Harfli ifodalar.2-sinf matematika

Картинки по запросу harfli ifodalar

Mavzu:Harfli ifodalar.

Darsning maqsadi:                                      ta’limiy maqsad:O’quvchilarga harfiy

Ifodalarni o’rgatish,a=6, a=12bo’lsa, a+8

Ifodaning qiymatini toppish, qo’shish va

ayirish yuzasidan   egallagan  bilimlarini

mustahkamlash.                                          Tarbiyaviy maqsad:                                   bir-biriga yordam berish,hoziirjavoblik,har

bir muammolarni ahillik bilan hal qilish

fazilatlarini tarbiyalash.                                   Rovojlantiruvchi maqsad:                        o’quvchilarni mantiqiy va   fikrlash

qobliyatini o’stirish

Dars turi:                                                   yangi tushuncha bilimlarini shakllantirish.

Dars metodi:                                            suhbat, savol-javob,test topshiriqlari

guruhlarda ishlash.                                         Dars jihozi:                                               darslik, mavzu asosida tayyorlangan

slaydlar,tarqatma materiallar,AKT                     Darsning borishi

I.Tashkiliy qism.

Salomlashish, navbatchi axbarotini tinglash,o’quvchilarning darsga tayyorligini kuzatib, uyga vazifalarini tekshirish va tahlil qilish.

II.Otilgan mavzuni mustahkamlash. O’quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.

O’qituvchi:

Qo’limda bor besh olma

Yana qo’shdim beshtasin

Singlim shoshib uzatdi

Qo’lidagi olmasin.

Zimdan boqib qarasam,

Olmalarim soniga

Jami bo’pti o’ttizta

Aytingchi o’quvchilar singlim nechta olma beribdi?

5+5=10          30-10=20ta

III.Yangi mavzuni bayoni.

O’quvchilarga harfli ifidalar mavzusi “Rolli o’yin’’ va Aqliy hujum’’ metodi orqali tuhuntiriladi.Doskada uch o’quvchi chiqadi, ikki o’quvchining qo’liga sonlar yozilgan karochkalar, bir o’quvchining qo’liga esa qo’shuv belgisi (+) beriladi.Masalan,(25,5,+) o’quvchilar sonly ifoda tuzib ,25+5 ko’rinishda turadilar.Partada o’tirgan o’quvchilar ifodani o’qib qiymatni topadilar.(30) Yana bir o’quvchi diskaga chiqarilib, qo’liga raqamli kartochka beriladi (masalan,70)va 7 raqamini ushlab turgan o’quvchi oldiga turadi ‘’7’’raqai va ‘’+’’ishorasini ushlab turgan o’quvchilar bir qadam oldinga chiqadilar.Endi bu sonli ifodani o’qib, qiymati topiladi(70+7=70).Sonli fodalarning o’xshash va farqli tomonlari tushuntiriladi. Ifodalarda irinchi q’shiluvchi o’zgarmadi,+belgisi ham o’zgarmadi, faqat ikkinchi qo’shiluvchi o’zgardi. So’ng yana bir o’quvchi doskada chiqariladi,qo’liga harfli kartochka beriladi (masalan, a)va u 7va70 raqamini ushlab turgan o’quvchilar yana bir qadam oldinga chiqadi.

O’qituvchi: Bu qanday ifoda? Sonli ifoda bo’la oladimi?Nima uchun?

O’quvchilar:Bu yerda birinchi qo’shiluvchi son, ikkinchi qo’shiluvchi harfdir.

O’qituvchi:Harf nimani bildiryapti?

O’quvchilar:Harfning orqasida sonlar turibdi.harf shu sonlarni bildiryapti.

O’qituvchi: -Demak ,bu ifodani “Harfli ifoda”deb nomlaymiz.Harfli ifoda har bir harf uning o’rniga qo’yish mumkin bo’lgan sonlarni nazarda tutadi.

Endi darslikning 87- betiga rasm asosida suhbat quramiz. Mavzu ekran orqali tushuntiriladi.

Matematikada “darchalar” o’rniga kichik lotin harflar qo’yiladi. Ularning o’qilishi  va yozilishi quyidagicha:

Masalan:a harfi “a” deb, “b” harfi :”be” deb, k harfi “k” harfi “ka” deb o’qiladi.

Demak, a=9, a=8, bo’lsa, a+7 yoki 7+a ifodaning qiymatini bunday toppish mumkin:

9+7=16 yoki 7+9=16;  8+7=15yoki 7+8=15.

Agar a=6, a=12 bo’lsa, a+8 ifodaning qiymatini toping;

Namuna:6+8=14;  12+8=20.

2-masala jadval asosida tushuntiiladi.

Yechish

Keltirildi- 43 mashina.

1-kun tamirlandi-20ta m.

2-kun  ta’mirlandi-12ta mashina.                                                                                     Yana ta’mirlashi kerak -? ta mashina

Yechish:43-(20+12)=43-32=11

Javob:11ta mashina ta’miranishi kerak.

3-misolni o’quvchilar ‘’zinama –zina’’o’yini orqali doskada bajaradilar

18+5=23                                     32-15=17

32-5=27                                      52-25=27

17+28=45                                    87+13=100

17+43=60                                    76+24=100

Dam olish daqiqasi.

Hil- hil pishib oq shaftoli,

Shoxda turar toq shaftoli.

O’ktam to’rtta yepti kecha,

Qani toping bari nechta

Ali tutdi sakkiz sazan,

Vali ham shuncha qarang.

Botir tutdi etti laqqa,

Nechta baliq chiqdi qirg’oqqa?

4-topshiriq og’zaki bajariladi. Har birida nechtadan shakl borligi topiladi.

IV Yangi mavzuni mustahkamlah.

5-misol.Bunda kubiklardan foydalanamiz.

Kubiklarda ko’rsatilgan sonlardan ifoda tuziladi.

76va4, 37 va 53, 28 va 5 sonlarining yig’indisi.

42va 5, 32va 15, 38va 30 sonlarining ayirmasi.

Guruhlarda ishlash.

1-guruh:

a=16, a=48,bo’lsa, a=82, a+6 ifodaning qiymatini toping?

16+6=22                      48+6=54              82+6=88

2-guruh:

b=24, b=44, b=54,bo’lsa,b-100ifodaning qiymatini toping?

100-24=76                   100-54=46             100-44=56

O’quvchilar rag’batlantiriladi.

Ikkinchi topshiriq beriladi. Test.

1.Birinchi kun zavoddan 30 ta mashina kltirildi. Ikkinhi kun, birinchi kunga nisbattan 25ta ortiq mashina keltiririshgan. Ikki kunda nechta mashina keltirilgan?

a)85 ta

b)75 ta

c)54 ta

2.Bor edi 75kg kartosha.Ishlatildi 25 kg kartoshka. Qoldi necha kg kartoshka?

a)40kg

b)50 kg

c)45 kg

3.Bir to’pda 80 metr mato bor edi.Undan 35 metr mato qirqib olindi . to’pda necha metr mato qoldi?

a)35 m

b)45 m

c)55 m

4.a=25, a=89 bo’lsa, a-14 ifodaning qiymatini toping?

a)11,75.

b)12,76.

c)13,75.

5.b=82, b=36 bo’lsa b+18 ifodanong qiymatini toping?

a)100,53.

b)100, 54.

c)100, 58.

2-guruh;

1.Bir to’pda 80 metr mato bor edi.Undan 25 metr va 15 metr mato ishlatildi.Necha metr mato qoldi?

a)30 m

b)40 m

c)50 m

2.Maktabdagi kashtachilik to’garagiga 68 nafar, musiqa to’garagiga esa 32 nafar o’quvchi qatnashmoqda.Ikkala to’garakda hammasi bo’lib necha nafar o’quvchi qatnahgan?

a)10 nafar

b)100 nafar

  1. c) 90 nafar

3.O’ramda 50 metr sim bor edi.Bir ish kuni davomida simdan bir nech metr qirqib olindi va o’ramda 28 metr  sim  qoldi.O’ramdan necha metr sim qirqib olingan?

a)22 metr

b)23 metr

c)24 metr

4.c=58, c=65bo’lsa c+22 ifodaning qiymatini toping?

a)58,80.

b)65,88.

c)80,87.

5.b=55,b=96 bo’lsa b-100 ifodaning qiymatini toping?

a)44, 4.

b)45, 55.

c)54,35.

O’quvchilar test tophiriqlari tekshirilib, rag’batlantiriladi.

V.O’quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o’quvchil rag’batlantiriladi.

G’olib jamoa taqdirlanadi.

VI.Uyga vazifa

Darslikdagi 6- va 7-misol uyga vazifa qilib beriladi va masala sharti tushuntiriladi.

6-masala.Maktabdagi kashtachilik to’garagiga 58 nafar,musiqa to;garagiga esa 32 nafar o’quvchi qatnashmoqda. Ikkala to’garakka hammasi bo’lib necha nafar o’quvchi  qatnashmoqda?

Kashtachilik to’garagiga-58 nafar  ? nafar

Musiqa to’garagiga-32 nafar

Yechish:58+32=(50+30)+(8+2)=80+10=90

Javob: ikkala to’garakka hammasi bo’lib 90 nafar o’quvchi qatnashmoda.

7-misol:

77-65=12                                84-72=12

32+14=46                               61+15=76

23+45=68                               74+12=86

86-34=52                                54+46=100

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *