«Hunarni sev.» Tolib Yo’ldosh 3-sinf o’qish

Смайлики большиеСмайлики большиеСмайлики большие

Sinf: 3

Fan: O`qish

Mavzu: Hunarni sev .

Darsning maqsadi: 1) Ta’limiy : O`quvchilarga  to`g`ri , ravon , ifodali o`qishni o`rgatish , turli  kasb hunarlar bilan tanishtirish.

2) Tarbiyaviy : Dars davomida o`quvchilarni kasb – hunar egallashga bo`lgan qiziqishini uyg`otish , mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash .

3) Rivojlantiruvchi : She’rni ifodali ,ravon o`qish malakalarini ,olgan bilimlarini hayotda qo`llay olish ko`nikmalarini rivojlantirish .

Dars turi : Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi .

Dars metodi :Savol –javob,

Dars jihozi : Darslik , kasb-hunarni aks ettiruvchi  rasmlar, tarqatmalar, slaydlar.

Darsning borishi.

Sinf o`quvchilarini oldindan 5 guruhga  bo`lamiz . Har bir guruhga 6 nafar o`quvchi o`tiradi . O`quvchilarni “o`rningni top “ o`yinidan foydalanib guruhlarga ajratamiz. Bunda  ular teskari qilab qo`yilgan  rasmlardan bittasini  oladilar . Rasmlarda  bahor tabiatiga xos  manzaralar  aks ettirilgan bo`ladi . Bular charaqlab turgan quyosh , bulut , yomg`ir , chaqmoq , kamalak ko`rinishlari bo`ladi . Bolajonlar o`zlariga tushgan rasmlarning nomi yozilgan guruhlarga borib o`tiradilar .

I . Tashkiliy qism . (3 –daqiqa )

-Salomlashish .Navbatchi axbaroti  tinglanadi .

-Bolajonlar bugungi darsimizni musobaqa tarzida olib boramiz . Bunda har bir o`quvchi o`z guruhiga  rag`bat  tangachalarini darsga faol ishtirok etib , savollarga to`g`ri javob bergan holda oladi .

Darsimizning shiori : Odobli , bilimdon va aqlli, mehnatsevar , iymon — e’tiqodli farzand nafaqat ota – onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.

Islom Karimov.

Har bir guruhdan bitta o`quvchi o`z guruhining nomini qisqa  ta’riflab beradi .

O`quvchilar  guruhlarini ta’riflab berayotganlarida shu tabiat hodisalari slaydlar orqali namoyish etiladi .

Har bir guruhga Vatan mavzusiga oid savol beriladi .

1.Vatan deganda nimani tushunasiz ?

  1. O`zbekiston qachon mustaqillikka erishdi ?
  2. 2018- yil qanday nomlandi ?
  3. Nima uchun ona Vatan deymiz ?
  4. Vatan haqida ikkita maqol ayting .
  5. O`tgan mavzuni mustahkamlash. (7- daqiqa )

-Bolajonlar biz  o`tgan o`qish darsida qaysi mavzu bilan tanishib o`tgan edik ?

-Yaxshi fazilat.  “Aqliy hujum” metodidan foydalanib o`tgan mavzu yuzasidan savol –javob o`kaziladi. Guruhlarga alohida savollar beriladi . Har birta to`g`ri javob uchun guruhlarga rag`bat tangachasi beriladi ?

  1. “Yaxshi fazilat “ hikoyasining mualifi kim ?

Voqea qaysi kunda sodir bo`ldi ?

Zarifjon kim bilan ketayotgan edi ?

  1. Zarifjon bilan onasi qayerga ketayotgan edi ?

Ularning yonidan kim o`tib ketdi ?

Ayol nimani sezmadi ?

  1. Nazokat opa nima qildi ?

Zarifjon hayron bo`lib oyisiga qanday savol berdi ?

Nazokat opa qanday voqeani so`zlab berdi ?

  1. Nazokat opaning pulini kim topib oldi ?

Keksa odam nima dedi ?

Keksa kishi  qanday odam edi?

  1. Nazokat opa nimadan buncha quvondi ?

Nazokat opa o`g`liga nima deb nasihat berdi ?

Hikoya qahramonlarini ayting ?

Guruhlar aro “Zanjir” metodi orqali o`quvchilar hikoyani so`zlab beradilar .

III. Yangi mavzu bayoni . (14- daqiqa )

O`quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb qilish maqsadida “So`zni top”metodidan foydalanib   har bir guruhga tarqatmalar  beriladi . Tarqatmalarda kasb- hunar haqida maqollar berilgan bo`ladi . Maqollarning ayrim so`zlari tushirib qoldirilgan bo`lib , uni o`quvchilar topib aytishlari kerak bo`ladi

1.Hunar – tuganmas ………                        ( xazina)

2.Hunar –hunardan risqing ……..                    (unar)

3.Hunarli er …….bo`lmas .                               (xor)

4.Yigit kishiga ………… honar oz.                      (yetmish)

5.Hunarmandning  noni ……..                           (butun)

Bolajonlar bugungi darsimizda Tolib Yo`ldoshning “Hunarni sev “ she’ri bilan tanishib otamiz. Yangi mavzu yozuv taxtasiga yoziladi .slayd orqali ham ko`rsatiladi .

O`quvchilarga she’r mualifi Tolib Yo`ldosh haqida ma’lumot beriladi.

Bolalar va kattalarning ardoqli shoiri T. Yo`ldosh 1919 yil Toshkentning Chilonzor mavzesi ,Gulbozor mahallasida oddiy mehnatkash oilasida dunyoga kelgan .Uning birinchi she’ri 1937-yil 18 yoshida e’lon qilingan .Unga 1998 yil “El yurt hurmati “ordeni topshirildi .T. Yo`ldosh 2002 yil vafot etdi .

Sher matni o`quvchilarga ifodali o`qib beriladi . O`quvchilar kuzatadi.

Hunarni sev

Hunarni sev , hunarni !

Hunar senga asqotar .

Hunar oltin soni yo`q ,

Sanasang qator –qator .

O`rgan, sen ham yigitsan ,

Yetmish turi oz senga .

“Hunarli er kam bo`lmas “

Maqolin ol esingga .

Mayli, duradgor usta ,

Chilangar bo`l xohishing  .

Xalqqa biror  manfaat

Yetkazish qilgan ishing .

Bolajonlar shoir sizga qarata yoshlikdan biron bir kasb –hunarni egallashga intiling hunarli kishi kam bo`lmaydi, hayotda qiynalmaydi deydi.Qaysi kasb egasi bo`lishdan qat’y nazar bu sizning baxtu  iqbolingizdir.

Lug`at ishi : (ekran orqali namoyish etiladi). O`quvchilar daftarga yozib oladilar .

Dam olish daqiqasi : Tez aytish ;  Vali arralaydi ,Sora allalaydi .(Har bir guruhdan bir o`quvchi aytadi ).

O`quvchilar sherni bir banddan ifodali o`qishadi .

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash .( 16- daqiqa )

O`quvchilar darslikda berilgan savollarga javob qaytaradilar .

  1. Shoir yoshlarni nimaga chorlayapti ?
  2. She`rda hunarga qanday ta’rif berilgan ?
  3. Siz kelajakda kim bolmoqchisiz ?

Guruhlarga oq varaq tarqatiladi .Topshiriq : “Tarmoqlash” metodi orqali kasb-hunarlar nomini yozing . O`quvchilar 1,5 daqiqada nechta kasb hunar nomini yozsalar shuncha guruhlariga  rag`bat beriladi .

“Tez javob “ oyini .Guruhlar orasidan bittadan o`quvchi tanlab olinadi . Bir o`quvchi kasbga doir so`z aytadi ,boshqa o`quvchi kasbning nomini aytadi .Tez aytolmasa , boshqa o`quvchi javob beradi .Topolmagan o`quvchi o`yinni tark etadi . Masalan: kuylaydi — qo`shiqchi.

Har bir guruhga bittadan kasb nomi aytiladi.Ular ingliz tili fanidan olgan bilimlariga tayangan holda shu kasb nomini ingliz tilida aytadilar .

  1. Shifokor – a doctor
  2. O`qituvchi — a teacher
  3. Quruvchi — a builder
  4. Oshpaz – a cook
  5. Tikuvchi – a dressmaker

Xulosalash : Bolajonlar darsimiz sizga yoqdimi ? Bugungi darsdan nimalarni bilib oldingigiz ? Siz uchun nimalar qiziqarli bo`ldi ? Yana nimalarni bilishni xoxlaysiz ? Savolarni berib , o`quvchilar fikri tinglanadi.

V.Baholash. ( 3- daqiqa )

Guruhlarning yig`gan rag`bat tangachalari soniga qarab g`olib guruh aniqlanadi . Guruhlarning dasdagi harakatiga qarab ,bilimdonlar, faollar, tartiblilar, chaqqonlar,ziyraklar naminatsiyasi beriladi .

Darsdagi ishtirokiga qarab o`quvchilar baholanishdi.

VI.Uyga vazifa : (2- daqiqa )

She`rni ifodali o`qish ; “Men tanlagan kasb-hunar “ mavzusida ijodiy ish yozish .

Bolajonlar siz kelajakda qaysi hunar egasi bo`lmoqchiligingiz haqida yozasiz .Nima uchun shu hunarga qiziqishingizni ko`rsating .

Foydalanilgan adabiyotlar .

  1. 3- sinf o`qish darsligi.
  2. “O`qish darslari “ oqituvchilar uchun metodik  qo`llanma .Toshkent  -2011 y.
  3. O`zbek xalq maqollari  “Sharq nashriyoti” Toshkent  -2012 y.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *