“Zumrad –bahor” bo’limi yuzasidan takrorlash.4-sinf o’qish

Картинки по запросу весна картинки

Sana :  17-mart

Sinf: 4                  Fan: O’qish

Mavzu: “Zumrad –bahor” bo’limi yuzasidan takrorlash.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarning “Zumrad –bahor” bo’limi yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash.

Tarbiyaviy: O’quvchilarni mehnatsevarli, vatanparvarlik, ona tabiatga mehr, milliyan’analarimizni hurmat qilish, ekologiyamizni asrab- avaylash ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Bilimlarmi mustahkamlovchi dars.

Dars uslubi: Savol-javob, musobaqa.

Dars jihozi: Darslik, bahor faslini tasvirlovchi rasmlar, Navro’z bayramini bildiruvchi rasmlar, testlar, topishmoqlar, maqollar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. Darsga tayyorgarlik. (Salomlashish.Davomatni aniqlash.Navbatchi axbarotini tinglash) O‘quvchilarni darsga hozirlash.

O’qituvchi:

Har narsadan xabarchi,

Sinfda kim navbatchi.

O’quvchi:

Navbatchi menman ustoz,

Har so’zingiz dilga mos.

So’rang javob beraman,

Hurmatim bildiraman.

Sinfda bugun hamma bor,

Sinf, doska, bo’r tayyor.

  1. Otilgan mavzuni mustahkamlash:

Test.

G’arq pishibdi tut,

Rangi go’yo sut

Ta’mi ham naq bol

Ko’rmaysan zavol.

Terib- terib ye,

Cholga qulluq de,

Shuda bog’bon chol

Mehnati halol.

Bag’ishlar shifo,

Davodan davo.

Gapning sirasi

Tonglar yorug’i

Tuproq shirasi,

Quyosh yallig’i

Shu nuqra tutda.

To’yib- to’yib ye,

Cholga qulluq de.

She’rni yoddan so’rash.

O’tilgan mavzuga oid savol

  • Shoir tutning rangini nimaga o’xshatadi?
  • Bog’bonga nima uchun raxmat aytishimiz kerak?

Navbatchi axbarotidan so’ng.

Sinf o’quvchilari uch guruhga bo’lingan.

  • guruh: Boychechak
  • guruh: Binafsha.
  • Guruh: Moychechak.

Guruhlarni rag’batlantirilishini aytib o’tish.

— Hozir o’lkamizga qaysi fasl?

1-o’quvchi:

Qo’llarida soz bilan,

Gulg’uncha pardoz bilan,

Silkinib parvoz bilan.

Uchib, turna g’oz bilan.

Qadrdon bahor keldi

2-o’quvchi:

Bahorni kuting bog’da,

Bog’ emas dala, tog’da,

Maysa yashnagan chog’da

Qushlar sayrafgan butoqda.

Sevikli bahor keldi.

3-o’quvchi:

Har narsada o’zgarish,

Erib, oqib, jo’nar qish,

Har yonda yashnar turmush,

O’rik gulladi kumush.

Mehnat bahori keldi.

— Bahor qaysi oylarni o’z ichiga oladi?

— Mart, aprel, may oylari

— Demak, bugungi mavzumiz “Zumrad – bahor” bo’limi yuzasidan takrorlash darsi.

— Bahorda qaysi bayramlar nishonlanadi?

— 8-mart xalqaro xotin- qizlar bayrami.

Ona haqidagi she’r.

Qadrdon onajonim,

Sizga fido bu jonim,

Sizla yorug’ jahonim

Tanhosiz mehribonim.

Qoshimdasiz parvona,

Men uchun eng yagona.

Olam ichra bir dona,

Tanhosiz, mehribonim.

G’amginroq bo’lsam goho,

Sirdosh bo’lasiz shu choq,

Xushfel va aqli raso,

Tanhosiz onajonim

O’zingiz mehribonim.

Guruhlardan 1 tadan o’quvchi chiqib, onaga ta’rif beradilar.

Guruhlar esa maqolni davom ettirib, yozadilar.

G’olib guruh rag’batlantiriladi.

  • Bahorda birinchi bo’lib qaysi gul ochiladi?

Mana bunday shakldagi gul barglariga: bahorda qilinadigan ishlar, bahorda tabiat o’zgarishi, bahordagi tabiat hodisalarini yozib yopishtiradilar.

1 daqiqa vaqt beriladi. G’olib guruh rag’batlantiriladi.

1-o’quvchi:

Bahor yeli uyg’otdi,

Tabiatni uyqudan.

Chaqaloqdek shod, ma’sum,

Bosh ko’tardi, uyqudan.

2-o’quvchi:

Yashil sochin silkitib,

So’ng ardorning bekasi.

Ta’zim qildi quyoshga,

Gul bahorning erkasi.  (Boychechak)

3-o’quvchi:

Dala qirga zar sochib,

Quyosh kulib, porladi.

Mehri tortib bizlarni,

Sayohatga chorladi.

  • Bahorda yana qanday bayramlar nishonladi?
  • 21-mart Navro’zu olam

1-o’quvchi:

Bog’lar- daraxtlarniki,

Tog’lar- lolalarniki,

Kim nima desa desin

Bayram bolalarniki.

2-o’quvchi:

Bog’ bahorsiz qolmasin,

To’kmasin tog’ lolasin.

O’zbekiston bag’rida,

Navro’zlar omon bo’lsin.

3-o’quvchi:

Navro’z- Navro’z, Navro’zim,

Sen mening ko’rar ko’zim,

Sen mening aytrar sozim,

Sen mening xuddi o’zim,

Sen mening yorug’ yuzim.

Guruhlardan 1 tadan o’quvchi “Navro’z”ni ifodalab rasm chizadilar.

Dam olish daqiqasi. Harakatli inglizcha ashula.

Hello, hello, hello,

How are you?

I am goode,

I am great,

I am wonderful.

Hello, hello, hello,

How are you?

I am tired,

I am hungry

I am not so good

— Bu yil qaysi yil deb nomlandi?

Ey do’stim bilgin shuni

So’ng yodingda tutgin buni

Rahmat deymiz yurtboshiga

Oilalar tinch yashasin

Doim tinchlik zamon bo’lsin

Mustaqillik abadiy bo’lsin

Ekranda O’zbekiston haqida tayanch sxema qo’yiladi.

— Bo’limdagi qaysi hikoya sizga yoqdi?

O’quvchilar fikri tinglanib, “Yaxshidan bog’ qoladi” rivoyati sahna ko’rinishida qo’yiladi.

 

 

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *