Maktabning tarixi.
Maktab 1932 yilda 4-yillik boshlang’ich maktab sifatida tashkil qilingan. Narimonov nomi bilan yuritilgan. Maktabning birinchi direktori Yo’ldoshev Cho’li bo’lgan
Zamonaviy maktab binosi 1932 yilda qurilgan bo’lib , yetti yillik ta’imga moslashtirilgan.1947 yilda qo’shimcha xonalari qurilib , 1949 yidan boshlab 10 yillik maktabga aylantirilgan. Maktab V.I.Lenin nomi bilan yuritilgan.
Maktabning 1976 yildan oldingi binosi.
____________________________________________________________________________
1976 yilda bo’lgan qattiq zilziladan so’ng ,maktab avariya holatiga kelib qolgan va uning yangi ( hozirgi) binosi qurilishi boshlangan.1979 yildan hozirgacha shu binoda faoliyat yuritib kelinmoqda. Maktab nomi V.I.Lenin nomidan 1- maktab nomiga o`zgartirildi. Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturiga muvofiq 2008 yilda joriy ta’mirdan chiqarildi . Maktab 980 o`quvchi o`rniga moslashtirilgan. Bugungi kunda maktabda 1140 nafar o`quvchi ta`lim- tarbiya olmoqda. 2008-2009 o`quv yilida maktabda 96 nafar o`qituvchi faoliyat ko`rsatib kelmoqda.Shulardan 6 nafari oliy toifali, 19 nafari 1- toifali, 21 nafari 2- toifali o`qituvchilar.

