Архив за день: 02.04.2018

Muhammad Yusuf tavaludiga atab Buxoro viloyati Romitan tumani 1-umumta’lim maktabi 1-“A” sinf o’quvchilari ijodidan

Shoir hamda sulton

So’zlari dilga malham,

Bilinglar u shoirdir.

She’rlari berar madad,

Tinglanglar u donodir.

Qalbingga gar jo qilsang,

Uning har bir so’zini.

Bo’larsan vataningning

Shoir hamda sultoni.          Qudratullayev Muhammadjon

 Hurmat

She’riyat osmonida porlagan yulduz,

Ruhingiz shod bo’lsin Muhammad Yusuf.

Xalqimning sizgadir hurmati cheksiz,

Ruhingiz shod bo’lsin Muhammad Yusuf.         Qosimov Mironshoh

Amir Temur tavaludiga atab Buxoro viloyati Romitan tumani 1-umumta’lim maktabi 1-«A» sinf o’quvchilari ijodidan

Temur bobomiz

Buyuk davlat qurdirgan bizning Temur bobomiz,

Dunyoga Turkistonni tanitgandir bobomiz.

Kuch-adolatdaligin uqdirgan ham bobomiz,

Vatan-millat sharafin baland qo’ygan bobomiz.

Adolat ehson bilan olamni obod etgan,

Ilm- fan homiysi,bunyodkordir bobomiz.

Amir Temur nomini butun dunyo biladi,

Kuchli sarkarda hamda zukko donishmadligingiz,

Kelajakda munosib,bo’laylik izdoshingiz.      Qosimov Mironshoh

Sarkarda bobom

Amir Temur bobomiz,

Yurt tinchligin o’ylagan.

Boshini mag’rur tutib,

Dushmanga bo’yin egmagan.

Ajdodlarin o’ylagan,

Buyuk sarkarda bobom             Safarova Aziza

Pahlavon

Sizdek pahlavon hech yurtda yo’qdir,

Sizdek qudratli hech qayda yo’qdir.

Sizdan biz o’rgandik kuchli bo’lishni

Sizdan biz o’rgandik dono bo’lishni       Qudratullayev Muhammadjon