Kasbga yo’llash

Kasb-hunar kollejiga sayohat.

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi qurilish va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji iqtisodiyot tarmoqlariga zamonaviy bilim va kasb ko‘nikmasiga ega yosh mutaxassislarni tayyorlab berayotgan ta’lim maskanlaridan.

Ayni paytda kollejda 956 o‘quvchi umumqurilish ishlari ustasi, payvandlash ishlari texnigi, suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini o‘rnatish, ta’mirlash va ishlatish ustasi, teleradioapparaturalarni ta’mirlovchi usta, tikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi hamda milliy, etnografik va badiiy liboslar dizayneri kabi yo‘nalishlarda tahsil olmoqda. Bu yerda o‘quvchi-yoshlarning o‘zi tanlagan soha bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun zarur shart-sharoit yaratilgan. Yetarli o‘quv va amaliyot jihozlari bilan ta’minlangan shinam xonalar, axborot-resurs markazi, kompyuter xonalari, sport zali va maydonlari, tennis korti o‘quvchilar ixtiyorida.

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *