Fan:O’qish
Sinf: 4
Mavzu: Kitobga ixlos
. Darsning maqsadi:
- O‘tmishdagi vatanparvar olimlarimizdan Abu Ali ibn Sino hayoti bilan tanishtirish , uning kitobga bo‘lgan muhabbatini o‘quvchilar qalbiga ko‘chirish.
- O‘quvchilarda ajdodlarimiz bilan faxrlanish hissini tarbiyalash.
- O‘qish ko‘niklamalarini takomillashtirish, o‘quvchi nutqiga istilochi, Xusayn, mutolaa, yarog‘ kabi so‘zlarni kiritish, qayta hikoyalash asosida bog‘lanishli nutqini o‘stirish.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi , hikoya o‘qish darsi.
Dars shakli. Sayohat darsi.
Dars metodi. Izohli o‘qish, suhbat, tarmoqlash, mustaqil ish metodi.
Dars jihozi. Buxoro, Samarqand, Registon maydonlari suratlari, Abu Ali ibn Sino rasmi. Ibn Sinoning gaplari yozilgan plakatlar, asar mazmuniga ishlangan rasm.
Darsning borishi
I Tashkiliy qism:O‘quvchilar bilan salomlashiladi, davomat aniqlanadi.
- Yangi mavzu bayoniga tayyorgarlik.
O‘tilganlar yuzasidan qisqacha suhbat.
- O‘qish darsida qaysi mavzudagi bo‘limlarni o‘rgandik?
- «O‘zbekiston – Vatanim manim » bo‘limida qanday bilimlarga ega bo‘lgan edik? ( O‘zbekistonning tabiatini, xalqimizning hozirgi hayotini bilib olgan edik.)
III. Yangi mavzu bayoni:
Bugun biz Vatanimizning o‘tmishiga sayohat qilamiz. Doskaga «Vatanimiz o‘tmishidan» mavzusi yozib qo‘yiladi. Sayohatchilar ikki guruhga bo‘linadi va ularga sardor tayinlanadi. Bugungi sayohatimiz Buxoroga bo‘ladi. Sayohatchi guruhlar bir necha tilsimlarni yechib, zinalardan shohsupaga chiqsa, Buxoro darvolazalari ular uchun ochiladi:
Savol-topshiriqlar yozilgan kartochkalar solingan konvertlar guruh sardorlariga beriladi.
- Tarixda yashagan buyuk olimlar, sarkardalar, shoir yozuvchilar nomini ayting.
- Buxoroda qaysi buyuk shaxslar yashagan?
- Buxoroda qanday tarixiy binolar, joylar bor?
Mana, Buxoro tarixida yashab o‘tgan olimlar haqida ma’lumot beruvchi muzey.
Hozir Ibn Sino uchun ajratilgan xonaga kiramiz. Devorga ilib qo‘yilgan Ibn Sino portreti va u haqidagi yozuvlarga o‘quvchilar e’tibori qaratiladi va o‘qitiladi.
O‘qituvchi: hozirgi kunda yashab ijod etayotgan yozuvchilarimiz ham Ibn Sino haqida asarlar yozishmoqda.
Hozir kitob javoni oldiga boramiz. (Javonga Mirkarim osimning “ Kitobga ixlos” asari kitobcha shakliga keltirib qo‘yilgan bo‘ladi. Kitob rasmlar bilan bezatilgan bo‘lishi lozim. ) Javondan shu kitob olinadi: — Bolalar , shu kitobdagi asarni o‘qiymiz. Qani , bu kitobda Ibn Sino haqida nimalar deyilgan ekan?
O‘qituvchi asarning 1-bo‘limini ( bir darsga mo‘ljallangan) ifodali qilib o‘qib beradi.
Asar yuzasidan kirish suhbati.
Endi «So‘zlar olamiga sayohat»imizni boshlaymiz.
O‘quvchilar bilan og‘zaki suhbatidan so‘ng , quyidagi so‘zlar lug‘ati yozilgan karton doskaga ilib qo‘yiladi. O‘quvchilar so‘zlarni o‘qiydilar va daftarlariga yozib oladilar. Ularning ma’nosini darslikdagi izohli lug‘atchaga qarab aniqlaydilar. Ayrimlarini o‘qituvchidan so‘raydilar.
Qorabug‘raxon – Shimoliy Turkiston xoni
Suron – shovqin, to‘polon
Zayl – biror joyni tomosha qilish Mutolaa – o‘qish, kitob oq’ish
Yarog‘ – qurol Istilochilar – bosqinchilar.
Kim so‘z ma’nosini tog‘ri yozib borsa, shu sayohatchiga Ibn Sino kutubxonasiga kirishga, «Kitobga ixlos» asarini olib o‘qishga ruxsat beriladi.
Asarni qismlarga bo‘lib o‘qitish va qayta hikoyalatish. Asarning 1-bo‘limi 4 qismga bo‘linadi. Ikki guruhga o‘rtasida “Kim tog‘ri, va ifodali o‘qiydi?” musobaqasi uyushtiriladi. Har bir guruhdan ikkitadan o‘quvchi o‘qiydi.
Badiiy vositalar ustida ishlash.
Kartonga quyidagi ko‘chma ma’noli so‘zlar yozib qo‘yiladi. Ularning ma’nosini izohlash bo‘yicha savol-topshiriqlar beriladi.
Birikmalar o‘qing. Tagiga chizilgan so‘zlarning ma’nosiga diqqat qiling. Ularning qaysi ma’noda qo‘llanganini izohlashga harakat qiling.
Olovning qip – qizil tillari – gurulab yonayotgan olovning yuqoriga buralab – buralab ko‘tarilish
Olovning … tillari osmonni yalar – baland ko‘tarilar
O‘zini o‘tga urmoqchi – olovning ichiga kirmoqchi
O‘quvchilarga yordam brish maqsadida shu so‘zlarni o‘z ma’nosida qo‘llab , taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin:
Olovning tili – odamning tili
Odam tili bilan yalaydi – olov tili bilan osmonni yalaydi
O‘tga urmoqchi – bolani urmoqchi
Qysi birikmada til, yalaydi, uradi so‘zlari o‘zining ma’nosida qo‘llangan? Qaysi birikmada ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
Iboralar ustida ishlash. Bunda quyidagi topshiriq beriladi:
Berilgan gaplarni o‘qing, tagiga chizilgan iboralarning ma`nosiga diqqat qiling. Ularni
bir so‘z bilan almashtirish mumkinmi? Yoki: ularning ma`nosini boshqa so‘z bilan
ifodalash mumkinmi?
Askarlarning suroni quloqni qomatga keltiradi. — qattiq eshitiladi
Kechasi uyqusi kelib, ko‘ziga qum tiqila boshlaganda… hovliga tushdi.-Ko‘zi og‘riy
boshlaganda , uyqusi kela boshlaganda Ba`zilar mehnati bekorga ketayotganini ko‘rib, qo‘llarini qo‘ltiqqa urdilar-
…ko‘pchilikning hafsalasi pir bo‘ldi – ishini to‘xtatdi
…kiyimi bilan o‘zi yonib ketishi turgan gap edi. – aniq edi. Oxiri baxayr bo‘lsin-
yaxshilik bilan tugasin.
…nima to‘g‘risida bosh qotirayotganini bilib turibman-
o‘ylayotganini
Bul yerda qolsam bir kuni meni chaqirib , oyog‘imga bolta uradilar – yo‘q qiladilar
Reja tuzish. Asar mazmuni yuzasidan reja tuzish har bir guruhda mustaqil ish qilib beriladi.
Topshiriq. Matnni ichingizda o‘qing. Har bir qismga reja tuzing.
Reja.
- Qorabug‘roxonning xalq boshiga qora kunlarni
- Ibn Sinoning tungi mashg‘uloti.
- Kutubxona o‘t ichida.
- Ibn Sinoning uyga qaytishi.
Har bir reja asosida asarni qisimlarga bo‘lib o‘qish.
Reja asosida qayta hikoyalash. Guruhlar o‘rtasida “Kim reja asosida to‘liq va izchil qayta hikoyalaydi?”musobaqasi uyushtiriladi.
G‘olib guruhlar va ularning ballari e’lon qilinadi.
- Darsni yakunlash va tarbiyaviy xulosa chiqarish.
— Kitoblarni nima uchun bilimlar koni deymiz?
— Kitob o‘qigan odam undan nima oladi?
— O‘zingiz o‘qigan kitoblar haqida gapiring.
Sayohatimiz Ibn Sino kutubxonasida to‘xtaydi. Keyingi darsda yana sayohatimizni davom ettiramiz.
O‘qituvchi: — Ibn Sino bobomiz sizda qanday taassurot qoldirdi?
Sizda nimaga intilish paydo bo‘ldi?
- O‘quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
- Uyga vazifa. Keyingi sayohatga borish uchun 1-bo‘lim yuzasidan darslikda birilgan savol-topshiriqlarga javob tayyorlab kelish. Asar mazmuni yuzasidan savol tuzib, kartochkalarga yozib kelish. Matnni rollarga bo‘lib o‘qishni mashq qilish.
Izoh, “Kitobga ixlos ”asarining 2-bo‘limi ham shu dars kabi taskil etiladi.