«Jo`ja’’ she`ri. A. Obidjon.

O’qish

Dars mavzusi: ,,Jo`ja’’ she`ri. A. Obidjon.

Darsning maqsadi: a) Ta`limiy: O`quvchilarning she`rni ifodali o`qishi; she`r matni ustida ishlashga o`rgatish, shoirning parrandalar xususiyatlarini she`r orqali tasvirlashdagi mahoratini ochib berish, she`rdagi o`xshatishlar, sifatlashlarni aniqlash.

  1. b) Tarbiyaviy: o`quvchilarning estetik didini tarbiyalash.
  2. d) Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning so`z boyligini oshirish, o`qishga bo`lgan qiziqishini orttirish, mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi.

Dars metodi: suhbat, muhokama – taqdimot usuli, dediktiv metod.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid rasmlar.

Darsning borishi:

I Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomatni aniqlash.

– Hozir darsimiz nima?

  • Hozir darsimiz – o`qish.

             Darsimizning shiori:

Barcha fanlar kerakdir bizga,

Uni o`rganmoqlik quvvatdir dilga.

                  Maqsadimiz:

Oz – oz o`rganib dono bo`lamiz,

O`zbekiston kelajagin bizlar quramiz.

Bugun ham darsimizda guruhlar bilan  ishlaymiz. O`quvchilar 4 guruhga bo`linadi.

1 – guruh: Tabiat.

2 – guruh: Ona tili.

3 – guruh: Matematika.

4 – guruh: Tasviriy san`at.

  1. O’tgan mavzuni so’rash.

O`tgan darsda qanday mavzuni o`qib o`rgandik?

  • Uyga vazifa nima berilgan edi?

1 – topshiriq: Hozir sizga test topshirig`i beraman. Bu testda sizning o`tilgan mavzular bo`yicha olgan bilimlaringizni sinayman.

  1. Quyonning ayyorligi tasvirlangan hikoya nomini toping.
  2. A) ,,Mo`jiza’’
  3. B) ,, Ola buzoq’’
  4. D) ,, Xatarli uchrashuv’’
  5. ,,Xatarli uchrashuv’’ asarining qahramonini bo`rilardan nima qutqarib qoldi?
  6. A) Tayoq.
    B) Iroda va aql.
    D) Itlar.
  7. G`afur G`ulom asarlari berilgan qatorni belgilang.
  8. A) ,,Ola buzoq’’, ,,Kuzda’’.
    B) ,,Buni toping, qizlarim’’, ,,Toshkentnoma’’.
    D) ,,O`ylashni o`rganamiz’’, ,,Shum bola’’.

2 – topshiriq: Sizni o`tilgan mavzu,,Tushovli toy’’ mavzusida olgan bilimlaringizni Aqliy hujm usulidan foydalanib savollar berib aniqlayman.

1 – guruh:

  1. Asar qaysi hayvon haqida ekan?
  2. Samantoy nima bilan tushovlangan edi?
  3. Qorong`ida Saman toyning ko`ziga nimalar ko`rindi?

2 – guruh:

  1. Tushovli toy sakrab qocha oldimi?
  2. Saman toy bo`rilarni ko`rgach nima qildi?
  3. Toyga eshitilgan ovoz kimniki edi?

3 – guruh:

  1. Saman toyni ko`rgan yirtqichlar nima qildi?
  2. Saman toyga kim yordamga keldi?
  3. Bo`rilar nima uchun qochib qolishdi?

4 – guruh:

  1. Qudrat aka Samanni ko`rib nimalarni o`yladi?
  2. Nima uchun Saman shalpayib qoldi?
  3. Qo`chqor nima uchun yig`ladi?

III.Yangi mavzuga zamin yaratish.

3 – topshiriq:

1 – guruh:Boshqotirmani yechib, topishmoqning  javobini topadi.

Javob: Xo`roz.

2 – guruh: Rebusni yechib ,,Tovuq’’ so`zi hosil qiladi.

3 – guruh: Boshqotirmani yechib ,,Jo`ja’’ so`zi hosil qilinadi

4 – guruh: Guruh topishmoqni topadi va rasmini chizadi.

Bir   qo’shnim   bor   avval  boshdan,

Soqoli uning qizil go’shtdan.

Sahar turib shovqin solar,

Xabari yo’q hech bir ishdan.

(Xo’roz)

– Mana bolajonlar yechgan boshqotirmalar nima haqida ekan?

  • Parrandalar haqida ekan.
  • Parrandalar nomini kim aytib beradi?

 IV.Yangi mavzuning bayoni.

Yangi mavzu doskaga yoziladi.

O`qituvchi she`rni ifodali o`qib beradi.

                                                         Lug`at ishi.        

Uraman – yeyman.

4 – topshiriq:

Bolalar hozir 4 ta guruhning har biri 4 misradan she`rni o`qib tahlil qiladi.

1 – guruh:

Yorib chiqdim tuxumni,

Shunday shovvoz jo`jaman.

Tanib oldim buvimni,

Ko`zi sharos jo`jaman.

She`r 4 misradan iborat. She`rda tuxumdan chiqqan jo`ja haqida so`z boradi. Jo`ja o`zini shovvozligini va ko`zi charos jo`ja ekanligini aytib maqtanyapti.

O`xshatish: shovvoz jo`ja, ko`zi charos jo`ja.

Insonga xos xususiyat: Buvisini tanib olgani.

Sifatlash: shovvoz, charos.

2 – guruh:

Qarang, dunyo yop – yorug`,

Opalarim sap – sariq,

Men qoraman va oriq,

O`ziga xos jo`jaman.

Mazmuni: Opalari sap – sariq, o`zi esa qora va oriq  jo`ja ekanligini aytyapti.

Sifatlash: yop – yorug`, sap – sariq, qora, oriq.

Insonga xos xususiyatlari: opasi borligini aytayapti.

3 – guruh:

Chigirtkani qiraman,

Goh pashsha yeb ko`raman.

Nima topsam ,,uraman’’,

Asl xo`roz jo`jaman.

Mazmuni: Jo`ja ovqat sifatida chigirtka, pashsha bilan oziqlanishi yozilgan.

Uraman so`zi yeyman degan ma`noni anglatadi.

O`xshatish: o`zini xo`rozga o`xshatyapti.

4 – guruh:

Goh cho`qiyman dumbuldan,

Kamchilik yo`q ul – buldan.

Qolishmayman Bulbuldan,

Shirin ovoz jo`jaman.

Mazmuni:  Jo`ja pashsha va chigirtkadan tashqari dumbul bilan ham ovqatlanishi aytyapti.

O`xshatish: U o`zini bulbulga o`xshatyapti. Ovozi shirali ekanini aytyapti. Jo`jalar ham qanotlarini qoqib qichqiradi, ular bulbuldan qolishmasligini ta`kidlayapti.

– Barakallo, bolajonlar har bir guruh o`ziga berilgan she`rdagi misralarni juda yaxshi tahlil qildi.

5 – topshiriq:

Har bir guruh she`rni ifodali o`qish musobaqasi ,, o`rgimchak to`ri’’ usulidan foydalanamiz.

O`qituvchi: Anvar iObdjonning ,,Jo`ja’’ she`rini o`qib o`rgandik.

Dam olish daqiqasi:

,,Bo`lishi mumkin emas’’ o`yinini o`ynaymiz.

Tovuq yovvoyi parranda.(bo’lishi mumkin emas.chunki u uy parrandasi)

Tovuq tuxum qo’yadi(Bo’lishi mumkin)

Tovuq ertalab qichqiradi(Bo’lishi mumkin emas)

Tovuq go’sht yeydi(Bo’lishi mumkin emas)

O’yin  shu tarzda davom etadi.

V.Darsni mustahkamlash.

Endi darsni mustahkamlash uchun siz jo`jani xususiyatlari ya`ni o`zi bergan tavsifini tarmoqlash usulida ifodalaysiz. Eng ko`p ta`rif bergan guruh rag`bat kartoshkasi oladi.

VI.Uyga vazifa

Anvar iObdjonning ,,Jo`ja’’ she`rini yod olish va rasmlar chizib kelish.

VII.O’quvchilarni baholash va darsni yakunlash

O’quvchilarning she’rdan olgan taassurotlarini muhokama qilib,mavzuni xulosalash.G’olib guruhni aniqlab,rag’batlantirish.

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *