“Dunyoni saqlar bolalar” she’ri.3-sinf

Картинки по запросу deti держит землю

Dars: O`qish

Sinf: 3-“A” sinf

  1. “Dunyoni saqlar bolalar” she’ri. Kavsar Turdiyeva.
  2. Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad:

O`quvchilarga she’r mazmuni haqi1da tushuncha

berish; bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish.

  1. b) tarbiyaviy maqsad:

O`quvchilarni do`stlik, ahillik ruhida tarbiyalash;

  1. d) rivojlantiruvchi maqsad:

O`quvchilarni ifodali o`qish malakalarini

rivojlantirish.

  1. Metod: Tushuntirish, “Aqliy hujum”

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Dars jihozi: Darslik, kartotekalar, rasmlar.

Dars qismlari:

Tashkiliy qism (5 min)

Sinfga kirib o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

O`qituvchiQuvnoq zukko o`quvchim

Siz baxtimsiz quvonchim.

Shaymisiz sabog`imga

Kelajagim ishonchim.

O`quvchilar: 

Biz quvnoqmiz, zukkomiz

Yayrab bilim olamiz

Sabog`ingizni tinglab

Ishonchingiz oqlaymiz.

O`qituvchi:    Qani ayting bolalar

Kim navbatchi bo`ladi

Bugunning hisobini

Menga aytib beradi.

So`zlang hozir qaysi dars

Tayyormisiz saboqqa

A’lo baho olishchun

Aniq to`g`ri javobga.

 

Navbatchi axboroti tinglanadi.

Demak siz darsga tayyorsiz.

  • Biz qaysi bo’limni boshladik”
  • Vatan himoyachilar bo`limini.
  • Bizning Vatanimiz qayer?
  • O`zbekiston.
  • Poytaxti-chi?
  • Toshkent
  • Vatan deganda nimani tushunasiz?
  • Vatan bu tevarak olam-bepoyon dalalari
  • Vatan haqida she’r (Nurmuhammad)
  • Vatan haqidagi maqollar:
  • Davlat: Bulbul chamanni sevar

Odam Vatanni

Maftuna :  O`zga yurtga shoh bo`lguncha

O`z yurtingda gado  bo`l.

Alisher:       Vatanni sotgan er bo`lmas.

Shaxroz:      Ona yurrting ona beshiging.

O`tilgan mavzu: “Bugun bolasiz ertaga askar bo`lasiz”

Savol – javob o`tkaziladi.

  • Suhbatdan nimani bilib oldingiz?
  • “Bola boshidan” iborasi kimning nutqida uchraydi.
  • Mardlar maktabi deganda nimani tushunasiz?

Sinf o`quvchilari guruhlarga bolinadi.

Yangi mavzu. “Dunyoni saqlar bolalar” she’ri.

  Ko`zlar bilan, dostlar bilan,

Sizlar bilan dillashaylik,

Mehr bilan, sog`inch bilan,

Quvonch bilan birlashaylik.

Naqarot

Dunyoni poklar bolalar

Ishonchni oqlar bolalar,

Tinchlikni yoqlar bolalar,

Quvonchni xohlar bolalar

Ishongan bog`lar bolalar

Suyangan tog`lar – bolalar

Kelajakning iplariga

Umidni bog`lar bolalar.

 

O`quvchilarga mustaqil o`qish topshiriladi. Navbat bilan o`qitiladi.

Dam olish daqiqasi (lirik chekinish)

MUHAMMAD YUSUFning “Vatanim” she’ri. Mansurov Davlat

MUHAMMAD YUSUFning “Yurtim ado bo`lmas armonlaring bor” she’ri. Maftuna.

Yana o`qish davom ettiriladi.

Guruhlar o`rtasida bir savolga bir javob.

(I — GURUH)

  1. Qaysi hasharot eng kam umr ko`radi? (kapalak)
  2. Eng katta suv hayvoni? (akula)
  3. Eng katta uch xonali son? (999)
  4. Qo`rqoq hayvon? (quyon)
  5. Respublikamizdanechta viloyat bor? (12 ta)
  6. Buyuk ajdodlarimiz kimlar? (………..)
  7. Qaysi hayvon soqoli bilan tug`iladi?
  8. Qachon odam soatga qaramaydi?
  9. Lotin alifbosida nechta harf bor?
  10. Qishda qaysi hayvon ko`p uxlaydi?
  11. Unli harflar nechta?

(II — GURUH)

  1. Til haqidagi qonun qachon qabul qilingan?
  2. O`zbek tiliga kim asos slogan?
  3. 8-dekabr qanday kun?
  4. Konstitutsiyaning qaysi moddasi bilim olish haqida?
  5. Qishning bayramlarini ayting.
  6. Toshkent qadimda nima deb atalgan?
  7. Donishmand cholning nechta o`g`lib or?
  8. Cho`pon yigit kim?
  9. Mehnatkash qiz kim? U nima tikdi?
  10. Qattiq holatdagi suv?
  11. 14-yanvar qanday kun?

(III- GURUH)

  1. Bayrog`imizda necha xil rang bor?
  2. Bayroqda nechta yulduz bor?
  3. Davlatimiz ramzlarini ayting.
  4. Prezidentimiz kim?
  5. Maktabimiz nomeri necha?
  6. Yangi binomiz necha o`rinli?
  7. Bir yilda nechta fasl bor?
  8. Navro`z bayrami qachon nishonlanadi?
  9. Qaysi joyda osmon pastda bo`ladi?
  10. Partadoshingizni ismi?
  11. Daryoda qanday tosh bo`lmaydi?

Darsda musiqiy chekinish.

Dars mustahkamlanadi.

Savol-javob asosida o`tkaziladi.

Baholash.

Vazifa. She’rni ifodali o`qib kelish.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *