Sayohat

Sayohat-jonga rohat.

18-may-“Xalqaro muzeylar kuni”munosabati 3-“A”,1-A”,1-“B”,1-“V” sinf o’quvchilari bilan Romitan tuman O’lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurdik.Muzeyda bizlarni yaxshi kutib olishdi va muzey bo’ylab ekskursiya qildirdilar.Muzey xodimi avval uning tarixini so’zlab berdi va u yerdagi eksponatlar bilan tanishtirdi.

Muzeyning asosiy maqsadi ilm-fan,maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va keng targ’ib qilish,chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

O’quvchilar muzeydan katta taassurot bilan qaytishdi va ularga muzeyda ko’rganlari haqida ijodiy ish yozish topshirildi.

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *