O’quvchim Xayrullayev Xurshidbek ijodidan

Amir Temur tavalludiga atab

Yurt sha’ni uning uchun,

Ustun turardi doim.

Kurashda yengilmas-mard,

Yengilar yov va xoin.

Temur nomin oqladi,

Tanildi jahonga u.

Tillarda bo’lib doston,

Manguda qoldi nomi.

Muhammad Yusuf tavalludiga atab

Tuprog’in alishmagan,

Mardlardan qolishmagan.

Yoshlarga bo’lib ibrat,

Yozib hech toliqmagan.

O’rni bilinib qoldi,

She’riyat so’lib qoldi.

Muhammad Yusuf deya,

Barcha ko’zga yosh oldi.

Adashmadik hech sira,

O’g’lon ildam yur qara.

Vatan sendan umidvor,

Loyiq bo’l sen ham unga.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *