Yangiliklar.

Boshlang’ich ta’limning sifati oshmoqda

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Sog’lom bola yili” Davlat dasturining 71-bandi ijrosi bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.  Joriy yilning 13-may kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 249-maktabda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Boshlang’ich ta’limning sifati va samaradorligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi.

Konferensiyada 3 yo’nalish bo’yicha: “Innovatsion texnologiyalar – boshlang’ich ta’limning sifat va samaradorligini oshirish omili”, “O’quv-tarbiya jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining mantiqiy va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish”, shuningdek, “Boshlang’ich sinflarda chet tillarni o’qitish tizimini shakllantirish masalalari” mavzularida ma’ruzalar taqdim etildi.

Konferensiyada oliy ta’lim tizimi ilmiy-pedagogik xodimlari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, oliy o’quv yurtlari magistrant va talabalari, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari qatnashdilar. Konferensiya materiallari asosida to’plam chop etildi va yakunlovchi yig’ilishida boshlang’ich ta’limning sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar qabul qilindi.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada men ham o’z ma’ruzam bilan ishtirok etdim va o’z fikrlarimni bildirdim.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *