
1-boshlovchi:Bu qandayin mo’jiza?
Kamalak 4 xil rangda,
Havorang,oq,qizil,yashil,
Porlab turar osmonda!
2-boshlovchi:Budir bizning ramzimiz,
O’zbekiston bayrog’imiz!
Uni olib qo’llarga
Dadil qadam tashlaymiz!
(O’quvchilar qo’llarida bayroqchalar bilan marsh musiqa sadolari ostida sahnaga kirib kelishadi.Ular bayroq timsolini ifoda etuvchi kiyimda,birinchi qatorda ko’k kiyimdagi bolalar,ikkinchi qatorda oq kiyimdagi bolalar,uchinchi qatorda esa yashil kiyimdagi bolalar tizilib turishadi,ikki boshlovchi esa qizil kiyimda.)
1-boshlovchi:Vatanim dunyoda tengsizdir tanho,
Farzandlari aqlli,zukkodir yana.
Har kuni bir bayram,to’yu-tomosha,
Shunday yurt ayting-chi,qayda bor yana?
2-boshlovchi:Balki satrlarga sig’mas so’zlarim,
Bayrog’ing kuylamoq istar zabonim.
O’zingsan azaliy baxtimga bitgan
Qutlug’ sajdagohim-O’zbekistonim!
1-boshlovchi: Vatanning ramzlari ko’p. Aytmoq mumkinki, yurtim deganda har bir insonning ko’z oldida turlicha manzara namoyon bo’ladi. Kimdir ona qishlog’ini eslaydi, yana kimgadir ulug’vor tog’laru gavjum shaharlar yodga tushadi.
2-boshlovchi:Ammo vatanning umuminsoniyat qabul qilgan shunday ramzlari borki, u har bir davlatning o’zligini anglatadi. Shulardan biri va eng muhimi bayroqdir.
1-boshlovchi:Bayroq nima?
Hamma:Yurtim osmonida fusunkor bezak.
2-boshlovchi:Bayroq nima?
Hamma:Farzandlar ziyodan yoqqanda mash’al.
1-boshlovchi:Bayroq nima?
Hamma:Millatimning yashayotgan udumlari.
2-boshlovchi:Bayroq nima?
Hamma:Yo’lchi yulduz,istiqlolim in’omi.
1-o’quvchi:Bayroq so’zi naqadar buyuk!
Avval uni anglamoq kerak.
Ranglarini jon dildan suyib,
Tasavvurni boyitmoq kerak.
2-o’quvchi:Chempionlar qo’lida bayroq,
Yovuz niyat ularda yiroq.
Vatan nomin ko’kka ko’tarish,
Ketmas doim ko’ngildan biroq.
3-o’quvchi:Bayroq biror firqa,tashkilot,ummat,millat va uning davlatining belgisidir.Bularning orasida millat uchun eng muhimi va uning mustaqilligini va xalqaro hurmatga egaligini bildiruvchi bayroq-davlat bayrog’idir.
4-o’quvchi:O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i Respublikamiz Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan va shu kuni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risidagi” qonunga imzo chekkan.
5-o’quvchi:Ushbu qonun 13 moddadan iborat.
3-modda:O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i xalqaro maydonda: O’zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamalakatlarga safarlari chog’ida,xalqaro tashkilotlarda,konferensiyalarda,jahon ko’rgazmalarida,sport musobaqalarida O’zbekiston Respublikasining timsoli bo’ladi.
4-modda:Bayroqning uzunligi 250 smga,kengligi 125 smga teng.Moviy rang,oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil.Har bir en 40 smga tengdir.Qizil hoshiyalarning kengligi 2.5smga teng.
7-modda: O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i bilan bir vaqtda boshqa davlatlarning bayrog’i ko’tarilsa, O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i o’ng tomondan,boshqa davlatning bayrog’i chap tomondan ko’tarilmog’i kerak.
1-boshlovchi: Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar, ko‘z qorachig‘idek asraganlar.
2-boshlovchi:Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan.
1-boshlovchi:Kelinglar O‘zbekistonning tarixiy bayroqlariga bir nazar tashlaylik.
2-boshlovchi:Zero donolar o’z tarixini bilmagan,kelajagini ham bilmaydi,deb bejiz aytishmaydi.
(O’quvchilar ushbu bayroq rasmlarini qo’lga olib ular haqida ma’lumotlarni aytishadi)
1-o’quvchi:O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi. 1925 yil 22 iyuldan 1926 yil 9 yanvargacha
2-o’quvchi:1926 yil 9 yanvardan 1931 yilgacha
3-o’quvchi: 1931 yildan 1935 yil yanvargacha
4-o’quvchi: 1935 yil yanvardan 1937 yilgacha
5-o’quvchi: 1937 yildan 1941 yil 16 yanvargacha
6-o’quvchi: 1941 yil 16 yanvardan 1952 yil 29 avgustgacha
7-o’quvchi: 1952 yil 29 avgustdan 1991 yil 18 noyabrgacha
8-o’quvchi: 1991 yil 18 noyabrdan hozirgacha
O’quvchilar navbat bilan Miraziz A’zamning “Bayrog’im” she’rini yod aytishadi.
1-o’quvchi:O,mening muqaddas bayrog’im,
Ko’nglimning,baxtimning qayrog’i.
Tinmagay mavjlanib tursang sen
Yuragim-bulbulim sayrog’i.
2-o’quvchi:Sendagi moviylik-tiriklik,
Ko’klarday,suvlarday tiniqlik.
So’nmagay mavjlanib tursang sen,
Ortgaydir qalbimda yiriklik.
3-o’quvchi:Oq-ranging-niyatim oqligi,
Qutlashda quyoshday toqligi.
Bilingay mavjlanib tursang sen,
O’ylarim,xayolim pokligi.
4-o’quvchi:Bayrog’im sendagi yashillik-
Ko’karish,yuksalish,yaxshilik.
Ko’ringay,mavjlanib tursang sen
Ishlashim ter bosib tikka-tik.
5-o’quvchi:Sendagi chiziqlar qizil-ol-
Hayotiy kuchimga bir timsol.
Hilpirab,mavjlanib tursang sen
Bor bashar anglagay bemalol.
6-o’quvchi:Ustingda porlagan yarimoy
Ko’rsatar an’anang qanday boy.
Erkimning ramzidir bu yana,
Parpirab,hurmatga ochar joy.
7-o’quvchi:Sendagi o’n ikki yulduz-da-
Xalqdagi quyoshli solnoma.
Beruniy avlodi millatning
Kimligin bilmoqqa yodnoma.
8-o’quvchi:Yellar-la hilpilla,bayrog’im,
Viqor-la silkilla,bayrog’im,
Qulama,yiqilma,egilma,
Olamga qut ula,bayrog’im!
Sahna ko’rinishi:
O’qituvchi: Qani aziz bolajonlar bugungi bayram munosabati bilan O’zbekiston bayrog’i tasvirini rangli qog’ozlar bilan tayyorlangchi.
O’quvchilar ranglarni tayyorlab ularni ko’chma doskaga yopishtirishadi.Har bir rangni ilayotganda tilak bildirishadi:
Moviy rang:Olamda tinchlik bo’lsin,
Suvlar tip-tiniq oqsin!
Qizil rang:Mehnatdan hech tolmasin,
Kurashda g’olib bo’lsin!
Oq rang:Hammaga oq yo’l bo’lsin,
Yuksak zafarlar quchsin!
Yashil rang:Buyuk yurt yashnab tursin,
Dulduldek kishnab tursin!
Oymomo:O’y sursalar o’ylariga sirdoshdurman,
Yo’l yursalar,yonlarida yo’ldoshdurman.
Tinch tunlarni tinch kunlarga ulayman,
O’zbekiston sharafini olam aro so’zlayman.
Bir o’quvchi yig’lab turibdi
O’qituvchi:Ha bolajonim shunday ulug’ bayramda sen nega yig’layapsan?
O’quvchi:Bayrog’imiz uchun tayyorlagan yulduzchalar yo’qolib qoldi.
O’qituvchi:Mayli sen xafa bo’lma bizning “Mitti yulduzchalar” nomli do’stlarimiz bor,hozir ularni chaqiramiz,senga yordam berishadi.
Qo’shiq: “Tantana” guruhi “Yulduzchalar”
12 ta yulduz kiyimidagi bolalar chiqib raqs ijro etadi.
Moviy-moviy osmonda,
Yulduzchalar bo’lamiz.
Quvnoq qo’shiqlar aytib,
Zavqu-shavqqa to’lamiz.
Dunyolarga baralla,
Kuylarimiz taralsin.
Bolalarning qalbida
Ezgu niyat taralsin.
Naqarot
La-la-la-la
Yulduzchalar bo’lamiz
La-la-la-la
Zavqu-shavqqa to’lamiz.
Keling do’stlar hammamiz,
Qo’lni qo’lga beraylik.
Shu yurtning farzandlari,
Bir tan,bir jon bo’laylik.
Jilolansa nurimiz,
Ko’zlaringiz qamashar.
Bizlar kelgan davrani
Tantana deb atashar.
Naqarot
La-la-la-la
Yulduzchalar bo’lamiz
La-la-la-la
Zavqu-shavqqa to’lamiz.
Har biri bittadan yulduzchalarni yopishtiradi.
O’qituvchi:Davlatimiz bayrog‘i – o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli. Qonunda belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar bayrog‘imizni hurmat qilishlari shart. Zero, unda ruhiyatimiz, g‘urur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.
Davraga sayyoh kirib keladi va o’quvchilardan bayram haqida so’raydi
Sayyoh:Hello dear children,what holiday are you celebrating?
1-o’quvchi:We are celebrating our country’s flag.
Sayyoh:How many colours in your flag?
2-o’quvchi:There are four colours in the flag.They are blue,red,green and white.
Sayyoh:What do the moon and stars symbolize?
3-o’quvchi:They represent peace and independence.
Sayyoh:Thank you.Do you know a poem about flag?
4-o’quvchi:Yes please,listen.
5-o’quvchi:Blue,white and green
And has a red tie
That’s why beautiful
The flag of Uzbekistan.
6-o’quvchi:Hoist my flag
Hoist pridly
For my free people
Give freedom
Hoist my flag
In the bwilding of U.N.O
Give happiness to my people
O’quvchilar Faxriddin Hayitning “VATAN BAYROG‘I” nomli she’rini yod aytishadi.
1-o’quvchi:Moviy, yashil, oq
Qo‘limda bayroq,
Yuguraman shod,
Vatanda ozod!
2-o’quvchi:Shamolda g‘ir-g‘ir,
Hilpiraydi hur.
Dilim shoshadi,
Zavqim toshadi.
3-o’quvchi:Ona tabiat
Va jo‘shqin hayot,
Musaffo osmon,
Tomirimda qon,
4-o’quvchi:Pok orzularim,
Jam bo‘lgan bari.
Boshla mayog‘im —
Vatan bayrog‘i!
Kichik sahna
Qizlar maktabdan uyga qaytyapti.Yo’lda tezlik bilan o’tib ketayotgan mashinadan bayroqcha tushib qoladi.Shukrona yugurib borib bayroqchani qo’liga oladi.
Imona:Shukrona qo’y,uni nima qilasan?
Shukrona:Axir bu-Vatanimiz bayrog’i-ku!Ustozimizning gaplari yodingizdan chiqdimi.Surayyo opa bayroqni sevib,ardoqlash kerak degan.
Qizlar bilan xayrlashib uyga kiradi.Bayroqni yuvib,dazmollaydi va uyga kirish joyiga osib qo’yadi.Bo’lgan voqeani oila a’zolariga aytib beradi.
Dadasi:Rahmat,qizim,Bayroqni sevish,Vatanni sevishdir!(peshanasidan o’padi)
1-boshlovchi:Davlatimiz ramzlaridir u-
Bayrog’i,gerbi,madhiyasi.
Bu muqaddas timsollarimiz
E’zozlar yurt yosh,qariyasi.
2-boshlovchi:Ular erur tinchlik belgisi,
Yurtimizning hurlik belgisi.
Unga munosib-la yuraylik,
Tinchlik uchun hushyor turaylik.
1-boshlovchi:Dunyoda millat va elatlar,xalqlar va davlatlar ko’p,lekin O’zbekiston bitta.Uning bayrog’i ham yagona.
2-boshlovchi:Vatanni, bayrog‘imizni, tinchlikni, do‘stlik, milliy qadriyatlarimizni ulug‘ bilib vatan uchun xizmat qilishda astoydil bel bog’laylik.
1-boshlovchi:Bayrog’imiz doim yellar-la hilpillab,viqor-la silkillab tursin!
2-boshlovchi: Bugungi bayramimiz o’z nihoyasiga yetdi.E’tiboringiz uchun rahmat!Bu bayroqchalarni esdalik uchun saqlab qo’ying.(har bir sinfga bittadan bayroqcha taqdim etiladi)
“Sharq” guruhining “Vatan bayrog’i” qo’shig’i qo’yiladi va o’quvchilar musiqa sadolari ostida chiqib ketishadi.
Buxoro viloyati Romitan tumani 1-umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Surayyo Murodova Olimovna
