Dorivor o’simliklar.Tabiatshunoslik

Картинки по запросу dorivor o'simliklar

Mavzu:Dorivor o’simliklar

Darsning maqsadi:

a)talimiy: o’quvchilarning o’simlilar olami haqida tushunchalarini boyitish, dorivor o’simliklar va ularning ahamyati haqida ma’lumot berish;

b)tarbiyaviy: tabiatdagi dorivor o’simliklar va ularni asrashga o’rgatish, ulardan o’rinli foydalanishga undash;

  1. d) rivojlantiruvchi: dorivor o’simliklardan olinadigan mahsulotlar haqidagi bilimlarni rivojlantirish;

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Darsda foydalanilgan metodlar: “Orzular kemasi”, Grafik test, hikoya,savol-javob, munozara, tarmoqlash, ko’rgazmali.

Darsda foydalanilgan jihozlar: kompyuter, epoproektor,multimedia ilovalari,       tarqatmalar,darslik,mavzuga oid ko’rgazmalar.

                                                 Darsning borishi        

  1. Tashkiliy qism:

O’qituvchi: “O’quvchilar omonmisiz, bugun darsga tayyormisiz”.

O’quvchilar: “Biz hammamiz omonmiz, bugun darsga tayyormiz”.

O’qituvchi:  Sinfda kim navbatchi? Har narsadan xabarchi.

Navbatchi o’quvchi axbaroti tinglanadi.

O’qituvchi: Bugungi darsimizni prizidentimizning imtiyozli beriladigan kriditlaridan olib sinfimizda issiqxonalar barpo etamiz va shu issiqxonalarda pomidor va bodringlar yetishtiramiz . Dars davomida qani kim ko’p hosil yig’adi, ko’p hosil yig’gan o’quvchi sifning eng tadbirkor va boy o’quvchisi bo’lib hisoblanadi. G’olig o’quvchi dars oxirida Mustaqilligimizning 25 yillik   ko’krak nishoni bilan taqdirlanadi. Deb e’lon qiladi va hosil yig’ish boshlanadi. Tashkiliy qismga ishtirok etgan o’quvchilarga hosil beriladi.

  1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

O’tilgan mavzu “Orzular kimasi” metodi orqali mustahkamlanadi. Maskur metodda o’quvchilarga tarqatmalar tarqatiladi.

1.Biz o’tgan tabiatshunoslik darsida qaysi mavzu bilan tanishgan edik?

3.Nima uchun ular manzarali daraxtlar deb ataladi?

4.Ularning qanday ahamiyati bor?

  1. Manzarali o’simliklar asosan qayerlarda ekiladi?

Usbu savollarga javob berish orqali o’quvchilar bilan “Orzular kemasi”ni doskada jonlantiramiz va shu kema orqali o’quvchilar bilan birgalikda yangi mavzuga suzib boramiz . O’quvchilar bugungi mavzumiz Dorivor o’simliklar deb oquvhilarga e’lon qilinadi va o’quvchilar daftarlariga mavzuni yozadilar.

III. Yangi mavzu bayoni.

O’simliklarning turi juda ko’p . Tabiatda har birining o’z o’rni va ahamiyati bor. Mevali va manzarali o’simliklar qanchalik qadirli bo’lsa, dorivor o’simliklar ham katta ahamiyatga ega. Qani ayting-chi, qaysi o’simliklarni dorivor devish mumkin? Siz dorivor o’simliklardan qaysilarni bilasiz?

   Shu yerda multimediali animatsiya namoyish etiladi.

Bu o’simliklar shifobaxshligi bilan qadirlanadi.

Ibn Sino bobo- ulashar davo. Tabobat ilmining sultoni Ibn Sino bobomiz tabiatda mayjud bo’lgan giyohlarning dorivorligi, shifobaxshligidan foydalanib, kishilarni davolagan. Davolash usullarini kitoblarda yozib qoldirgan.

Kitobda berilgan dorivor o’simliklar bilan o’quvchilar tanishtiriladi.

Qadimdan xalqimiz shifobaxsh giyohlardan davolanish maqsadida foydalanib kelishgan. Hozirgi davrda ham dorixonalarda dorilarni tayyorlashda turli dorivor o’simliklardan foydalaniladi. Dorivor o’simliklar ko’proq ariq bo’ylarida, dala va bog’larda, tog’ etaklarida, qir-adirlarda o’sadi Quyida ularning ayrimlari bilan tanishb chiqamiz.

     Yalpiz: Yalpiz erta bahorda ariq boylarida o’sib chiqadi. Erta bahorda odam organizmi shifobaxsh ko’katlarga ehtiyoj sezadi. Xushbo’y yalpiz qoshib tayyorlangan taomlar salomatlik uchun foydali.

Yalpizdan tayyorlangan damlama yoki bargidan olingan shira bod, teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

Jag’jag’:  Jag’jag’ ham erta bahorda o’sib chiqadi.   U, odatda, dalalarda bo’ladi. Jag’jag’ chuchvara, somsaga solib iste’mol qilinadi. Damlamasi odamning ichki a’zosidan ketadigan qonni to’xtatishga yordam beradi. Bunday damlama boshqa ko’pgina kasalliklarga ham davo bo’ladi,

Isiriq qir-adirlarda o’sadi, yoqib tutatilsa, tutunidan kasallik tarqatuvchi mikroblar nobud bo’ladi. Isiriqdan tayyorlangan damlama  bod, bezgak, tutqanoq, uyqusizlik, shamollash kabi kasalliklarga davo bo’ladi.

Na’matak ko’proq tog’ yonbag’irlarida o’sadi. Mevasi vitaminga juda boy. Uning damlamasi isitma tusurishga, og’iz bo’shlig’ yaralarga davo bo’ladi. Na’matak mevasidan tayyorlangan damlamalar yurakni quvvatlantiradi.

Darslikda  keltirilga dorivor o’simliklardan tashqari quydagi o’simliklar  bo’yicha ham suhbat o’tkaziladi.

Qir- adirlarda, yaylovlarda, dalalarda o’sadigan ismaloq yalpiz kabi vitaminlarga boy bo’lib, uni iste’mol qilishadi. Tog’li o’lkalarda o’sadigan kiyiko’tdan damlab ichilgan choy qon bosimini pasaytiradi, yurak sanchishiga, qand kasalligiga davo bo’ladi.

Dala va yaylovlarda o’sadigan rovoch novdasini shimilsa oshqozon yarsi, buyrak kasalligiga davo bo’ladi. Ildizining qaynatmasi ham ko’p kasalliklarga davodir. Rovoch ildizidan olib ekiladi va ko’paytiriladi.

Qichitqi o’t bargaining damlamasi burundan qon kelishi, bezgak, bod kasalliklariga davo bo’ladi, buyrakka kelgan toshni tushirushga yordam beradi.

Qoqio’ tanasidagi sut kabi shirasi ko’zga oq tushishi va jigar og’rishiga, ildizi va bargaining damlamasi buyrak, o’t  kasali, me’da yalig’lanishiga davo bo’ladi.

Damlamasi bilan og’iz chayilsa, milkni davolaydi.

Zira taomni, ayniqsa, polov va kabobni xushbo’y qiladi. U ichak va jigarga davo bo’ladi.

Otquloq ildizi va mevasining qaynatmasi, bargaining shirasi, milk kasali va boshqalarga davo bo’ladi.

Petrushka ildizi va mevasining  damlamasi buyrakda qovuqdagi toshni eritishga yordam beradi, jigar kasaliga davo bo’ladi.

   Amaliy ish.

1.Isiriqning qurigan tupini, kashnich va na’matak  mevalarini  ko’zdan kechiramiz.  Isiriqdan qaynatma, kashnich urug’i  va na’matak mevasidan  damlama tayyorlaymiz.

  1. Tayyorlangan qaynatma va damlanadan tatib ko’ramiz. Ular qanday kasalliklarga davo bo’ladi?
  2. I Yangi mavzuni mustankamlash :

O’rganilgan mayzuni mustahkamlash uchun “Men kimman ” o’yini o’tkaziladi. Bir o’quvchi doskaga chiqadi, uning boshiga o’simlik rasmi qo’yib, bolalarga ko’rsatiladi. O’quvchilar bu o’simlikka ta’rif beradilar. O’quvchi uni qaysi o’simlik ekanini topadi.

Masalan: yalpiz.

1)Sen erta bahorda chiqasan.

2) Sen ariq bo’ylarida o’sasan.

3) Sen juda xushbo’ysan .

4) Sendan somsa, chuchvara qilish mumkin.

5) Choy damlab ichish mumkin.

6) Quritib turshakka solib qo’ysa hasharotar yaqinlashmaydi. Vahokazolar orqali o’quvchi o’zining  kimligini bilib oladi. O`yin shu tariqa davom etadi.

Grafik test orqali barcha oquvchilar ballanadi.

  1. Qaysi dorivor o‘simlikning barglari odamning yara, kuygan yoki ari chaqqan joyiga qo‘yiladi?
  2. a) zubturum; d) qoqi o‘t;             e) sachratqi.             b) yalpiz;
  3. Giyohlardan malham tayyorlagan alloma?
  4. a) Al Buxoriy; b) Ibn Sino         d) Mirzo Ulug‘bek   e) Bobur.
  5. Qaysi o‘simlik qon bosimini pasaytiradi?
  6. a) otquloq    b) qoqi o‘t     d) kiyik  o’t    e) zira.
  7. Yalpiz qanday o‘simlik?
  8. a) manzarali     b) xushbo‘y;         d) yovvoyi.            e) dorivor;
  9. Og‘izdagi yoqimsiz hidni ketkazishda yordam beruvchi o‘simlik?
  10. a) isiriq; b) yalpiz; d) kashnich;    e) maymunjon.
  11. Na’matak ko‘proq qayerlarda o‘sadi?
  12. a) gulzorda;          b) tog‘ yonbag‘irlarida;         d) dalada;         e) hovlida.
  13. Isiriq qayerda o’sadi
  14. a) cho’l, qir adirlarda b) tog’larda         d) xiyobonlarda                   e) bog’larda

Maskur grafik testni yechishda o’quvchilarga eng yaxshi ko’rgan rangli qalamni olish buyuriladi va o’quvchilar sevimli rangli  qalamlari bilan javob varaqani bo’yab shakl hosil qilishlari lozm.

Yechilgan testga orqali o’quvchilarning qanchalik yangi mayzuni tushungan tushunmaganliklari haqida bilib olish mumkin va shu bo’shliqlar orqali tushunmagan savollarga javoblar berish mumkin.

Mana shu yerda o’quvchilar toplagan hosil sanab chiqiladi va g’olib oquvchi ko’krak nishoni bilan taqdirlanadi.

Darsda faol qatnashgan, hosilni ko’p yig’gan o’quvchilardan yig’ilgan mablag’ga nima qilishlari so’raladi . Mustaqil O’zbekistonimizni yanada gullab yashnashi uchun siz yig’gan mablag’ingizdan Vatanimizni gullab yashnashi uchun nima qilmoqchisiz ? degan savol bilan o’quvchilarning fikri tinglanadi.

1.Bugungi darsimiz boshqa darslarimizdan qanday farqlandi?

  1. Bugungi darsning biz uchun qanday ahamiyati bor deb o’ylaysiz?
  2. Dars sizga yoqdimi?
  3. O’quvchilar bilimini baholash.
  4. Uyga vazifa: Mavzuni o’rganib, dorivor o’simliklar haqida o’qib, rasmini chizib kelish.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *