0 va1ni ko`paytirish.2-sinf matematika

Смайлики большие

Sana:

Fan: Matematika

Sinf: 2

Darsning mavzusi: 0 va1ni ko`paytirish.

Darsnig maqsadi:

  1. a) Ta’limiy: 0 va 1 ni ko`paytirishga doir bilim shakllantirish.
  2. b) Tarbiyaviy: Innovatsion usullardan samarali foydalanib fanga qiziqishini oshirish, axloqiy tarbiyalash.
  3. d) Rivojlantiruvchi: Matematik nutqni, og’zaki va yozma hisob malakalarini, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars usuli: interfaol usullari muammoli vaziyat tushunchalar texnologiya T chizma,o`yinlar, boshqotirma,charxpalak

Dars jihozi: Darslik, slayd, ko`rgazma va didaktik ashyolar,tarqatma materiallar, skotch,yelim, marker.

 

Darsning vaqt  taqsimoti:

  Darsbosqichlari Rejalashtirilganvaqt
I Tashkiliyqism 5 daqiqa
II O’tganmavzunimustahkamlash 8 daqiqa
III Yangimavzunitushuntirish 15 daqiqa
IV Yangimavzunimustahkamlash 10 daqiqa
V O’quvchilarnibaholash 5 daqiqa
VI Uygavazifaberish 2 daqiqa

 

Darsning borishi.

  1. Tashkiliy qism.

Qanday farzand yurtning katta boyligi?

(“Odobli, aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning katta boyligidir” I.Karimov)

I.Karimov qaysi yurtni qudratli bo’ladi deganlar?

(“Farzandlari sog’lom yurt – qudratli bo’lur, qudratli elning farzandlari sog’lom bo’lur”)

Farzandlarimiz sog’lom ulg’ayishiga ta’sir etuvchi mezonlarni ayting.

  1. Sog’lom va ahil oila.
  2. Sog’liqni saqlash.
  3. Talim – tarbiya va sport.
  4. Davlat va jamiyatning e’tibori.
  5. Mahalla va ijtimoiy tuzilmalar.

3) “Sog’lom bola” she’rini so’rash.

Shuni bilingki, sog’lig’ingiz – bu sizning boyligingiz.

  1. O’tgan mavzuni so’rash va yangi mavzuga tayyorgarlik.

1) Kirish.

Bugun qaysi kun? (Today is the 1   of February)

18-fevral maktabimiz uchun qanday kun? (Darslar festivali)

Nega aynan fevral oyida? (Fevral – matematika fan oyligi)

Bu oyda qanday tantanali kunlarni nishonladik? (Alisher Navoiy va Bobur Mirzoning tavallud topgan kunlarini)

Matematika qanday fan? (Matematika fanlar ichida shoh, Uning sirlaridan bo’lamiz ogoh)

Matematikaning hayotimizda qanday ahamiyati bor?

Buyuk matematik olimlar haqida nimalar bilasiz? (Umar Hayyom, Al-Xorazmiy, Ulug’bek, Beruniy, Tusiy, Arximed) Ajdodlarimiz mardona ruhi sizga yor bo’lsin.

Dars shiori:

Bilim olib charchamaymiz

Yurtning koriga yaraymiz.

2) “Kim chaqqon?” o’yini.

3 o’quvchi doskadagi tenglamani yechib x ning qiymatini topgach pirpirak yasaydi.

 x:3=9                          x:2=8                           x:2=5

3) 3 o’quvchi uzunlik o’chov birliklarini o’sib borish tartibida yig’adi va “Balli” olqishiga erishadi.

Sm, m, km, dm, mm.

4) Qolgan o’quvchilar bilan “Tushunchalar texnologiyasi”

Tushunchalar Mazmuni
1. To’rtburchak  
2. Kvadrat  
3. Ko’paytirish  
4. Bo’lish  
5. Millimetr  
6. Natural sonlar  

 

Tushunchalar Mazmuni
1. To’rtburchak 4 ta tomoni burchakdan iborat shakl
2. Kvadrat Tomonlari teng to’g’ri to’rtburchak
3. Ko’paytirish Bir xil qo’shiluvchilarni qo’shish
4. Bo’lish Narsalarni bir xil taqsimlash
5. Millimetr Eng kichik uzunlik o’lchov birligi. Santimetrning o’ndan bir qismi
6. Natural sonlar 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9.

III. Yangi mavzu bayoni.

1) Muammoli vaziyat.

Yangi mavzuning nomini toppish uchun quyidagi krossvord va boshqotirma ishlanadi. (1-ilova)

Krossvord.

  1. O’zbek tilining asoschisi.
  2. “…… qizlar” to’garagi nomi.
  3. Suyuqlik o’lchov birligi.

“Besh barmoq” o’yini

Barmoqlardagi bo’g’inlardan so’z yasash uchun kaftga natural sonlardan mosini toping.

0 va 1 haqida nimalar bilasiz?(2-ilova)

2) Yangi mavzuni e’lon qilish.

— Bugun yangi “0, 1, 10 sonlari ishtirokida ko’paytirish va bo’lish” bo’limidan.

“1, 0 ni songa ko’paytirish” mavzusi bilan tanishamiz.

  1. a) Har bir bolaga tayoqcha berdim. Tayoqchalar nechta bo’ldi.

1+1+1+1+1+1+1=1∙7=7

Har bir tarelkaga 1 tadan olma qo’ydim. Olmalar nechta bo’ldi?

1+1+1+1=4    1∙4=4

  1. b) Monitorga qarang. O’quvchilar e’tiborini monitorga qaratish slaydlar orqali mavzuni tushuntirish.

Slayd 1.

  • Mashenka kimlarni mehmonga chaqirdi?

1+1+1+1+1=5;

1∙5=5

Slayd 2.

— Bu qanaqa to’plar? Ular qaysi sport turida ishlatiladi? Har qaysi to’pdan nechtadan olingan?

1+1+1+1+1+1+1+1=8;    1∙8=8

Demak, Slayd 3. Sholg’omni tortish uchun nechi kishi qatnashdi?

1+1+1+1+1+1=6;   1∙6=6

1 har qanday songa ko’paytirilsa, shu sonning o’zi hosil bo’ladi.  1∙a=a

Nolni har qanday songa ko’paytirilsa, nol hosil bo’ladi.

0∙a=0

0∙4=0+0+0+0

0∙7=0+0+0+0+0+0+0

— Noltadan konfet qo’ysak, nol hosil bo’ladi.

— 7 ta o’quvchiga 0 tadan daftar bersam nol hosil bo’ladi.

  1. d) Misollar yechish. 2-misolni doskada va daftarda bajarish.

1) Ko’paytmani yig’indi bilan almashtirib natijani topish.

1∙6                       0∙2

0∙3                       1∙8

1∙5                       0∙5

0∙4                       1∙9

2) Yig’indini ko’paytma bilan almashtirish.

1+1+1+1+1+1+1+1+1=1∙9=9

0+0+0+0+0+0=0∙6=0

  1. e) Dam olish daqiqasi.

— Aytingchi, bolalar, dunyoda eng katta boylik nima? (Sog’lom bola)

— Salomatlik belgisi nima? (Bolalarning kulgisi)

— Shuni biling-ki, bolalar, Sog’ligingiz – bu boyligingiz!

“Musiqiy lahza” (Iroda Dilroz ijrosidagi “Sog’lom bola” qo’shig’i ostida harakatlar bajarish)

  1. f) 3-Masalani yechish.

— Bu nima? (Qoqini ko’rsatib)

— U qaysi mevaning qoqisi. Bu meva daraxti qachon gullaydi? Qachon pishib yetiladi? O’rikdan nimalar tayyorlanadi?

— Hamid Olimjonning “O’rik gullaganda” she’rini o’quvchi aytib beradi.

Masala o’qitiladi. Ma’lum va noma’lum aniqlanadi.

— 1 ta banka sig’imi qancha?

— 2 ta bankadagi sharbatni topsa bo’ladimi? (3-ilova)

(5 l ni 2 ga ko’paytirish)

Qisqa sharti tuziladi.

1 ta bankada – 5 l sh.

2 ta bankada — ? l sh,

Yechimi: 5∙2=10 (l)

Javob: 2 ta bankada 10 l sharbat bor.

“O’rik sharbati – dil quvvati”.

7) “So’z o’yini”

— Bu so’zlar qaysi so’roqqa javob bo’ladi? (nima?)   (4-Ilova)

— Qishin yozin dasturxonlarimizni nozu – ne’matlar bilan to’ldiradigan, mehnatkash bobo-dehqonlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

1) 4-misol.

(43-42) ∙3=3                (35-34) ∙8=8                (17-17) ∙6=0

2) Mustaqil ish.

Misolning 1, 2 ustunlarini

1-qatorga

1∙2             1∙13

0∙5             1∙27

1∙9             1∙82

2-qatorga “T chizma”

   0              1                          juft             toq                        2               3

19-18         1+0                     2∙6             14:7                    9:3             12-9

2∙0             3∙0                       3∙7             9:3                       3∙1             12:6

3:3             23-22                  15:3           3∙4                      12:4           2∙1

9-9             8∙0                       14:2           16:4                    10:5           8:4

3-qatorga “Charxpalak”. Topshiriqlar har bir bola soniga qarab beriladi.

Charxpalak

Misollar +  –   :
164=4        
183=21        
29=18        
8686=0        
029=0        
5731=88        
  1. Darsni yakunlash.

— Bugun darsda nimani o’rgandingiz?

1∙a=a                  0∙a=0         qoidalarini takrorlash.

— Bu ko’paytuvchilarning o’rni almashsa ko’paytma o’zgaradimi?

Baholash.

Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, “Eng faol o’quvchi” emblemasi bilan taqdirlanadi.(5-ilova)

  1. Uyga vazifa. 5,6 masala, misol.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *