Архив за месяц: Июнь 2022

Mahoratli_muallima

Ish tajribasi respublikada ommalashgan oliy toifali boshlang’ich sinf o’qituvchi,Xalq ta’limi a’lochisi Surayyo Murodovaning 4-sinf tarbiya fanidan o’qituvchilar uchun yaratgan metodik tavsiyasi nashrdan chiqdi.
Ushbu metodikada zamonaviy metodlar asosida darsni olib borish texnologiyalari berilgan bo’lib o’qituvchilarga zarur bo’lgan yordamni beradi degan umiddamiz.

👍 Agarda 45 daqiqalik darsingizni qiziqarli o‘ta olsangiz, darsingizda o‘tirgan o‘quvchilar siz sabab kelajakda «ilm yo‘lida o‘zbek jamiyatining qutqaruvchisi» bo‘lishi mumkin!

Maktabingizda eng yetakchi o’qituvchi bo’laman desangiz:

• O’zgacha dars o’tish uslubiga ega bo’ling;

• Boshqalardan bir qadam oldinga bo’lishga harakat qiling;

• Tez-tez natijalar qayd etib, o’z faoliyatingiz samaradorligini isbotlang;

• Har darsingiz bir xil bo’lib qolmasin, turli metodlar orqali darsni qiziqarli o’ting;

• Vaqtingizni nazorat qiling, vaqtdan unumli foydalanish usullaridan foydalaning;

Bularning barchasi ushbu metodik tavsiyada berilgan👍👍👍

Sharipova Dilfuza Hasanovna Romitan tumanidagi XTB
boshlang‘ich ta’lim metodisti