0,1,10 bilan ko’paytirish va bo’lish.2-sinf matematika

Картинки по запросу matematika

Dars: Matematika                            Sinf: 2 – sinf

Mavzu: 0,1,10 bilan ko’paytirish va bo’lish

Maqsad: A) 0,1,10 bilan ko’paytirish amallarini bajarish

Malakalarini Oshirish

  1. B) Qiziqarli materiallar orqali o’quvchilar faolligini

oshirish

  1. D) “Bo’g’irsoq”ertagi orqali o’quvchilarni to’g’ri so’z,

zukko, insonparvar bo’lish ruhida tarbiyalash

Jihoz:   Darslik, magnitli taxta, ertak qahramonlarining tasmlari,

test  savollari, tarqatma materiallar

Maqsad:  ertak qahramonlari,tast savollaridan foydalanish, og’zaki

savol  — javob, o’yin.

Darsning borishi :

  1. Uyga berilgan vazifani tekshirish
  2. O’tilganlarni mustahkamlash

Test savollari

. 1. Qovunning og’irligi 3 kg, karamning og’irligi ham shuncha, karamning og’irligini toping.

  1. A) 3 kg B) 6 kg D) 9kg
  2. 99 dan keyin qaysi son keladi?
  3. A) 90 B) 100 D) 98
  4. To’rta burchagi ham to’g’ri bo’lgan to’rtburchak nima deyiladi?
  5. A) Uchburchak
  6. B) Aylana
  7. D) To’g’rito’tburchak
  8. Javonning 1-qatorida 10 ta, 2-qatorida 8 ta kitob bor. Javondan 6 ta kitob olindi. Nechta kitob qoldi?
  9. A) 10 +8=18 ta
  10. B) (10+8)-6=12 ta
  11. D) 8-6=2 ta

“Har bir savolning o’z javobi bor” o’yini o’tkaziladi

  1. Qo’shish amalida ishlatiladigan amal kovponentini ayting

Javob: birinchi qo’shiluvchi, ikkinchi qo’shiluvchi, yig’indi.

  1. Ayirish amalida ishlatiladigan amal komponentini ayting.

Javob: kamayuvchi, ayiriluvchi, ayirma.

  1. Geometrik shakllarga nimalar kiradi?

Javob: uchburchak, kvadrat, to’rtburchak, ko’pburchak.

Dam olish daqiqasi

O’ng qo’limda besh barmoq,

Chap qo’limda besh barmoq.

Ikkalasi o’n barmaoq,

Har birining o’z nomi bor.

Boshbarmoq, bashmaloq, o’rtaterak,

Xo’jaterak, kenja buva.

Hammasi bo’lib on barmoq.

Yangi mavzu:

0,1,10 sonlari bilan ko’paytirish amallarini bajarish mavzusini o’rgatishda “Ertaklar olamiga sayohat”.

“Bo’g’irsoq” ertagidan foydalanib misol va masalalar yechiladi. Bu quyidagicha bajariladi. O’rmon, bo’g’irsoqning yo’li tasvirlangan plokat, chol bilan kampirni tasvirlovchi maket magnit taxtachasiga yopishtipilib qo’yiladi va ertak boshlanadi. Qadim zamonda chol bilan kampir bo’lgan ekan. Ular juda kambag’al bo’lganligi uchun non qilishga qurblari yetmas ekan.

Kunlardan bir kun kampir suprani qoqib, bittagina bo’g’irsoq pishiribdi. So’ngra bo’g’irsoqni sovisin deb deraza oldida qo’yibdi. Bo’g’irsoq o’tirib, o’tirib zerikibdi. So’ng dumalab zinaga, zinadan yo’lakka, yo’lakdan o’rmon yo’liga chiqib     o’zining quvnoq qo’shig’ini aytib ketaveribdi. Uning oldidan quyoncha chiqib qolibdi.

Quyoncha unga: “Men seni yeyman” debdi.

Bo’g’irsoq :”Mayli lekin bir shartim bor.uni bajara olsang meni yeyishing mumkin.” – debdi.quyon rozi bo’libdi

Bo’g’irsoq undan quyidagi misolni yechishni tushuntirib berishni so’rabdi.

786 – misol

1*3=1+1+1=3

1*5=1+1+1+1+1=5

1*a=a

Lekin, quyon o’qimaganligi uchun misolni yecha olmadi.

Misollarni yechish o’quvchilarga topshiriladi.

0*3=0+0+0=0      0*5=0+0+0+0+0=0

A*0=a

Demak, bundan quyidagi qoidani keltirib chiqarish mumkin:

1*a=a                        0*a=0

Yig’indini ko’paytma bilan almashtiring.

0+0+0+0+0+0+0=0

0*7=0

1+1+1+1+1+1+1+1=8

1*8=8

Bo’g’irsoq o’zining quvnoq qo’shig’ini aytib yana yo’lida davom etibdi. Qo’shiqqa o’quvchilar ham jo’r bo’lishadi.

Men bo’g’irsoq, bo’g’irsoq,

Supradadi un – urvag’.

Supurishib oldilar,

Xo’p qaymoqqa qordilar.

Pishirdilar tovada,

Sovutdular havoda.

Qochib ketdim bobomdan,

Qochib ketdim buvimdan.

Qochib ketdim quyondan,

Qochib ketdim bo’ridan,

Qochib ketdim ayiqdan…

U qo’shiqni aytib ketayotgan ekan, tulkiga duch kelib qolibdi.

Tulki ham bo’g’irsoqqa: ”Men seni yeyman” – debdi. Bo’g’irsoq rozi bo’lib shartini aytibdi.

O’quvchilar misollarni og’zaki bajaradilar

Shakldagi ikkita cho’pni shunday olingki, 5 ta shunday kvadrat qolsin.

 

       
     
       

Dars yakuni:

O’quvchilar bilimini baholash, rag’batlantirish. Bo’g’irsoq kabi aqlli va zukko, dono, bilimdon bolishga intilishlari haqida gapiriladi.

Uyga vazifa topshiriladi

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *