Kitob-beminnat do’st

Kitob-beminnat do’st

Mirzoyev Firdavs:Assalom,assalom!

O’zbekiston,aziz kalom assalom,

Toleingda qutlug’ ayyom, assalom!

Osuda:Assalom,assalom!

Noming aziz yangroq elim,assalom,

Yer-u ko’kda uyg’oq elim,assalom!

Sharipov Firdavs:Assalomu alaykum aziz ustozlar va maktabimiz o’quvchilari.

Bugungi bayram ertaligimizga tashrif buyurgan hurmatli ota-onalar,qadrli mehmonlar.

Diyora:Azizlar “Kitob-beminnat do’st”deb nomlangan bayram ertaligimizga xush kelibsiz.

M.Firdavs:Kitob – oftob. Zaminni, ona tabiatni oftob isitsa, odam qalbini kitob ilitadi, nafaqat ilitadi, balki yoritadi, nurlantiradi. Kitobga eng qisqa ta’rif berish joiz  bo’lsa, uni ma’naviyat quyoshi deb ta’riflash o’rinlidir.

Osuda:Ya’ni,quyosh bo’lmasa olamning, tabiatning, hattoki hayotning bo’lishi shubha ostida qoladi, kitob bo’lmasa, ma’naviyatning rivojlanishi ham mavhum bir fikr bo’lib qolaveradi.

O’quvchilar she’r aytib kitob so’zini hosil qilishadi

Humoyun:«Kitob»im misli oftob,

Qalbga ziyo-nur berar.

Har satrida ma’no to‘la,

Marjon-marjon dur berar.

Asila:«Kitob»im misli oftob,

Yuragimga cho‘g‘ solar.

So’zlari yulduz bo‘lib,

Qalbim to‘rida qolar.

Elmurodjon:«Kitob»im misli oftob,

Qorachiqday saqlayman.

Kamol topib ustozlarim,

Ishonchini oqlayman.

Imron:Kitob ota-onadir

Mehri shamday yonadir

Yig’sak kutubxonadir

Kitobni qo’lga oling

Dilshoda:Usiz diyda qotmasin

Javon changga botmasin

Har joylarda Yotmasin

Kitobni qo’lga oling

Fayz:Ichi to’la dur hikmat

Aqlu odob va himmat

Oltinu zardan qimmat

Kitobni qo’lga oling

Davraga kitob maketi kiyimidagi o’quvchi kirib keladi va

Mirshodov M:Men kitobman-kitobman,

Nurga to`la oftobman.

Agar meni yirtsalar,

Biling,shunda-betobman.

A`lochiga ko`p zorman,

Beodobga ko`p xorman.

O`qimoqchi bo`lsalar,

Bilimlarga bisyorman.

Mirzoyev Firdavs:Xush kelibsan kitobim
Beminnat do’st oftobim
Osuda:Seni jondan sevamiz
Sendan bilim olamiz.

Sh.Firdavs:Kel aziz kitobim davramizga mehmon bo’l,bizlar sen haqingda juda ko’p ma’lumotlar bilamiz.
Diyora:Hozir sinfdoshlarim bilan sendan o’rganganlarimizni namoyon etamiz

Kitob:Balli ey dili oqlar
Fan dilida ardoqlar
So’zlang nelar bilasiz
Dilni xushnud etasiz

Adolat: Книга — лучший друг ты мой,
Мне так радостно с тобой!
Я люблю тебя читать,
Думать, мыслить и мечтать!
Parvina: Хорошая книга –

Мой спутник, мой друг,

С тобой интересней

Бывает досуг!

Тобой дорожу я,

Тебя берегу.

Без книги хорошей,

Я жить не могу.

QO’SHIQ:KITOB

Safargul:Nur,ziyoga kon o`zing,

Do`st-u qadrdon o`zing,

Ma`no to`la har so`zing,

Kitobim,jon kitobim.

Humoyun:Zavq-shavqqa to`lar dilim,

Olaman sendan bilim,

Bulbulday sayrar tilim,

Kitobim ,jon kitobim.

Soliha:Qo`limdan hech qo`ymayman,

O`qib-o`qib to`ymayman,

Kelajakka bo`ylayman,

Kitobim ,jon kitobim.

M.Firdavs:Kitob oʻqishning 7 foydali tomoni

O’quvchilar 7 tagacha bo’lgan raqamlarni qo’liga olib foydali tomonlarini aytadi

ABDULLOH:Kitob oʻqish – atrof muhitni, dunyoni va oʻzingizni anglashga yordamlashadi.

ZILOLA:Kitob oʻqish – yodda saqlash va oʻylash qobiliyatini rivojlantiradi. Yaʼni, koʻp kitob oʻqigan odamning yodda tutish darajasi yaxshi, tez oʻylab, tez xulosa chiqaradigan bo’ladi.

HUMOYUN:Kitob oʻqish – talqin qilish, analiz yasashga va shaxsiy fikrning shakllanishiga yoʻnaltiradi.

DILNURA:Kitob oʻqish – koʻpgina yutuq va muvaffaqiyatlarga asos boʻladi.

MAFTUNA:Kitob oʻqish – odamlar bilan toʻgʻri muomala qilishga oʻrgatib, toʻgʻri gapirishni shakllantiradi.

M.FIRDAVS:Kitob oʻqish – soʻz boyligini va savodxonlik darajasini oshiradi.

CHAROS:Kitob oʻqish – odamdagi yashirinib yotgan ijodiy qobiliyatni yuzaga chiqaradi.

Q.Muhammadjon:Kitob-barcha bunyodkorlik,yaratuvchilik va aql-idrok,ilmu donishning asosidir.Hayotni o’rgatuvchi murabbiydir.    Amir Temur

Osuda:Kitob haqida maqollar

Otabek:Kitob — aql qayrog’i.

M.Muhammadjon:Kitob ko’rmagan kalla — giyoh unmagan dala.

F.Firdavs:Kitobsiz aql — qanotsiz qush.

Abdurahmon:Kitoblar — aql farzandlaridir.

Maftuna:Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do’stlardir.

Dilnura:Kitob bilim bulog’i — o’quvchining o’rtog’i

Dilshoda:Kitob xazina, bilim boylik

Gulhida:Kitobdan yaxshi do’st yo’q)

Doniyor:Kitob-beminnat dost

SAHNA KO’RINISHI

Sultonbek:O‘rganar avval odob,

 Kitob o‘qigan bola.

 Yuzi misoli oftob,

 Kitob o‘qigan bola.

Madina: Hurmat qilar kattani,

 Kichiklar jonu tani.

Bajaradi va’dani,

 Kitob o‘qigan bola.

Bahrom:Suhbati ko‘p serma’no.

Yurish, turishi a’lo.

 Darsda olar »5» baho,

 Kitob o‘qigan bola
Mirzoyev Firdavs:Qaranglar do’stlarim biz tomonga qarab kimdir kelyapti
Osuda:Bular muxbirlarku

Muxbirlar:Assalomu-alaykum bu yerda nima bo’lyapti?

Sharipov Firdavs:Biz do’stlarim bilan kitobxonlik bayramini o’tkazyapmiz

Muxbirlar:Juda ajoyibku biz ham aynan shu maqsadda kelgan edik.Bizning o’quvchi va o’qituvchilarga beradigan savollarimiz bor edi.Ruxsat berasizlarmi?

Diyora:Marhamat davramizning to’ri sizniki.
1-muxbir o’quvchilarga savol beradi

1.Kitoblar turadigan joy?

2.Birinchi kitob nimadan yasalgan?

3.Eng yoqtirgan ertagingiz?

4.Kitoblarning ichida nima yashaydi?

5.Birinchi ustozingiz?

6.Kitob haqida topishmoq ayting

7.Kitob o’qishning 3 ta foydali tomonini ayting

8.Kitob haqida she’r ayting

9.Eng yoqtirgan darsligingiz?

10.Maktab kutubxonachimiz ism-familiyalari?

2-muxbir o’qituvchilarga savol beradi

1.Oxirgi o’qigan kitobingiz?

2.Eng qimmat sovg’a?

3.Qaysi asar qahramoni sizga yoqadi?

4.Birinchi yodlagan she’ringizni aytib bering?

5.Kitob haqida she’r ayting

6.Men kitoblarni o’qishni yaxshi ko’raman gapini ingliz tilida ayting

7.Kitoblar eng………

8.Kitob o’qimagan odam-nodon..

9.Kitob haqida maqol ayting

10.Kitob turlarini ayting

RAQS

Muhammadamin:Osmonlarda yurganlar,

Oltin saroy qurganlar,

Ne beray? deb turganlar,

Bolaga kitob bering!.

Adolat:Bola oqqush, oq kaptar,

Dunyolardan bexabar,

Yovuzlik topmay xabar,

Bolaga kitob bering!.

Q Muhammadjon:Qingʻir yoʻlga kirmasdan,

Peshonaga urmasdan,

Kimdir pichoq bermasdan,

Bolaga kitob bering!.

Soliha:Internet-degan ajdar,

Goh undan oqar zahar,

Dod-demay, roʻzi mahshar,

Bolaga kitob bering!.

Akbarshoh:Kel! – diya, imlar tuzoq,

Qabr qazir, qazir choh,

Ming, ming astagʻfirulloh,

Bolaga kitob bering!.

Madina:Koʻzi ochiq koʻrmasdan,

Shayton yoʻldan urmasdan,

Otadan yuz burmasdan,

Bolaga kitob bering!.

Sh.Firdavs:Koʻkrak kerib yurganlar,

Koʻrkam saroy qurganlar,

Ne beray, deb turganlar,

Bolaga kitob bering!.

Asila:“Lison ut tayir”larim,

Yurakka sayrlarim,

Avliyozod nurlarim,

Bolaga kitob bering!.

Amirbek:Koʻzlarni ochish kerak,

Gʻaflatdan qochish kerak.

Qanot chiqarish kerak,

Bolaga kitob bering!.

Mumtoz:Dersiz: “Pul yigʻish kerak,

Oltinu, kumush kerak”,

Xudodan qoʻrqish kerak,

Bolaga kitob bering!.

Olmos:Gullar quchib yurganlar,

Gulsaroylar qurganlar,

Ne beray-deb, tuganlar,

Bolaga kitob bering!.

Osuda:Xazinai jahon u,

Kichik Abu Rayhon u,

Sizga qarab hayron u,

Bolaga kitob bering!.

Bahrom:Buxoriy-sarvarim u,

Termiziy-anvarim u,

Mahmud Zamaxsharim u,

Bolaga kitob bering!.

Ifora:Keskir qilich boʻlsin u,

Kitobga oʻch boʻlsin u,

Yengilmas kuch boʻlsin u,

Bolaga kitob bering!.

Doniyor:Xonlar kabi yurganlar,

Xonsaroylar qurganlar,

Ne beray? – deb turganlar,

Bolaga kitob bering!.

Gulhida:Navoiyni bilsin u,

Yoningizga kelsin u,

Baxti boʻlsin, kulsin u,

Bolaga kitob bering!.

Kitob-oftob,do’st,hamroh,yordamchi,yuksalish,g’alaba

O’quvchilar qo’llarida ushbu so’zlar yozilgan ko’rgazmani ushlab kitobga ta’rif berishadi

M.Firdavs: Aziz ustozlar, mehribon ota-onalar, boldan shirin o`g`il- qizlar. Shu bilan 1-“A” sinfining “Kitobxonlik bayrami” o`z nihoyasiga yetdi.

Osuda:Aziz o`quvchilar, jonajon yurtimizga xizmat qiladigan ajoyib bilimdon farzandlar bo`lib yetishing.

Sh.Firdavs:Bilim cho`qillarini egallang.

Diyora:Vatanimizni chin dildan sevadigan vatanparlar bo`lib yetishing.

______:Kitobni toza qo’llar bilan olishga                    ______:Kitobni do’st bilishga
______:Kitob sahifalarini yirtmaslikka                        ______:Ko’proq kitob o’qishga
______:Kitobni iflos joyga qo’ymaslikka                    ______:Kitoblarni asrashga

______:Kitobdan ko’p bilim olishga                            ______:Doim kutubxonaga borishga
Hamma:Qasamyod qilamiz,qasamyod qilamiz,qasamyod qilamiz!!!

Buxoro viloyati Romitan tumani 1-IDUM boshlang’ich sinf o’qituvchisi,Xalq ta’limi a’lochisi Surayyo Murodova

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *