertaklaridan «Sham ko’targan mushuk», «Bo’ri bilan mergan», «Echki va uning bolalari» va «Tulki bilan tovus» ertaklari asosida rasm ishlash. «Navro’z» bayramiga atab tabriknoma eskizini tayyorlash.

  1. v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)

Harakatdagi odam, hayvonlarning asosiy va tana qismlari, harakatdagi holatlarini, xalq ustalarining o’yinchoq yasash texnikasi bilan yaqindan tanishishtirish va bu texnikada ishlash malakalarini hosil qilish; tasvirlashga o’rgatish; tasvirlanayotgan obrazning kayfiyatini haykalda ifodalay olish, obraz yoki detallarning o’zaro bog’liqligini hisobga olib tasvirlashga o’rgatish.

Namunaviy topshiriqlar

«Tuyalar karvoni» (jamoa ish),  «Sirk sahnasidagi tomosha», “Xo’tik yetaklagan bola” mavzusida, shuningdek, “Bo’ri bilan mergan” ertagi asosida haykallar ishlash.

Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san’at

asarlarining ro’yhati:

G.Kazakov “Qovun bozori”; U.Mo’min “Xirmon”,“Anorlar”; M.Jo’raboev “Hosil”; P.Benkov “Dugonalar”; P.Leviskiy «Susambil»ga ishlangan illyustrasiyalar; R.Ahmedov “Dam olish”; Ye.Melnikov “Anorlar”; Yu. Yelizarov “Tarvuzli natyurmort”; O’.Tansiqboev “Sirdaryo”, “Tog’da kuz”, “Chorvoq qurilishida”; A.Mahkamov “Dorbozlar”, «O’zbekiston ko’chma sirki» seriyasidan. Q.Basharov “O’zbekiston kuzi”, “Shaftolilar”, “Shohimardon yo’li”; N.Karaxan “Sari-Chelak ko’li”; D.Mursalimov “Eski shaharda”; N. Kashina “Childirma ushlagan qiz”; T.Muhamedov «Sham ko’targan mushuk» nomli xalq ertagiga ishlangan illyustrasiya. S.Abdullaev “Olmali natyurmort”.

4-sinf

Borliqni  idrok  etish (3 soat)

Borliqni idrok etish mashg’ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat: san’at, transport, qurilish va qishloqlardagi kishilar mehnatining o’ziga xos tomonlari bilan tanishtirish; kuzatilgan mehnat jarayonlaridan olingan taassurotlardan tasviriy faoliyatlarda foydalanishga o’rgatish; o’quvchilarning kuzatuvchanligi va xotirasini, obrazli tafakkurini yanada o’stirish.

Namunaviy topshiriqlar

Yaqin atrofdagi qurilishlar, ferma va paxtani qayta ishlash korxonalaridagi turli ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joylardagi mehnat jarayonlarini idrok etish.

San’atni idrok etish (2 soat)

San’atni idrok etish mashg’ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat: tasviriy san’at turlari (rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika), rangtasvir asarlarining asosiy janrlari (manzara, natyurmort) bilan tanishtirish; bolalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish; tasviriy san’atni sevish va uni qadrlashga o’rgatish; tasviriy san’at asarlariga nisbatan sezgirlikni o’stirish va ular haqida mustaqil fikrlar bildira olishga o’rgatish.

Namunaviy topshiriqlar

Tasviriy san’at turlari (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika) haqida suhbat. Rangtasvir janrlari (manzara, natyurmort) haqida suhbat. Haykaltaroshlik turlari (haykal, relef), Grafika (rasm, plakat, illustrasiya) tasviriy san’atning bir turi. Qishloq joylardagi «bahorgi va kuzgi ishlar» mavzusida suhbat o’tkazish va boshqalar.

Naturaga qarab tasvirlash (12 soat)

Naturaga qarab tasvirlash mashg’ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat:

  1. a) Naturaga qarab rasm ishlash (7 soat)

Bolalar e’tiborini narsalarning simmetrik tuzilishiga, shakliga, ranglarning go’zalliklariga jalb etgan holda savodli rasm ishlash malakalarini takomillashtirish; bo’yoqlarning murakkabroq aralashmalari va turlicha rang tuslaridan foydalanishga o’rgatish; bolalarning o’z tasviriy imkoniyatlariga yarasha narsalarning soya va yorug’ qismlarini, bo’yoqlarning och va to’q tuslari yordamida ifodalay olishga o’rgatish; narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o’lchovlarini hamda o’lchov nisbatlarini aniqroqroq tasvirlay bilishga o’rgatish.

Namunaviy topshiriqlar

Kuzgi gullar, gullayotgan daraxt shoxchasi, qovun, anor, choynak, piyola o’yinchoq-toychoq kabilarni o’ziga qarab alohida yoki guruh shaklida rasmlarini ishlash.

  1. b) Naturaga qarab haykal ishlash (5soat)

Tasvirlanayotgan narsalarning shakli, tuzilishi, hajmi va o’lchov nisbatlarini his etish hamda ularni asliga yaqinlashtirgan holda tasvirlay olishga o’rgatish; loy, plastilin kabi materiallar bilan ishlash malakalarini yanada o’stirish; tasvirlanayotgan odam, hayvon, qush haykallarini yaxlit yoki alohida-alohida loy (yoki plastilin) bo’laklaridan ishlash yo’llarini o’zlashtirish; odam, hayvon va qushlarni harakatdagi rasmini to’g’ri tasvirlashga o’rgatish.

Namunaviy topshiriqlar

O’yinchoq fil, jirafa, sher, xo’roz, hayvon va qushlarning o’ziga yoki rasmiga qarab haykallarini ishlash.

Kompozitsion faoliyat (17 soat)

  1. a) Rangtasvir kompozitsiyasi (5 soat)

Atrof-muhitda ro’y berayotgan voqea va hodisalarni kuzatish; kompozitsiya ishlashda detallarni asimmetrik joylashtirish, uning muvozanatini saqlash qoidalariga rioya qilishga o’rgatish; rangtasvirda asosiy bo’laklarni bo’rttirib ko’rsatishga o’rgatish (Rang, shakl, yorug’-soyalar yordamida ajratib ko’rsatish va boshqalar); elementar tarzda chiziqli va havo perspektivasi qoidalaridan foydalangan holda rasm ishlashga o’rgatish; rangtasvirda jo’shqin harakatni, quvonchli kayfiyatni, mayus ob-havoni turli vositalar (ranglar, shakllar) yordamida ifodalay olishga o’rgatish.

Namunaviy topshiriqlar

«Mehmonlar me’morchilik yodgorliklari oldida», «Bahor keldi», «Tog’larning bahorgi ko’rinishi», «Navro’z bayrami» (jamoa ishlari), «Poyga», «Yomg’irli kun»,  «Sport o’yinlari», «Vertolyot uchib keldi», «Hindcha raqs», “Oltin fasl”,  “Qovun sayli”, “Shum bola”  mavzusida rasm ishlash.

  1. b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)

Dekorativ bezak ishlarini bajarish orqali ijodiy qobiliyatlarini o’stirish; o’zbek xalq amaliy san’ati bilan keng tanishtirish hamda dekorativ ishlarda foydalanishga o’rgatish; qalam va bo’yoqlar bilan ishlash malakalarini yanada o’stirish; ertak, hikoya, masallar asosida illyustrasiyalar ishlaganda tasvirlanayotgan naqshlarning ma’no jihatdan uzviy bog’liqlikda tasvirlashga o’rgatish; turmushda ranglarning tutgan o’rni va ularning kishi ruhiyatiga, kayfiyatiga ta’siri haqidagi tushunchalarini kengaytirish, tasviriy san’at asarlarida tasvirlangan voqea-hodisalarning ta’sirchan chiqishida ranglarning ahamiyati to’g’risida nazariy ma’lumotlar berish; havo perspektivasi haqidagi tushunchalarni kengaytirish; ranglarning iliq va sovuq, to’q va och tuslarini o’z o’rnida qo’llash haqidagi bilimlarini mustahkamlash.

Namunaviy topshiriqlar

O’zbek xalq amaliy san’ati namunalaridan doira, to’g’ri to’rtburchak shaklida naqsh namunalaridan ko’chirish. «8-mart» bayramiga bag’ishlab tabriknoma tayyorlash; «Sehrli gilamcha» mavzusida applikatsiya ishlarini bajarish. O’zbek xalq ertaklaridan «Ur to’qmoq», «Susambil» va «Vafodor it»  hikoyalari asosida rasm ishlash.

  1. v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)

Haykaltaroshlik kompozitsiyasini ishlaganda undagi detallarni o’zaro bog’langan holda tasvirlashga o’rgatish; xalq hunarmandlari kabi o’yinchoqlar yasash va bezashga o’rgatish, dekorativ relef ishlash malakalarini rivojlantirish; hajmli dekorativ o’yinchoqlarning haykallarini badiiy bezashda mo’yqalam va bo’yoqlar bilan ishlash malakalarini yanada o’stirish.

Namunaviy topshiriqlar

“Afsonaviy dev”, “Poyga”, “Xokkey o’ynayotgan bola” mavzusida (jamoa bo’lib va shaxsiy) haykallar ishlash.

Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san’at

asarlarining ro’yhati:

  1. Abdullaev “Shahlo” portreti; A. Mirzaev “To’y”; J. Umarbekov “Qo’shiq”; A. Mirsoatov “G’azalkent chiroqlari”; Z. Inog’omov “Kuz”; O’. Tansiqboev “Chorvoq qurilishida”; J. Quttimurodov “Sohibjamol”; T. Muhamedov «Uch og’a ini botirlar», «Namaki» ertaklariga ishlangan illustrasiyalar; Q. Basharov “O’zbekistonning qo’shiq va o’yinlari”, “Hosil bayrami”; M. Nabiev “Zahiriddin Muhammad Bobur” portreti; R. Choriev “Oq tulporlar”; B. Jalolov “Ibn Sino”; I. Haydarov “O’zbekiston kuzi”; A. Boymatov “Abu Ali Ibn Sino”; M. Musaboev “Mirzo Ulug’bekka o’rantilgan yodgorlik”; D. Gorlov. I.Yefimov, A. Komarov, V. Vatagin, L. Kazbekovlarning qush va hayvonlarni tasvirlovchi rasmlari.

 

 

 

5-sinf

1 — CHORAK (9 soat)

Tasviriy san’atning ifodaviy vositalari

Tasviriy san’atning ifodaviy vositalari, qalam tasvir-badiiy ijod asosi sifatida, oq-qora grafikaning tasviriy-ifodaviy vositasi, hajm-haykaltaroshlik asosi, rangtasvir xususiyatlari.

2 – CHORAK (7 soat)

Tasviriy san’atda tabiat tasviri

San’atning mohiyatini anglash tasviriy faoliyatning asosidir,

rangtasvirda manzara, grafikada manzara, tasviriy san’atda animalistik janr.

3 — CHORAK (10 soat)

Buyumlar dunyosiga munosabat

Rangtasvirda natyurmort, grafikada natyurmort, natyurmort-rangtasvir kartinalarining bir qismi sifatida.

 

4- CHORAK (8-soat)

Insonga razm  solish

Tasviriy san’atda portret janri, haykaltaroshlikda portret,  grafikada  portret, rang tasvirda  portret.

6-sinf

1 — CHORAK (9 soat)

O’rta  asrlar san’atida inson go’zalligining tasvirlanishi

O’rta asr san’atining usul va yo’nalishlari, haykaltaroshlikda lirika  va dramatizm, inson tasvirining-asosiy mavzusi, qalamtasvir-haykaltaroshlikda hajmlarning tasviriy ifodasi sifatida,  haykaltaroshlikda hayvonot dunyosining tasviri.

2- CHORAK (7 soat)

Sharq san’ati

Sharq miniatyura san’ati, miniatyura – kitob illustrasiyasi sifatida, sharqiy Osiyoning badiiy madaniyati, yil fasllari manzarasi Xitoy va Yaponiya rassomlarining sevimli mavzusi.

3-CHORAK (10 soat)

Dastgoh  rangtasviri

Dastgoh rangtasviri tasviriy san’atning serqirra turlaridan biri sifatida, natyurmort kompozitsiyasi, manzarada kayfiyat, tasviriy san’atda buyuk siymolar tasviri. Portret va ikonografiya.

4-CHORAK (8 soat)

Tasviriy san’atda syujetli kartinalar

Rangtasvirda syujetli kartinalar, syujetli kartinaning murakkab olami. Rassom kartina ustida qanday ishlaydi?  Rangtasvir ustalari, mening san’atim  tengdoshlarim nigohida.

 

7 sinf

1 – CHORAK (9 soat)

San’atda oqim va yo’nalishlari: umuminsoniy va milliy xususiyatlar.

San’atda oqim va yo’nalishlar, impressionistik rangtasvir. Puantelizm, tasviriy san’atda kubizm uslubi, tasviriy san’atda ramziy belgi va geraldika. O’zbekistonning  amaliy bezak  san’atida ramziy shakllar.

2 – CHORAK (7 soat)

Amaliy bezak va dizayn san’ati

O’zbekiston naqsh ramzlari, amaliy bezak san’atining  obrazli tizimi, amaliy bezak san’atida shakl va mazmun, dizayn san’ati.

3 – CHORAK (10 soat)

Me’morlik san’ati

O’zbekistonning me’moriy  yodgorliklari, sharq me’morligi, men istagan shahar, me’moriy manzara.

4 — CHORAK     (8 soat)

Kitobat san’ati

Kitobat san’ati sintetik san’at turi sifatida: rassom-yozuvchi-noshir, kitobat san’atining badiiy grafik – elementlari, kitob illyustrasiyasi, maket va uning konstruktsiyasi.

 

 

TASVIRIY SAN`AT O‘QUV FANIDAN NAZORAT ISHIARI VA YILLIK  MAVZUIY ISH  REJA

1-sinf

 «Tasviriy san’at» o’quv fanidan yillik mavzuiy ish  reja.

(haftasiga 1 soat. jami 34 soat)

 

T.r. Mavzular

Soat

Sana Uyga vazifa
I chorak
1. Tasviriy san’at turlari 1    
2. Rassomlar ish qurollari 1    
3. Chiziqlar va shakllar 1    
4 Bo’yoqlar va ranglar 1    
5.

Bayroqcha rasmini ishlash

1    
6. Soat rasmini ishlash 1    
7-8 Oltin kuz 2    
9 “Kuz”  mavzusida rasm ishlash 1    
II chorak
10-11 Barglar rasmini ishlash 2    
12 Barglar bilan tasvirlash 1    
13-14 Haykal ishlash 2    
15 Akvariumdagi baliqlar rasmini ishlash 1    
16 “Ikki echki” ertagi asosida haykal ishlash 1    
III chorak
17

Avtomashina rasmini ishlash

1    
18-19

Qish

2    
20-21 “Qish” mavzusida rasm ishlash 2    
22. Xo’tik haykalini ishlash 1    
23. Yelkanli qayiqcha rasmini ishlash 1    
24. “Uch tulki” ertagi asosida rasm ishlash 1    
25 Fil haykalchasini ishlash 1    
26 Samolyot rasmini ishlash 1    
IV chorak
27-28 Bahor  keldi 2    
29. Havo shari rasmini ishlash 1    
30. “O’lkamizda bahor” mavzusida rasm ishlash. 1    
31 Gullar rasmini ishlash. Nazorat isni -2 1    
32. Kapalak rasmini ishlash 1    
33 To’tiqush rasmini ishlash 1    
  Jami 33    

 

2- sinf

Tasviriy san’at o’quv fanidan yillik mavzuiy ish  rejasi

(haftasiga 1 soat. jami 34 soat)

 

T.r. Mavzular

Soat

Sana Uyga vazifa
 

I chorak

1. O’zbekiston Respublikasi  bayrog’i  rasmini ishlash 1    
2-3. “Bizning maktab” mavzusida rasm ishlash 2    
4 Yo’lsimon naqsh ishlash 1    
5. Naturaga qarab rasm chizish 1    
6. Portfel rasmini ishlash. 1    
7 Haykaltaroshlik. 1    
   8 Mening shahrim (qishlog’im) mavzusida rasm ishlash. Nazorat isni –1 1    
   9 Oraliq nazorat darsi 1    
 

II chorak

10. Guldasta rasmini ishlash 1    
11. Ro’mol uchun naqsh ishlash 1    
12. “Oltin kuz” mavzusida rasm ishlash 1    
13. Natyurmort ishlash 1    
14. “Sholg’om” ertagi asosida haykal ishlash 1    
15. “Bo’ri va etti uloqcha” ertagi asosida rasm ishlash.  Nazorat isni –2 1    
16. “Yangi yil” mavzusida rasm ishlash 1    
17. Oraliq nazorat darsi      
 

III chorak

18 “Qish ziynati” mavzusida rasm ishlash 1    
19-20 “Qushlar in qurmoqda” mavzusida rasm ishlash 2    
21. “Bizning xovli” mavzusida rasm ishlash 1    
22. “Zumrad va Qimat” ertagi asosida rasm ishlash 1    
23. “Sahrodagi karvon” mavzusida haykal ishlash 1    
24. “Lola” rasmini  ishlash. 1    
25. “Onamga sovg’a” mavzusida ikebana ishlash.  Nazorat isni –3 1    
26. “Navro’z”- bahor bayrami  mavzusida  rasm ishlash. 1    
 

IV chorak

27. Oraliq nazorat darsi 1    
28. Simmetrik  shakldagi narsalar tasvirini ishlash 1    
29 Amaliy bezak san’ati 1    
30. Kvadrat naqsh ishlash 1    
31

Mozaika ishlash

1    
32.

“Uch jo’ja va o’rdakcha ” she’ri asosida haykal ishlash

     
33. “Laylak keldi –yoz bo’ldi” mavzusida rasm ishlash. Nazorat isni -4 1    
34. Yakyniy nazorat darsi 1    
  Jami: 34    

 

3-SINF

«Tasviriy san’at» o’quv fanidan yillik  mavzuiy ish  rejasi

(haftasiga 1 soat. jami 34 soat)

 

T.r.

Mavzular

Soat

Sana Uyga vazifa
 

I chorak

1.  “O’zbekiston–mening Vatanim” mavzusida rasim ishlash. 1    
2. “Yoz – o’tdi soz” mavzusida rasm ishlash 1    
3. Atlas matosida ranglar jilosi 1    
4. “Yo’lsimon naqsh”  ishlash 1    
5.  Mevalar  rasmini ishlash 1    
6.  Haykaltaroshlik 1    
7. “To’rt burchak naqsh”  ishlash.  Nazorat isni -1 1    
8. “Pahta dalasida” mavzusida rasm ishlash 1    
9. Oraliq nazorat darsi      
 

II chorak

10. Geometrik shakllar va applikatsiya 1    
11-12 “Kech kuz” mavzusida rasm ishlash 2    
13. “Toshbaqa bilan chayon” masala asosida rasm ishlash 1    
14. “Bo’ri bilan tulki” ertagi asosida rasm ishlash. 1    
15.

“Koyinotga sayohat” mavzusida rasm ishlash.

Nazorat isni –2

1    
16. “O’lkamizda qish” mavzusida rasm ishlash 1    
 

III chorak

17. Oraliq nazorat darsi 1    
18. “Qishki o’yinlar” mavzusida rasm ishlash 1    
19. Me’moriy naqsh ishlash 1    
20. “Hayvonot bog’ida” mavzusida rasm ishlash 1    
21. Men sevgan multfilm” mavzusida rasm ishlash 1    
22. Natyurmort ishlash 1    
23. “Laylak va tulki” ertagi asosida haykal ishlash 1    
24. “Bug’doy va paxta ” rasmini  ishlash      
25. “O’lkamizda bahor” mavzusida rasm ishlash

Nazorat isni –3

1    
26. “Navro’z bayrami” tabriknomasini ishlash 2    
 

IV chorak

27. Oraliq nazorat darsi 1    
28. Doiraviy naqsh ishlash 1    
29-30 Kulolchilik. Loydan lagan yasash 2    
31. «Oqshom» mavzusida rasm ishlash

Nazorat isni –4

1    
32. “Sirk tomoshasi”  mavzusida haykal ishlash 2    
33-34. O’lkamiz tabiati. (yakuniy nazorat darsi) 2    
  Jami: 34    

 

4-SINF

«Tasviriy san’at» o’quv fanidan yillik mavzuiy ish  rejasi

(haftasiga 1 soat. jami 34 soat)

 

T.r. Mavzular

Soat

Sana Uyga vazifa
 

I chorak

1. Tasviriy san’at turlari. “Rangtasvir” mavzusida suhbat 1    
2-3 “Qovun va anor” ning o’ziga qarab rasmini ishlash 2    
4. To’g’rito’rtburchak shaklidagi sxema va elementlar asosida naqsh ishlash 1    
5. “Raqqosalar” haykalini yasash. (jamoa ish) 1    
6. “Qushlar” mavzusida rasm ishlash 1    
7. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi naqsh namunasidan ko’chirish   Nazorat isni -1 1    
8. “O’zbekistonning me’morchilik yodgorliklari” mavzusida suhbat 1    
9. “Akrobat” o’yinchog’ini yasash 1    
 

II chorak

10. Doira naqsh namunasidan ko’chirish 1    
11. Sher o’yinchog’ini yasash 1    
12. Kuzgi gularning o’ziga qarab rangtasvirini ishlash 1    
13. “Kuz keldi” mavzusida rasm ishlash

Nazorat isni –2

1    
14-15 “Sport o’yinlari” mavzusida rasm ishlash 2    
16. “Vertolyot yordamga keldi” mavzusida rasm ishlash 1    
 

III chorak

17-18 Patnis uchun naqsh ishlash. 2    
19-20 “Savat ko’targan qiz” mavzusida haykaltaroshlik kompozitsiyasi. Akvarel. Guash. 2    
21. “Futbolchi bola” haykalini ishlash. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi. Loy, plastilin. 1    
22-23 “Susambl” ertagi asosida rasm ishlash. Dekorativ kompozitsiya. Akvarel. Guash. 2    
24 “Navro’z” bayrami mavzusida  rasm ishlash.

Rangtasvir  kompozitsiyasi. Qoralama. Akvarel. Guash.

1    
25

“Navro’z” bayrami mavzusida  rasm ishlash.

Nazorat isni –3

1    
26. “Sarboz” o’yinchog’ini qurish-yasash 1    
 

IV chorak

27-28 “Tog’da bahor” mavzusida rasm ishlash 2    
29. “Poyga” mavzusida haykal ishlash 1    
30. Rangli qog’ozlardan gullar yasash 1    
31. “Sayoxat” mavzusida rasm ishlash

Nazorat isni – 4

1    
32-33 “Tulki bilan turna” ertagi asosida rasm ishlash. Rangtasvir kompozitsiyasi. Akvarel. Guash. 2    
34. Ko’rgazma. Suhbat. Yakuniy ishlar. 1    
  Jami: 34    

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *