25-may — barcha ustozlar va o‘quvchilar uchun haya jonli
kun! Chunki mamlakatimizdagi barcha maktablarda so‘nggi
qo‘ng‘iroq yangraydi. Ayniqsa bu yilgi bitiruvchilar uchun davlatimiz
rahbarining yo‘llagan tabriklari kutilmagan unutilmas yangilik bo‘ldi. Nafaqat bitiruvchilar biz ustozlar va ularning ota-onalari uchun ham quvonchli voqea bo‘ldi. Samimiy dil izhorlari bitilgan tabrikda ta’kidlanganidek,“Qalbi pok, orzu-umidlar bilan to‘lgan sizlar kabi navqiron, azmu shijoatli yoshlarimiz timsolida biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan a’lim-tarbiya sohasidagi sa’y-harakatlarimizning yana bir amaliy natijasini,xalqimiz va Vatanimiz kelajagini ko‘ramiz”. Respublikamizdagi 10 mingdan ziyod davlat umumta’lim, 171 ta nodavlat, 18 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktablar qatorida bizning ta’ilm maskanimizda ham shunday ahd bilan ertangi kunimiz egalarining zamonaviy bilimlarni
mukammal o‘qib-o‘rganishlari uchun qulay sharoit va imkoniyatlar muhayyo etilgan. Yoshlarga fanlarni puxta o‘rgatish barobarida har jihatdan yetuk, jismonan barkamol,yuksak ma’naviyatli va keng tafakkur egalari etib tarbiyalash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga, sport musobaqalari,musiqa va san’at yo‘nalishidagi tadbirlarga, 5 muhim tashabbus ijrosiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
2020 — 2021-o‘quv yili men uchun ham yutuqlarga boy yil bo‘ldi. 4-sinf o‘quvchilarim
juda ko‘p tanlovlarga qatnashib, faxrli o‘rinlari bilan meni quvontirdilar.
Bu yil Buxoroda ilk marotoba o‘z faoliyatini boshlaydigan Prezident maktabiga kirish uchun ko‘pgina o‘quvchilarim tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ularning yutuqlari meni yanada ijodkorlik bilan ishlashga undaydi.Ushbu o‘quv yilida “Xalq ta’limi a’lo chisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganim yurtimizda o‘qituvchi mehnatiga berilgan yuksak e’tirof deb hisoblayman. Bu mukofot nafaqat menga, balki men 20 yildan buyon ishlab kelayotgan jonajon maktabim va ham kasblarimga berilgan mukofot deb bilaman.Bu mukofot meni yanada ko‘proq o‘z ustimga ishlashga, o‘quvchilarimning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirib,YangiO‘zbekistonning yangichafikrlaydigan erkin,ozod o‘quvchilari etib tarbiyalashga undaydi.
Prezidentimizning yoshlarga bildirgan bu ishonchlarini maktabimiz o‘quvchilari o‘zlarining bilim cho‘qqilarini zabt etishga bo‘lgan harakatlari bilan oqlashlariga ishonaman.
Surayyo MURODOVA,
Buxoro viloyati Romitan tumanidagi
1-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

