Jonajon O’zbekistonim,mangu bo’l omon!

Картинки по запросу mustaqillikning 28 yilligi

Mustaqillik darsi

Sana:2-sentabr.2019-yil

Dars shiori: Jonajon O’zbekistonim,mangu bo’l omon!

Dars mavzusi: Mustaqillik-oliy ne’mat

Dars maqsadi:

ta`limiy: o’quvchilarga istiqlol oliy ne’matligi, O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yilligi va bu yillar ichida erishilgan yutuqlar, boy tarixiy merosimiz, ulug‘ insonlar haqidagi tushunchalarni o‘quvchilar ongiga yetkazish;

tarbiyaviy: Vatanparvarlik fazilatini shakllantirish, g’urur-iftixor tuyg’usini tarbiyalash, Ona Vatanini sevishga, asrab avaylashga o`rgatish;

rivojlantiruvchi: o’quvchilar dunyoqarashini kengaytirish, tasavvur qilish qobiliyatini shakllantirish,guruhlarda hamkorlikni tashkil etish.

Tayanchkompetensiyaelementlari:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:televizor, radiyo,telefon orqali

berilgan xabarlarni gapirib bera olish.

O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi:kattalarni hurmat qilish, ularning

nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.

Dars turi: mustahkamlovchi, yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi;

Dars uslubi: yakka tartibda va kichik guruhlarda ishlash, suhbat-munozara, taqdimot, “Mozaika”,”Ruchka stol o’rtasida”,”Ranglar jilosida-ona diyor madhi”,”Sinkveyn”,”Kubiklar”,”Men kimman”,”Qisqichni qistir”, ”Allomalar harfvordi””T chizmasi”,”Tushunchalar tahlili”,”Filvord”,”Tarjimon”;

Dars jihozi: mavzuga mos rasmlar, Vatan timsollari haqidagi slaydlar, DVD-disklar

Darsning borishi:

I   Tashkiliy qism

O’qituvchi:Salom aziz bolalar,

Jambil,rayhon-lolalar.

Yana dovon oshib,siz,

Maktab tomon shoshibsiz.

Barchangiz sog’-omonmi?

Ilk darsga siz tayyormi?

Hamma:A’lo kayfiyat bilan

Maktab tomon yo’l oldik.

Mustaqillik bayramin,

Juda zo’r nishonladik.

O’qituvchi:Mustaqillik bayrami

Barchangizga muborak!

Vatan madhini kuylash-

Har doim bizga odat!

(Davlat madhiyasi kuylanadi.)

Bolajonlar bugungi ilk sabog’imizni Mustaqilligimizning 28 yillik to’yiga bag’ishlab,o’zgacha tarzda olib boramiz.Buning uchun barchangiz mana bu qirqimlardan istaganingizni olishingiz mumkin.

(Sinf o`quvchilarining soni hisobga olingan holda oldindan turli rangdagi kesma
rasmlar tayyorlab qo`yiladi. O`quvchilar ixtiyoriy ravishda xohlagan
rangdagi rasmni tanlab oladilar. Natijada psixologik jihatdan xarakter xususiyatlari o`xshash bo`lgan o`quvchilar bir guruhga jamlanadi va ularning hamkorlikda ishlashiga sharoit yaratiladi. Ular tanlagan rasmlarning rangiga qarab guruhlarga ajratiladi va “Mozaika” usulidan foydalanib qo’llaridagi rasmlardan butun rasm hosil qiladilar.Ana shu rasmga ta’rif  beradilar.Bunda  O’zbekistonda ishlab chiqariladigan mashinalar rasmlari hosil bo’ladi.)

 Asaka avtomobil zavodi haqida videorolik namoyish etiladi va ma’lumot beriladi.

Asaka avtomobil zavodi Asaka shahrida qurilib, 1996-yilning 19-iyulida ishga tushirilgan “UzDaewooAuto” (hozirgi “GM Uzbekistan”) qo’shma korxonasi xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining, mamlakatimiz iqtisodiyoti, xususan, sanoat ishlab chiqarishining yorqin timsollaridan biridir.Bu yil O‘zbekistonda birinchi avtomobil ishlab chiqarilganiga 23-yil to‘ldi

Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqariladigan mashinalar zamon talablari asosida muntazam ravishda takomillashtirib borilmoqda. Zavod ishga tushgan dastlabki yillari uning konveyeridan Tico, Damas, Nexia kabi yengil avtomobillar chiqa boshlagan bo’lsa, keyingi yillarda bu yerda tayyorlanayotgan yengil mashinalar safiga yanada mukammallashgan, zamonaviy dizaynga ega Matiz va LacettiChevrolet Takuma,Chevrolet EpicaChevrolet CaptivaChevrolet SparkChevrolet CobaltChevrolet Gentra avtomobillari ishlab chiqarish yolga qo’yilgan.

Hamma o’z guruhining mashinasiga xayolan minib,O’zbekiston bo’ylab sayohat tashkil qilinadi.Sayohat davomida bekatlarga to’xtalishlari so’raladi.

  • bekat:Vatan bekati.Bunda har bir guruhga topshiriqlar beriladi.
  • guruh:”Ruchka stol o’rtasida” usulida Vatan so’ziga ta’rif berishadi.

(Vatan bu-tug’ilgan uyimiz,mahallamiz,beshigimiz,ko’chamiz,maktabimiz…….)    

  • guruh:Vatan haqida she’r va maqollar aytishadi
  • guruh:”Sinkveyn” usulida vatan so’ziga ta’rif berishadi
  • guruh:”Ranglar jilosida-ona diyor madhi” (Vatanni ulug’lovchi rasm chizishadi)
  • guruh:Vatan soz’iga yaqin ma’noli so’zlar aytadi(diyor,yurt,o’lka,mamlakat,g’osha…….)
  • guruh:”Yangi so’z” metodi.Bunda ”Vatan” so’zidan so’z topadi.(tan,tana,tantana,vata,vanna,nav)

O’qituvchi:Rahmat aziz bolajonlar vatan haqida juda ham chuqur tushunchaga ega bo’ldik.Vatanimiz qayer?

Hamma:O’zbekiston

O’qituvchi:Poytaxti

Hamma:Toshkent

O’qituvchi:O’zbekiston qanday davlat?

Hamma:Mustaqil

O’qituvchi:Bu yil mustaqilligimizning necha yilligini nishonlayapmiz?

Hamma:28 yilligini

O’qituvchi:Prezidentimiz?

Hamma:Shavkat Mirziyoyev

O’qituvchi:Barakalla bolajonlar.

  • bekat:Ramz bekati. Bunda har bir guruhga topshiriqlar beriladi.
  • guruh:O’zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog’i haqida ma’lumot beradi.
  • guruh: O’zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi haqida ma’lumot beradi.
  • guruh: O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi haqida ma’lumot beradi.
  • guruh: O’zbekiston Respublikasi Davlat tili va milliy bayramlari haqida ma’lumot beradi.

1992-yil 2-iyulda Oliy Majlis qaroriga binoan ushbu kunlar bayram va dam olish kunlari deb e’lon qilingan:

1 Yanvar — „Yangi Yil Bayrami“

14 Yanvar — „Vatan Himoyachilari kuni“

8 Mart — „Xalqaro Xotin-Qizlar kuni“

21 Mart — „Navro’z Bayrami“

9 May — „Xotira va Qadrlash kuni“

1 Sentyabr — „Mustaqillik kuni“

1 Oktyabr — „O’qituvchi va Murabbiylar kuni“

8 Dekabr — „Konstitutsiya kuni“

31 Dekabr — „Yangi-Yil rasman“

Ramazon Hayit (Iyd-al-Fitr) bayrami

Qurbon Hayit (Iyd-al-Adha) bayrami

  • guruh: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida ma’lumot beradi.
  • Guruh: O’zbekiston Respublikasi haqida ma’lumot beradi.

O’zbekiston (rasman: O’zbekiston Respublikasi) — O’rta Osiyoningmarkaziy qismidagi mamlakat. O’zbekistonning poytaxti — Toshkent shahri. Davlat tili — O’zbek tili. Maydoni — 448,900 km2. Aholi soni (2015) — 31,025,500 . Pul birligi — so’m.

O’zbekiston Respublikasi 12 ta viloyatToshkent shahri va Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat.

O’zbekiston — mustaqil, demokratik, dunyoviy, konstitutsiyaviy davlat. Mamlakatning rasmiy tili O’zbekcha. O’zbekiston MDH, BMT, YXHT, va SHHT a’zosidir.

3-bekat: Ajdod bekati. Bunda har bir guruhga topshiriqlar beriladi.

1-guruh: .”Kubiklar” metodi yordamida buyuk ajdodimiz nomini topishadi.

2-guruh:”Men kimman” metodi yordamida ajdodlarimiz nomini topishadi.

(Guruhdan har bir o’quvchi orqasiga rasm qo’yiladi va o’quvchilar ushbu shaxsga ta’rif berishadi,topgan o’quvchi rag’batlantiriladi.Masalan:Ibn Sino rasmi tutiladi,bolalar -kasallarni davolagan,tibbiyot ilmiga asos solgan,buyuk tabib va hokazo deb ta’rif beradi.)

3-guruh:”Qisqichni qistir” metodi yordamida buyuk ajdodlarimiz nomini topishadi.(Doira ichida buyuk allomalar rasmi qo’yilgan,qisqichda esa allomalar nomi yozilgan,bolalar allomalar nomini rasm oldiga qistirib qo’yishlari kerak bo’ladi.)

4-guruh:”T chizmasi” metodi.(Bunda buyuk allomalar yashab ijod qilgan qadamjolar nomi va manzili yoziladi.)

5-guruh: ”Allomalar harfvordi” metodi.(Prezident Islom Karimovning “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyada tilga olgan alloma va mutafakkirlar nomi topiladi.)

Y R O M I D D I R U B O
I A X J I R B N O’ L N B
M Z N A B O U K CH P O SH
SH I L A N S I N O O R I
E A V Y T O’ Q A L
R N O I J M E R P
E T R I A A B D O
M U G’ M L R U I M
U L B A O I G SH I
R U E B L S N A M
Y I K E I D D I N
A N U R Q O D I R
B I Y F A U S U I
D N R A L F Y Y Y
U O G’ U N I R L F I D M
L L O B A N O U I S A U
L V N A S B Q D R V M H
A A I Y R I A B D A M A

6-guruh: :”Tushunchalar tahlili” metodi yordamida mashhur sportchilarga ta’rif beriladi.Mustaqillikka erishgandan so’ng sportga bo’lgan e’tibor haqida videorolik namoyish etiladi.

Tushuncha Nigina Abduraimova Artur Taymazov Mirjalol Qosimov Rishod Sobirov Rustam Qosimjonov

 

Artur Grigoryan Iroda

To’laganova

Tennis +           +
Boks           +  
Futbol     +        
Shaxmat         +    
Dzyudo       +      
Kurash   +          

4-bekat: Yil bekati. Bunda har bir guruhga yil yozilgan varaqlar beriladi.

1-guruh:2000-yil (Onalar va bolalar yili)

2-guruh:1999-yil (”Ayollar” yili)

3-guruh:2010-yil (”Barkamol avlod” yili)

4-guruh:2016-yil (”Sog’lom ona va bola” yili)

5-guruh:2015-yil (”Keksalarni e’zozlash” yili)

6-guruh:1998-yil (”Oila” yili)

5-bekat: ”Til bilgan el biladi” bekati. Bunda har bir guruhga topshiriq beriladi.

1-guruh:Rus tilida Vatanni ulug’lovchi she’r maqollar aytishadi.

2-guruh:Ingliz tilida dialog

3-guruh:Ingliz tilida sahna ko’rinishi

4-guruh:”So’zlarni birlashtir” usuli

 Jonajon O’zbekistonim,mangu bo’l omon! shiori hosil bo’ladi.

5-guruh: ”Tarjimon” metodi.(Bunda gaplar o’qiladi va tarjima qilinadi)

6-guruh:”Filvord”metodi.(Bunda 11 ta so’z yashiringan,o’quvchilar topishlari kerak.)

Darsni yakunlash

O’qituvchi:Mana aziz bolajonlar yurtimizga bo’lgan sayohatimiz o’z nihoyasiga yetdi.Yurtimizning go’zal va betakrorligini hamma o’z ko’zi bilan ko’rdi va yurtga bo’lgan muhabbati yanada oshdi deb o’ylayman.Sizlarni vazifangiz a’lo baholarda o’qib yurtimiz nomini dunyoga tanitishdan iboratdir.Hammangizga ”Bilimlar kuni” muborak bo’lsin!O’qish va ishlaringizda omad yor bo’lsin.Endi hammamiz mashinalardan tushib,sinfimizga qaytamiz va g’olib bo’lgan guruhni aniqlaymiz.

Baholash

Vazifa:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *