To’qish haqida ma’lumot.Zanjir choki to’qish.Texnologiya

Картинки по запросу vyazaniye

Sana:14-aprel.2018-yil

Mavzu:To’qish haqida ma’lumot.Zanjir choki to’qish

Maqsad:

Ta’limiy:O’quvchilarga to’qish haqida ma’lumot berish.Zanjir chokini to’qishga o’rgatish.

Tarbiyaviy:O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish,mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini rivojlantirish,

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

mavzuni o‘rganishda, o‘z g‘oyasini tushuntirish va o‘rtoqlashishda muomala madaniyatiga rioya qilish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

buyum dizayniga o‘zgartirish kiritishda axborotlarni izlash, o‘rganish, tahlil qilish, yangilik elementlarini kirita olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

yasalgan buyumlarni yangi ko‘rinishlarini izlab topa olish va dizayni o‘zgartirib, yasay olish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

san’at asarlarini o‘rganish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

texnikaning paydo bo‘lishi haqidagi ma’lumotlarni bilish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi:toqish  anjomlari, tayyor to’qilgan  ish   namunalari.

Darsning borishi:

Dars elementlari I II III IV V VI
Davomiyligi 1 5 20 10 7 2
  1. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
  2. Davomatni aniqlash.
  3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
  4. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan ishlarni tekshirish.

1.Tashkiliy qism

O’quvchilar:Assalomu aleykum aziz ustozim

Biz sizga hamisha qilamiz ta’zim

O’qituvchi:Assalomu aleykum aziz o’quvchilar

O’quvchilar:Milt-Milt yulduzchalarmiz

Kelajak g’unchalarimiz

O’ylaymiz izlaymiz

Texnologiya fanini boshlaymiz

O’qituvchi:Xo’sh,o’quvchilar bugun sinfda kim navbatchi?

O’quvchi:Men man bugun navbatchi

Gullarga suv quyuvchi

O’qituvchi:O’quvchilar bugungi texnologiya darsimizni sizlarni guruhlarga bo’lgan holda o’tkazamiz.Qani guruhlar o’zingiz tanishtiring-chi

1-guruh

Ahil guruhimizni

Zukkolar deb atadik

Ollohim baland qilsin

Nomu g’ururimizni

2-guruh

Bo’laylik muruvvatli

Bilimdon o’g’il-qizlar

Atadik chaqqonlar deb

Guruhimizni bizlar

3-guruh

Epchillar deb atadik

Inoq guruhimizni

Ilohim issiq qilsin

Bizlarni yuzimizni

1-guruh

Bu yilning nomlanishi haqida gapiradi

2-guruh

Odob axloq qoidalari

3-guruh

Xavfsizlik qoidalari haqida gapiradi

2.O’tgan mavzu so’ralib vazifalar ko’rib chiqiladi

O’tgan mavzu:

1)”Aqliy hujum”metodi bilan mustahkamlanadi

Savollar:

1.Gazlamalar necha turga bo’linadi?

2.Qanday gazlama tez g’ijimlanadi?

3.Qanday gazlama suvni o’ziga tez oladi?

4.Nima uchun tabiiy gazlama deyiladi?

5.Tabiiy tolalarga nimalar kiradi?

6.Qanday chok turlarini bilasiz?

7.Qaysi chok turidan kundalik hayotda tez-tez foydalanamiz?

8.Qaysi chok do’ppilar tikish uchun ishlatiladi?

9.Qaysi chok bezak sifatida ishlatiladi?

10.Nima uchun zanjir choki deyiladi?

11.Tikuvchilikda qanday asbob va moslamalardan foydalaniladi?

12.Gazlamaning bo’yi va enini qanday aniqlaymiz?

13.Ipak toladan qanday matolar to’qiladi?

14.Nima uchun jun tola deyiladi?

2.”Maqollar zanjiri”o’yinini o’ynaymiz.O’yin shartiga ko’ra mehnat,mehnatsevarlik,hunar haqida maqollarni o’quvchilar zanjirdek uzluksiz aytishlari kerak.Zanjirni uzgan guruh o’yindan chetlashtiriladi.

3.To’qish rebusi

1.Yetti xazinaning biri

2.Respublikamizning nomi

3.Eng sovuq fasl

4.Bu yilgi muchal yili

5.Hayvonlar qiroli

O’qituvchi:Mana o’quvchilar rebusimizda “To’qish” so’zi kelib chiqdi.Bu rebus orqali yangi mavzuni keltirib chiqaramiz.

Bugungi yangi mavzu:To’qish haqida ma’lumot

O’qituvchi:To’qish qadimgi hunarmandchilik turlaridan biri hisoblanadi.To’quvchilik qachon kelib chiqqanligi ma’lum emas,lekin 13-asrda qazilma ishlari shuni ko’rsatdiki shu paytdan to’qish ishlari boshlangan.To’qish uchun bizga kegay,ilgak,ip,qaychi kabi asboblar ishlatiladi.Bugun ilgak bilan to’qish uslubini o’rganamiz.Ilgaklar turlicha bo’lib ular matelldan yog’ochdan plastmasadan yasalgan.Har bir ilgakning o’z vazifasi bo’lib ba’zilari dastro’mol chekkalarini to’qishga mo’ljallangan bo’lsa,ba’zilari mashinalar g’lofini to’qishda,kiyim kechaklar to’qishga mo’ljallangan.Zanjir chokini to’qishda ilgak o’ng qo’lda xuddi ruchka yoki qalam ushlagandek ushlab ilib olinadigan tomoi balandga ham pastga ham emas,balki o’zingizga qarab ushlash kerak.p esa chap qo’lda sirtmoq holatiga keltirilib ilgak mana shu sirtmoq ichidan ip bilan birgalikda chiqarib olinadi.Zanjir chokini to’qish shu tariqa davom ettiriladi.

O’quvchilar zanjir chokini to’qiydilar.O’quvchi birinma-ketin o’quvchilar ishini nazorat qilib boradi.

O’qituvchi:

Mana o’quvchilar zanjir chokini to’qishni ham o’rganib oldingiz.Endi guruhlar zanjir chokini to’qib geometrik shakllarni,ikkinchi guruh 0dan 9gacha bo’lgan sonlarni 3guruh “zanjir”so’zini hosil qilishingiz kerak.Sizlarga vaqt shu musiqa tugashi bilan to’xtatamiz.

Guruhlarni ishlarini nazorat qilib rag’batlantiriladi.

O’qituvchi:

Mana o’quvchilar prezidentimiz bu yilni “Faol tadbirkorlik innovatsion g’oyalar va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash yili”deb e’lon qildilar.Tadbirkorlikimizga keng yo’l ochildi.

“Do’konda  “ metodidan foydalaniladi.

O’qituvchi:

O’quvchilar hozirgi kunda chettillarni o’rganishga katta e’tibor berilmoqda.Bugungi mavzuga oid terminlarni ingliz va rus tillarida ham bilamizmi?

Doskada mavzuga doir so’zlar yoziladi.O’quvchilar tarjima qilishlari kerak.

Qaychi-

Ip-

Ilgak-

To’qish-

Munchoq-   bid

Bugungi darsimizda   “                           “guruhi g’olib chiqdi

4.Baholash

5.Darsni yakunlash

Xush yoqadi hamma vaqt

Rahmat xo’p-xo’p marhamat

So’ngi so’z ham alomat

Xayr bo’ling salomat

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *