Santimetr yuzasidan bilimlarini mustahkamlash.1-sinf

Картинки по запросу santimetr

Sana: ____________                                SInf: 1                    Fan: Matematika

Mavzu: Mustahkamlash.

Maqsad: a) Ta’limiy.  O’quvchilarga o’tilgan mavzu (santimetr) yuzasidan bilimlarini mustahkamlash.

  1. b) Tarbiyaviy, O’quvchilarga iqtisodiy bilim berish.
  2. v) Rivojlantiruvchi. Mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalarini o’stirish, fanga bo’lgan qiziqishini oshirish.

Uslub: Aralash.

Darsning jihozi: Dars, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar.

Darsning borishi. Tashkiliy  qism

Navbatchi axborotini tinglash.

O’quvchilar uch guruhga bo’linadilar. “Zukkolar”, “Bilimdonlar”, “Topqirlar”

Ular bilan qisqa savol-javob o’tkaziladi.

“Aqliy hujm” asosida o’tilgan mavzular yuzasidan tezkor savollar berilib, olingan bilimlar mustahkamlanadi.

“Zukkolar” guruhiga.

  1. Bu yil nechanchi yil va qanday yil?
  2. Geometrik shakllarni aytib bering?
  3. Kg qanday o’lchov birligi?
  4. 6 bilan 4 ning yig’indisini toping?
  5. Bir yilda nechta fasl bor?
  6. To’rtta tomoni bir-biriga teng bo’lgan shakl nima deb ataladi?
  7. 8 bilan 2 sonining yig’indisini toping?
  8. Bir hafta necha kun?
  9. Noma’lum qo’shiluvchini topish uchun….
  10. Toq sonlarni aytib bering.

“Bilimdonlar” guruhiga.

  1. 8-dekabr sanasida qaysi bayramni nishonlaymiz?
  2. 10 bilan 7 ning ayirmasini toping?
  3. Qo’shishning hadlarini aytib bering?
  4. Ikkitalab sanab bering?
  5. Noma’lum kamayuvchini topish uchun?
  6. 3 bilan 5 sonining yig’indisini toping?
  7. Bir yil necha oydan iborat?
  8. sm qanday o’lchov birligi?
  9. Litr nimalarni o’lchashda ishlatiladi?
  10. Qutida 10 ta tuxum bor edi. Nonushtaga 4 ta tuxum olindi. Qutida nechta tuxum qoldi.

“Topqirlar” guruhiga

  1. 14-yanvar qanday sana?
  2. 3 bilan 6 ning yig’indisini toping?
  3. Ayirishning hadlarini ayting?
  4. Noma’lum ayriluvchini toping?
  5. Oralatib sanang?
  6. Uchburchakning nechta tomoni, nechta burchagi bor?
  7. 6 sonidan keyin keladigan sonni ayting?
  8. 5+1= yig’indisi?

10, 9, 8, sonlarini hosil qilish.

                    

                        Zukkolar                              Bilimdonlar                                Topqirlar.

                             10                                          9                                                   8

 

 

 

Matematik maqollar.

  1. Bir yigitga qirq hunar oz.
  2. Bir yil tut ekkan kishi,

Ming yil gavhar ekasan

  1. Yetti o’lchab bir kes.
  2. Bilagi zo’r birni yiqar

Bilimi zo’r mingni

  1. Birni kessang o’nni ek
  2. Oyning o’n beshi qorong’i bo’lsa

O’n beshi yorug’

  1. Sanamay sakkiz dema

Topishmoq

To’rtta o’rtoq zo’r ishi

Odam olam tashvishi

Har biri xursand etar

Izma-iz kelib ketar.               (Yil fasllari)

O’zi bitta tishi mingta           (Arra)

To’rtdir uning oyig’i

Temir mixli tuyog’i

Manzilga yetishtirar

Toshdan qattiq tuyog’i        (Ot)

Paravozda 4 ta vagon

Bolalar hech bo’lmang hayron

Har vagonda bittadan fil

Jami nechta bo’ladi?            (4ta)

O’ynar uchta qiz bola

Go’yo uchta qiz bola

Go’yo ochilgan lola

Do’stlari keldi 5 ta

Ayt ular bo’ladi nechta?     (8 ta)

Sariq jo’ja iniga

Tashqarida olasi

Nechta bo’lar qo’shilsa

Jo’jalarning onasi             (3 ta)

O’tilgan mavzu: Santimatr

Og’zaki savol-javob o’tkazish

— Santimetr nechta katakka teng?

Samtimetr ikki katakka teng

Samtimetr qanday yoziladi?

— Samtimetr qisqartirib “sm” deb yoziladi, ammo samtimetr deb to’liq o’qiladi.

Samtimetr qanday o’lchov birligi?

Samtimetr uzunlik o’lchov birligi.

Yangi mavzu: Mustahkamlash.

— Topshiriq

berilgan    ____________________ ni

4 sm ga uzaytiring.

_____________________________

— Topshiriq

 

                       

     2+3=5                                                                         6 – 2 = 4  

Masala. Dilshodning 10 ta yong’ogi bor edi. Singlisiga yongo’gidan 6 tasini berdi. Dilshodda nechta yong’oq qoldi?

Yechish: 10 – 6 = 4

Javob: Dilshodda 4 ta yong’oq qoldi.

8-misol.

7 – 2 = 5                     9 – 3 = 6                  6 – 2 = 4                  4 – 1 = 3

4 + 3 = 7                     7 – 4 = 3                  5 + 0 = 5                  3 + 5 = 8

9-topshiriq

8                                        9                                    7

5              3                        5             4                    4              3

Mustaqil ish

?  + 2 = 4                                  9 —   ?  = 8

 

? + 3 = 7                                  7 —   ?  = 4

 

?  + 5 = 9                                  8 —  ? = 2

Masalalar tuzish va yechish

? – 3 = 7                        9 — ? = 7                     ? + 2 = 6

 

Raqamlar haqida she’rlar

  1. Birinchi bo’ling har ishda

Ilg’orlikda o’qishda

  1. Ikki qo’ldan chiqar qars

Ikki olma qilgin dars

  1. Uch og’ayni botirlar

Dushmanni yakson qilar

  1. Yaratganingiz bog’ bo’lsin

To’rt muchaling sog’ bo’lsin

  1. Besh baho a’lo baho

Besh baho dono baho

  1. Bir va beshni qo’shib olti qilamiz

Birchi va a’lochi omon bo’lsak bilamiz.

  1. 7 o’lchab bir kes

Ishning rivojini shunda sez

  1. 2 ta 4 qo’shilgan soni

Hosil bo’lar 8 soni

  1. 8 sal nari yurar

9 tashrif buyurar

  1. O’ng qo’limda 5 barmoq

Chap qo’limda besh barmoq

Ikkalasi 10 barmoq

 

Darsni mustahkamlash

 

Berilgan _____________ ni 2 sm ga uzaytiring ________________________.

 

Baholash. Darsni yakunlash

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *