Kelajak bizniki. Miraziz A’zam

Картинки по запросу miraziz azam

Mavzu: Kelajak bizniki. Miraziz A’zam

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarning erk, istiqlol, Vatan tuyg’usi kabi bilimlar bilan tanishtirish;

Tarbiyaviy: O`quvchilar qalbiga yurtga muhabbat, ona Vatanga sadoqat, mardlik vatanparvarlik, insoniylik sifatlarini shakllantirish aqlan va jismonan barkamol, ma’naviyati yuksak, komil insonni tarbiyalashga yo’naltirish.

 Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning nutqini o’stirish, ifodali o’qish ko’nikma va malakalarini oshirish.

         Dars rejasi:

  1. O’qituvchining kirish so’zi
  2. Darsning shiori
  3. Guruhlarga bo’lib ishlash
  4. Biz bilgan bilimlar (o’tilgan mavzuni mustahkamlash)
  5. Yangi mavzu bayoni
  6. O’qituvchi tomonidan she’rni ifodali o’qib berish
  7. Mavzuni mustahkamlash (savol-javob usuli)
  8. Umumlashtirish
  9. O’quvchilarni baholash
  10. Uyga vazifa

     Darsning turi:  Yangi bilim beruvchi

Darsning uslubi: Savol-javob, tushuntirish, suhbat, aqliy hujum, guruh bo’lib ishlash, krassvord, klaster.

Darsning  jihozi: mavzuga oid rasmlar, testlar, proyektor, darslik.

Darsning borishi:

  • Bolalar:

Hamma so’zlar ichida

Salom sevgan so’zimiz.

Tilimizni bu so’zga,

O’rgatgan siz o’zingiz.

Bizlar doimo deymiz,

Asslomu alaykum.

Assalomu-alaykum bolajonlar! Darsga hamma tayyormi? Unday bo’lsa darsimizni boshlaymiz.

Bolajonlar hozir darsimiz nima?

  • Bolalar:

Hayotimiz oynasi

Bilimlarning onasi.

Buyumlar durdonasi

Bizga o’rgatgan odob

Bu kitobdir, bu kitob.

O’qish darsida bizlar nimalarni o’rganamiz?

  • Bolalar:

O’qish darsida bizlar

Zavqi-shavqqa to’lamiz

Shoir va yozuvchilar

Ijodini bilamiz

Bolajonlar bugungi  darsimizning shiori nima?

    Oz – oz o’rganib dono bo’lur,

    Qatra – qatra yig’ilib daryo bo’lur  ( A.Navoiy)

Maqsadimiz: o’zaro hurmat, hamkorlikda ishlash, o’qib bilim olish.

Bolalar:

Insonlik burchim mening

O’qib ilm olmoqdir

Ota-onam elimga

Sodiq farzand bo’moqdir.

Barakalla bolajonlar.

1.Tashkiliy qism.

-Hozir o`lkamizda qaysi fasl?

Hozir o’lkamizda qish fasli.

—             Qishda tabiat qanday ko`rinishda bo`ladi?

O’lkamizda dekabr oyida oltin kuz o’rnini qish fasli egallaydi. Bepoyon dalalarni, bog’larni oppoq qor qoplaydi. Hamma yoqda sovuq izg’irin kezadi. Ertalab va kechqurunlari kimdir quloq burunlarni chimchilab, hazil qilgandek tuyuladi.

—         Bolajonlar qishda qanday bayramlarni nishonlaymiz?

8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuni.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1992 yil 8-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan.

 

Ozod, erkinlikning

Ramzi – bu kitob.

Unda aks etgandir

Haq-huquqimiz.

Yo’limiz yoritar

Misoli oftob.

Qo’lda baland tursa

Agar tug’imiz.

 

 31-dekabr Yangi yilni kutib olamiz.

Bu yil Prezidantimiz tomonidan qanday yil deb belgilandi?

Doskaga rasmlar ilib o’quvchilarning so’zlarini to’diraman.

O’quvchilar jo’r bo’lib she’rni aytishadi.

Sening baxt-u iqbolingga

Havas qilsin keng jahon,

Bilimdon, dono, zukko,

Sog’lom o’sgin bolajon.

14- yanvar Vatan himoyachilari kuni. Bolajonlar bu bayramlar haqida nimalar bilasiz?

Vatan himoyachilari Vatanimizning tinch va osuda hayotini, xavfsizligini ta’minlaydilar.


Ko’zga surting Vatan tuprog’in abad,

Mangu nur taratsin ko’k cho’lponlari.

Yo’lingiz yoritsin ko’hna saodat,

Ey ozod gulshanning alp o’g’lonlari.

 

9-fevral bobokalonimiz A.Navoiy va 14- fevral Z.M.Bobur bobomizning tavallud topgan kunlari.

Barakalla bolajonlar!

Bugungi o’qish darsimizni guruhlarga bo’linib olib boramiz.

1-guruh – A.Navoiy

2- guruh – Amir Temur

3-guruh — Zahiriddin Muhammad Bobur

4-gutuh – Abu Ali ibn Sino

Guruhlar o’zlarini tanishtiradilar.

1-guruh:  Biznig guruh nomi buyuk bobomiz  Alisher Navoiy nomi bilan nomlangan. Alisher Navoiy 1441, 9 fevralda tug’ilib – 1501 yil 3 yanvar kuni vafot etgan. Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi bo‘lgan. Uning bizgacha talaygina asarlari etib kelgan.

  1. Besh asrkim nazmiy saroyni

Titratadi zajirband bir sher

Temur tig’i yetmagan joyni

Qalam bilan oldi Alisher


 2-guruh: Biznihg guruh nomi   Zahiriddin Muhammad Bobur

Bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur shoh va shoir sifatida mashhurdir. Bobur yoshligidan qunt bilan ilm organdi, kitoblar o’qidi, she’rlar mashq qildi. Taqdir taqazosi bilan u Hindistonga ketishga majbur bo’ldi va o’sha yerda qudratli davlat tuzdi.

Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidir,

Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidir

Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,

Har kimki, yomon bo’lsa jazo topqusidir.

3-guruh: Biznihg guruh nomi   Amir Temur.

Sohibqiron Amir Temur o’rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, ilm fan va madaniyat rahnamosidir. Amir Temur elimizning asl farzandi, uning chinakam xaloskori, shoni shuhratini jahonga mashhur etgan buyuk siymodir.

Amir Temur bobomiz, mardu jasur bobomiz

Jangu jadallar kechgan, buyuk davlat yurt tuzgan

Abadiy o’chmas nomi, tilimizda kalomi

Unutmaymiz hech qachon, sizni ulug’ bobojon.

4-guruh: Abu Ali ibn Sino

Dunyo tan olgan mashhur olim va tabibdir. O’z davrida tibbiyot bilan shug’ullanib, o’limdan boshqa barcha kasalliklarning davosini topdi. Bu haqida o’zining “Tib qonunlari” deb atalgan kitobini yaratdi. Unda barcha kasalliklarni davolash haqida yozdi. Ushbu asari tufayli Ibn Sino dunyoga Avetsinna nomi bilan mashhur bo’ldi.

Men xalqimning sog’ligini o’yladim.

“Ash – shifo”da tabobatdan so’yladim,

Har bir dardning davosini izladim,

Bu borada “Tib qonunin” yaratdim.

Guruhlar baholanadi.

O’tilgan  mavzuni so’rash

O’quvchilar o’tgan o’qish darsida qaysi mavzu bilan tanishganmiz?

  • O’tgan o’qish darsida “Orzular qanotida” bobiga qarashli, shoir  Rauf  Tolib qalamiga mansub “Biz istiqlol farzandlarimiz” she’ri bilan tanishgan edik.
  • Uyga vazifa nima berilgan?
  • Sherni yod olish. She’rda nima shoir tomonidan nimalar haqida soz yuritilganligini aytishga tayyorlanib kelish topshirilgan edi.
  • Hamma uyga vazifani bajardimi?
  • Barakalla!

Hozir 4 ta guruhga alohida topshiriq berib, uyga vazifani tekshirib olamiz.

Guruh sardorlarini doskaga taklif etiladi. Boshqotirmadagi kalit so’zni topish topshiriladi.

  • 1-guruh “Biz istiqlol farzandlarimiz” she’rini ifodali qilib yoddan aytib beradi.
  • 2- guruh She’r yuzasidan berilgan savollarga javob beradi.
  • 3-guruh Tarmoqlash usuli bilan “Istiqlol farzandlari” qanday fazilatlarga ega bo’lishlari lozimligi haqida klasster tuzib beradi.
  • 4-guruh Tezkor savollarga javob beradi.
  • Guruh she’rni ifodali aytib beradilar.
  • Guruh javoblari.

Istiqlol nima?  Erkinlik, ozodlik, mustaqillik degan ma’noni bildiradi.

Mustaqillik sharofati bilan diyorimizda qanday o’zgarishlar yuz berdi?

Mustaqillik munosabati bilan Vatanimiz gullab yashnadi. Maktablar, litseylar, kollejlar qurilib ishga tushirildi. Biz bolalar esa turli tillarni o’rganib, kelajakda chet ellarga o’qish imkoniyatlariga ega bo’ldik. Buning uchun esa bizdan intilish harakat bilim va  harakat talab qilinadi.

She’rda nimalar haqida fikr yuritiladi?

She’rda biz va biz kabi bolalar mustaqil, ozod Vatanda tug’ilganligimiz haqida so’z boradi. Bundan bizning yuzimiz yorug’, g’urur bilan yashab, unga munosib bo’lishimiz lozimligi haqida so’zlaydi.

Istiqlolga munosib farzandlar bo’lish qanday bo’lishimiz lozim?

Biz buyuk bobolarimiz A.Temur, A.Navoiy, Bobur kabi ajdodlarimizdan o’rnak olib ona yurtga muhabbat bilan, bilimdon, mard, fidoiy, bilimdon, zukko bo’lishimiz kerak bo’ladi.

3-guruh javoblari: Istiqlol farzandlari – vatanparvar, zakovatli, qaddi mag’rur, yurt kelajagi, zamonaning dilbandlari, keng imkoniyatlar egasi, sog’lom, barkamol, sheryurak, mard, jasur, bilimdon, zukko, chaqqon yoshlar.

4-guruhga  tezkor savollar:

  1. To’rtta tomoni teng bo’lgan to’rtbutchak? kvadrat
  2. O’zbekiston Respublikasi bayrog’ida qaysi ranglar aks ettirilgan? Yashil,oq, ko’k va qizil ranglar.
  3. “O’ktam avlod ” she’rining muallifi kim? Po’lat Mo’min.
  4. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi kim? Abdulla Oripov
  5. 1 yil necha oydan iborat? 12 oydan
  6. Musiqada qo’shiq kuyini yozgan kishi kim deb yurutiladi?  Bastakor
  7. Vatan deganda nimani tushunasiz? Tug’ilib o’sgan joyimiz, muqaddas tuproq.
  8. Asaka shahridagi ulkan svtomobil zavodida qaysi rusumdadi avtomobillar ishlab chiqarilgan? Damas, Neksiya, Lasetti, Epika, Kaptiva.
  9. Davlatimiz ramzlari? Gerb,bayroq, madhiya
  10. 2018 yil Prezidentimiz tomonidan qanday yil deb e’lon qilindi?

Barakalla, bolajonlar!  (Guruhlar baholanadi)

— Endi hammamiz diqqatimizni daskaga osilgan boshqotirmaga qaratamiz. Guruh sardorlarimiz kalit so’zni qay darajada to’g’ri topishganiga e’tibor beramiz.

— Barakalla bolajonlar! Savollarga javob topish natijasida bugungi darsimizning mavzusini keltirib chiqardingiz.

BOSHQOTIRMA

 

          K            
    E          
            L      
  A                
  J                    
    A          
      K        
    B            
              I                  
              Z        
              N    
              I        
              K                    
              I      
  1. Vatanimiz nomi.
  2. Qishning birinchi oyi.
  3. Mustaqillik so’ziga ma’nodosh so’z.
  4. Qishning oxirgi haftasi, ayyom.
  5. Mo’g’ullarga qarshi kurashgan Xorazm shohining o’g’li.
  6. Alisherning taxallusi.
  7. Bilimlar maskani.
  8. G’arbda Avetsenna nomi bilan mashhur olim.
  9. Alisher Navoiyning otasining ismi.
  10. Uch xonali son.
  11. Mo’tabar zot.
  12. Kitob ….. bulog’i.
  13. Aqlli mashina.
  14. Atrofimizni o’rab turgan borliq.

Yangi mavzuning bayoni:

O’qituvchining hikoyasi.

Bolajonlar bugun sizlar bilan shoir Shoir Miraziz A’zam o’zbek xalq shoirlaridan biri hisoblanadi. Biz uning talaygina sherlari bilan tanishganmiz. “Vatan”, “O’zbekiston posbonlari”, “Mardlik va aql yorug’ligi”, “Nurxon bilan Nurxon” kabi talaygina she’rlari bilan yaqindan tanishsiz. “Orzular qanotida” bobidagi Miraziz A’zam qalamiga mansub “Kelajak bizniki” she’ri bilan tanishamiz.

Bolajonlar bob nega orzular qanotida deb nomlangan?

Chunki bu bobda bolalarning orzu niyatlari, kelajakda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlari xususidagi matn va she’rlar o’rin egallagan.

She’r o’quvchilarga ifodali o’qib beriladi. She’rni diqqat bilan tinglab ma’nosini tushunishga harakat qilamiz.

Ko’k yuzin yashnatar

Minglab yulduzlar.

Yer yuzin yangratar

O’g’il va qizlar.

Biz yerning yulduzi,

Yurt o’g’il qizi.

Biz bilan porlagay

Gul Vatan yuzi.

Yulduzlar qayerda bo’ladi? (Ular osmonda kechasi charaqlab nur sochib turadi.) Shoir ushbu jumlalar bilan siz bolalar ham yerda o’z aql-u zakovatingiz, bilimingiz va odobingiz bilan yulduzlar misoli doimo porlab, muvaffaqiyatlarga erishishigiz kerakligini  aytayapti. Shunda Vatanimiz gullab yashnaydi.

Oq ko’ylak qora shim –

Kiyim — boshimiz

Mag’rurmiz har doim –

Baland boshimiz

She’rda Vatanimiz iftixori bo’lmish oq paxta va jundan tikilgan ust boshimiz bizning yurtimizda tayyorlanganligi, mehnatkash xalqimiz tomonidan yetishtirilgan kiyimlarni kiyib yurishimiz bizni g’ururga to’ldirishi haqida aytilgan.

Vatanimizning kelajagi ishonchi va ertangi kunini yaratuvchilari siz bolalar hisoblanasiz. Biz shu bilan baxtlisizki, bizlar tinch va osuda, mustaqil, ozod va obod O’zbekiston diyorida dunyoga keldingiz. Vatanimizda sizlar uchun juda katta imkoniyatlar yaratilagan.

Siz maktabda turli fanlardan saboq olishingiz, turli fan to’garaklari va sport to’garaklariga qatnashib, xohlagan chet tilini o’rganish, hatto bo’sh vaqtlaringizda sport bilan shug’ullanib tanangizni chiniqtirishindiz mumkin bo’ladi. Bu esa o’z navbatida sizni bilimdon, zukko, sog’lom va baquvvat bolaga aylantiradi.

Shoir she’r orqali yaxshi fazilatlarni o’zingizda mujassam etib, kelajakda juda yaxshi insonlar bo’lib etishishga chaqiradi.

Siz bolalar a’lo baholarda o’qib, sog’lom, baquvvat bo’lib, Vatanimizga munosib farzandlar bo’lsangiz, Vatanimiz gullab yashnaydi. Demak, ertangi kunimiz kelajagimiz davomchilari sizlar siz kabi bilimdon, zukko bolalar hisoblanadi.

Daftarlar ochilib, sana, mavzu  yoziladi. Lug’at ishi olinadi

Bolajonlar! She’rdagi qaysi so’zlarning ma’nosini tushunmadingiz? Ma’nosi izohlanadi.

Masalan:

Himmatimiz – birovga qilinadigan yaxshilik, marhamat, yordam.

Jun – Qo’yning yungidan yigirib kiyib bosh tayyorlanadi.

Chaqin —  yorug’lik, chaqmoq ma’nosida qo’llanilgan.

O’quvchilar navbat bilan o’qitiladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash

1-guruh – A.Navoiy guruhi “Men sehrgar bo’lib qolganimda ….. fikrini davom ettiradi. (Bunda Vatani, oilasi, ota-onasi, va o’zi uchun nimalar qilishi haqida fikr yurutiladi.)

2- guruh – A. Temur guruhi Faol tadbirkor qanday bo’lishi lozimligi haqida klasster tuzadi.

3-guruh – Z. M. Bobur guruhi “Olma daraxti”dagi savollarga javob beradi.

4-guruh – Ibn Sino guruhi “Kelajakdagi orzuyim” mavzusida o’z fikrini bildiradi.

           1-guruh savollari:

  1. Bibijon Bobonur akam uzoq joyda emas, Samarqandda xizmat qilayaptilar. Ushbu misralar qaysi matndan olingan?   (Bobonur matnidan)
  2. Maqolni davom ettiring. Yigirning botirini …… (maydonda sina)
  3. Gapi og’zidan tushib ketadigan, onasining etagiga yopishib hiqillab yuradigan erkatoylardan chinakam askar va zobitlar chiqmaydi..

Yuqoridagi gaplar qaysi matndan olingan?Bugun bolasiz, ertaga askar bo’lasiz” matnidan Qurolli kuchlar podpolkovnigi Rahmonovning so’zlari.

  1. Qish ertagi matnidagi tulkilar nega maqsadiga etisha olmadi? Qizilishton ularning maqsadini eshitib qoldi va buni Quyonlar, tipratikanlarga aytdi. Bundan xabar topgan hayvonlar g’ordan yashirin yo’l bilan qochib ketdilar.

2-guruh javoblari

         3-guruh javoblari tinglanadi.

        4-guruh – Ibn Sino guruhi “Kelajakdagi orzuim” mavzusida o’z fikrini bildiradi.

Guruhlar baholanadi. G’olib guruh taqdirlanadi.

Uyga vazifa: she’rni ifodali o’qib, savollarga javob berish topshiriladi.

— Aziz bolajonlar, Kelajak davomchilari kimlar ekan? Ular qanday fazilatlarni o’zlarida mujassam qilishlari kerak ekan?

O’zbekistonimizning kelajagi, vorislari sizlarsiz! Shuni doimo anglab, a’lo baholarda o’qib yurtimizga munosib o’g’il qizlar bo’lib yetishishga harakat qilishingiz lozim. Sog’lom bola amal qilishi lozim bo’lgan ishlarga doimo amal qilsangiz, sog’lik, bardamlik sizlarni hech qachon tark etmaydi. Sog’lom tanda sog’aql degan maqol bejiz aytilmagan.

Darsni yakunlash:

 

 

 

 

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *