«Bahor. Qushlar — bizning do‘stimiz. Bahorda kishilar mehnati».1-sinf atrofimizdagi olam

Картинки по запросу 1-sinf atrofimizdagi olam

Mavzu: «Bahor. Qushlar — bizning do‘stimiz.Bahorda kishilar mehnati».
Darsning maqsadlari:
ta’limiy:bahordagi o‘zgarishlar va qanotli
do‘stlarimiz haqida ma’lumot berish, o‘quvchilarni
kishilarning bahorgi mehnati bilan tanishtirish;
tarbiyaviy:bahor tarovati, qushlarning inson
hayotidagi o‘rni, ahamiyatini tushuntirish va o‘quvchilarni
tabiatni asrab-avaylashga o‘rgatish, mehnat orqali milliy
an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi:bolalar qalbi va ongida ona
tabiatga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish.
Dars turi:yangi tushuncha va bilimlarni
shakllantiruvchi.
Dars metodi: kichik guruhlarda ishlash, suhbat,
«Aqliy hujum» metodi, «Bilimdon» o‘yini.
Dars jihozi: darslik, tabiat manzarasi, kishilarning
bahorgi mehnatiga oid rasmlar, qo‘shimcha adabiyotlar,
maketlar, krossvord, hikmatli so‘zlar yozilgan tarqatma
materiallar.
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism.
O‘quvchilar bilan salomlashilgach, navbatchi axboroti
tinglanadi.
II. O‘tilgan mavzuni so‘rab, baholash.
«Suv — obi-hayot. Mevalarni qaynatilgan suvda yuvib
iste’mol qiling» mavzusi yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Suv haqida o‘quvchilar o‘rganib kelgan maqollar
tinglanadi.
(O‘quvchilarga krossvord tarqatiladi).
1. Bahor guli. (Boychechak).
2. Navro‘z taomi. (Sumalak).
3. Bog‘bon yaxshi ko‘rgan payt? (Nahor).
4. Yomg‘irdan so‘ng o‘rmonda yerdan nima unib
chiqadi? (Qo‘ziqorin).
5. Bahor elchisi bo‘lgan qush. (Qaldirg‘och).
III. Yangi mavzu bayoni.
O‘qituvchi:— Bugun o‘tadigan yangi mavzumizning
nomi — «Bahor. Qushlar – bizning do‘stimiz. Bahorda
kishilar mehnati». Bolalar, bahor fasli haqida nimalarni
bilasiz?
O‘quvchilar:
— Bahor kelishi bilan ona tabiat uyg‘onadi.
— Kunlar isib, dalalarda ish qaynaydi.
— Issiqsevar qushlar uchib kela boshlaydi.
— Dalada bobo dehqonlar ishi qizg‘in bo‘ladi.
— Yurtimizda to‘kin-sochinlik bo‘lsin deb ko‘chatlar
ekiladi.
Sahna ko‘rinishi: «Dehqonbobo va podshoh».
Dehqonbobo niholni nabirasiga ekib ko‘rsatish
bilan ovora, shu payt podshoh kelib qoladi.
Podshoh:— Dehqonbobo, yoshingiz bir joyga
borib qolgan bo‘lsa, bu nihol qachon katta bo‘ladi
va qachon hosilga kiradi. Ungacha siz bo‘lasizmiyo‘qmi, kim biladi. Bu niholni mevasini yeyishga
umringiz yetarmikan?
Dehqonbobo: — Olampanoh, bu niholning
mevasini o‘zim yemasam ham mayli, mening
nabiralarim, qarindoshlarim yoki ko‘chadan o‘tganlar
yeb, menga rahmat aytishsa, bo‘lgani.
Podshoh: — Hozirjavobligingiz uchun mana bu
tillalar sizga bo‘lsin.
Dehqonbobo: — Odamlar ekkan ko‘chat 3—4
yilda hosilga kirsa, men ekkan ko‘chat hozirning
o‘zidayoq hosilini berdi.
Podshoh:— Dono javobingiz uchun sizga mana
yana tilla.
Dehqonbobo: — Odamlar ekkan ko‘chat bir
yilda bir marta meva bersa, men ekkan ko‘chat
bir yilda ikki marta meva berdi.
Podshoh:— Oqil-u donoligingiz uchun sizga
boshdan oyoq sarpolar beraman.
O‘quvchi:— Xalqimiz bejiz «Ko‘chat ek, bog‘
yarat», demaydi. Ko‘chatning ko‘kka bo‘y cho‘zib,
atrofni chiroyli qilishi, shirin-shakar mevalar berishida
bog‘bonning xizmati katta.
O‘qituvchi: — Qushlarning qanday turlarini bilasiz?
O‘quvchilar:— Turna, musicha, qarg‘a, laylak,
kakku, bulbul, zarg‘aldoq, chittak, ukki, qizilishton,
burgut.
O‘qituvchi:— Qushlar ikki guruhga bo‘linadi:
issiqsevar qushlar va sovuqsevar qushlar.
Issiqsevar qushlarga: turna, qaldirg‘och, jiblajibon,
chittak, laylak, zarg‘aldoq;

Sovuqsevar qushlarga: qarg‘a,
olaqarg‘a, ko‘kqarg‘a kiradi.
Qanotli do‘stlarga qanday
g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak?
O‘quvchilar:— Ularning inini
buzmaslik, aksincha, in yasab berish,
tuxumini sindirmaslik, bolasini
o‘ldirmaslik, umuman zarar yetkazmaslik kerak.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
(Kitobda berilgan rasm asosida
bolalarning og‘zaki nutqi o‘stiriladi.
Bolalarning uyda boqadigan qushlarini qanday parvarish qilishlari
haqida ham savol-javob o‘tkaziladi).
O‘qituvchi: — Kishilarning
bahordagi mehnati haqida
nimalarni bilasiz?
O‘quvchilar:— Ko‘chatlar
o‘tqaziladi, tomorqaga sabzavotlar,
dalaga chigit ekiladi, ekinlar
parvarish qilinadi.
(Slayd rasmlari orqali bolalarni
bahorda kishilar mehnati bilan
tanishtirish davomida mehnatning
inson hayotidagi o‘rni, insonni
ulug‘lashi haqida aytiladi).
Tezkor savollar:
1. Bahorning ikkinchi nomi?
(Ko‘klam).
2. Bahor fasli necha oy davom
etadi? (3 oy).
3. Bahorda birinchi gullaydigan
daraxt? (Bodom).
4. Bahorda birinchi uchib
keladigan qush? (Qaldirg‘och).
5. Bahoriy taomlar? (Sumalak,
ko‘ksomsa, halim).
O‘qituvchi:— Bolalar, hozir
mavzuni qanday o‘zlashtirganingizni
sinab ko‘raman. Sizlar menga
qirqilgan maketlardan bahor
manzarasini yaratib berasizlar.
(Bolalar birin-ketin chiqib, maketlardan bahor manzarasini hosil
qilishadi. So‘ng ana shu manzara
izohlab beriladi. Bir o‘quvchi
manzara haqidagi fikrini bildirsa,
boshqa bolalar qo‘shimcha izohlar
bilan to‘ldiradi).
V. Darsga yakun yasash.
Darsda faol qatnashgan
o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.
Bahor haqida rasmlar chizish,
mavzuni o‘qib, qayta so‘zlab
berishga tayyorlanish.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *