Raqamlar olamiga sayohat.Matematika fani oyligiga atab tadbir

Картинки по запросу numbers gif

Raqamlar olamiga sayohat

Zal bayramona bezatilgan,raqamlar,matematikaga doir shakl va belgilar osilgan,matematik shiorlar ilingan,bolalarning qo’llarida raqam va boshlarida rasmlar,bayroqchalar.

So’roq:Salom Matematika

Nega turibsiz yakka?

Matematika:Salom qadrdon So’roq,

Ko’rinmas hech bir o’rtoq?

So’roq:Tashvishlanmang azizim,

Sizga aytay chin so’zim.

Kelishar barcha do’stlar,

Sardoriman men o’zim.

Matematika:Shodman, unda juda soz,

Mayli, kutayin biroz.

So’roq:O’tiring siz-kitobim,

Yorug’ yo’lim-oftobim.

(Matematika o’tirgach,So’roq zalga yuzlanadi)

Shaklim o’xshar o’roqqa,

Kimni tutay so’roqqa?

Aqlli ham bilimdon

Bormi chiqsin bu yoqqa?

(Matematik belgi,ishora va raqamlar-barcha ishtirokchilar sahnaga ko’tariladi.)

So’roq:Sizlar ahil bolalar,

Go’yo qizil lolalar.

Ne deysizlar ba’zida

Bersam sizga savollar?

Qo’shish:Mayli so’zlang ey,So’roq

Ayirish:Sizda qancha,ne jumboq?

So’roq:Asli kimsiz,nomingiz,

Shioringiz,shoningiz?

Biyron tilda so’zlanglar,

Ulug’ maqsad ko’zlanglar.

Ko’paytirish:Siz aytganday bo’lsin ish

Bo’lish:Do’stim,qilmang hech tashvish

Qo’shish: Har tomondan maktab tomon
Ko’plab mehmon keladi,
Ushbu kungi quvonchimizga
Birday sherik bo’ladi.
Ayirish: Keling avval mehmonlarni
Tezda kutib olaylik
Ustoz bergan odob bilan
Salom- alik qilaylik.
Ko’paytirish: Mehri go’yo oftob bo’lgan
Har so’zi bir kitob bo’lgan
Qilgan ishi savob bo’lgan
Otajonlar assalom
Bo’lish:Salom sizga onajonlar
Parvonasiz bizlarga
Shodligimiz sheriklari
Bizday o’g’il- qizlarga
Matematika:Salom,quvnoq,tirishqoq,

Ziyrak,jo’shqin yosh avlod.

San’atingiz ko’rsating,

Barcha sizdan bo’lsin shod.

Qoshish:
Bugun biz yosh shogird bo’lib, aziz mehmonlarimiz uchun tayyorlagan bayramimizni namoyish etamiz. .
Hamma:
– Xush kelibsiz do’stlar, bayramimizga,
Mehmon bo’ling matematik kechamizga.
Qo’shish:Bizning quvnoq davraga

Xush kelibsiz, marhabo.

Matematika bilan

Hamroh bo’ling doimo.

Ayirish:Matematika kerak

Har bir o’g’il va qizga

Aqlini va fikrini

Soladi yaxshi izga.

Ko’paytirish:Bu fan bizning do’stimiz,

Mo’jizalar makoni

Inoq bo’lib o’tsa kim

Ortar ilmi, imkoni.

Bo’lish:Elda bor shunday naql

“Hisob-kitob qayrog’i”

Tinglab sonlar tavsifin

Bo’lingiz chin o’rtog’i.

So’roq:Boshlandingiz xo’p qiziq

Olib davra bazmini

Ne deysizlar eshitsak

Endi bayram nazmini

Qo’shish:Rozimiz safdoshlar

Ayirish: „Katta“ akam so’z boshlar

Katta:Nomim „Katta“ kuchim ko’p

Deb man-mansib yurmayman

”Kichikka”ka ish buyurib

O’zim bekor turmayman.

Kichik:Bo’lsam hamki men ”kichik”

Aqlim ko’pga yetadi

Laylak turna osmondan

Shaklim chizib o’tadi.

Misol:Nomim misol,ifoda

Tushunsangiz kifoya.

Qimmatimni bilib yoz

Shunda bo’lar ishing soz.

Masala: Men topishmoq masala

Qayta o’qing bir yana

Nima ma’lum noma’lum

Topgach qiling tantana

Qoshish: Endi davramizga bobomiz Al- Xorazmiy yaratgan o’nli pozitsion
sistemaning raqamlarini taklif qilamiz.
Ayirish: Hisoblashda ana shunday qulay usulni yaratib bergan bobomizdan cheksiz
minnatdormiz.

Ko’paytirish:Yashasin o’nli pozitsion sistema!

Bo’lish: Yashasin raqamlar!
Похожее изображение

0: Necha asrdan buyon biz do’stimiz insonning
1: Qutlamoq uchun keldik bugun barcha mehmonni
2: Biz o’nta pahlavonmiz sir- asrorga makonmiz.
3: Necha-necha jumboqni hal etgan qahramonmiz.
4: Biz bilan hisob-kitob qilgan diyor Hindiston.
5: Beshinchi asrdayoq ishlar edik tez oson.
6: Ustoz Xorazmiy bizga atab asar yaratdi.
7: Shu asar dong’imizni keng olamga taratdi.
8: Bu merosni o’rganing ustoz ruhin shod eting.
9: Ma’rifat bo’stonini yashnating obod eting.

«1» raqami:Eng oldinda turaman,

Bo‘yimga bir qarab qo‘y.

Tartib sonlar  ichida

Birinchiman, bilib  qo‘y.

So’roq:Qani kim menga aytar

Bir nimani anglatar?

-Bitta yurak,bitta bosh

Bitta oy-u,bir quyosh

Картинки по запросу numbers gif

«2» raqami:Qomatimni ko‘rganlar

Qiyos etar oqqushga.

Mendan dir-dir titraydi,

Ixlosi yo‘q o‘qishga.

So’roq:Ikkini kim ta’riflar?

Ikki qo’l,ikki oyoq,

Ikki ko’z,ikki quloq.

Ota-ona ikki jon,

Ikkisi ham mehribon

Картинки по запросу numbers gif

«3» raqami:Bilimingni baholab,

Noiloj qoniqaman.

Qachon mendan o‘tar deb,

Ko‘z tikib toliqaman.

So’roq:Kim 3 sonini ta’rif etgur?

Har faslda 3 ta oy

Uchburchak ham unga joy

Uch og’a-ini botirlar

Deydi bizdan o’rnak ol!

Svetoforning uch chirog’i,

Bizni xavfdan saqlaydi!

«4» raqami:Hisobda yutqazma yut

Ikki karra ikki to’rt

Chala o’qiganlarning

Ishi doim bo’lar mo’rt

So’roq:Tabiat bilan bog’lang

Matematikani darhol

4 bilan bizlar qayda

Uchrashamiz bilingda!

Tabiat kitobi:Tabiatning asosi

Matematika asli.

Bu olamda neki bor,

Hisob-kitobi bisyor!

Ufqning 4 tomoni

Yilda bor 4 ta fasl

1 oyda-chi 4 ta hafta

Otning  oyog’i 4 ta

Картинки по запросу numbers gif

«5» raqami:Meni derlar besh soni —

A’lochilarning joni.

Olti sonidir akam,

Uch-to‘rt sonlari ukam.

So’roq:5 ni men ham yoqtirgum

Lek ma’nosini so’ragum?

-Qo’ldagi 5 panja bu

Yulduzda 5 qirra bu

«6» raqami:Qorni semiz, dumaloq

Beshdan keyin turaman.

Juft sonlar qatorida

Uchinchisi bo‘laman.

So’roq:Ona tili kitobi

Sening so’zing tinglaylik

Ona tili kitobi:Matematika do’stdir

Ona tili faniga

Tartib sonu,sanoq son

Har kun kerakdir bizga.

— Alifboda 6 ta unli tovush

Harflari ham 6 ta

6 ta tinish belgi

Bordir 6 kelishik

Картинки по запросу numbers gif

«7» raqami:Boshga tutib soyabon,

Belbog‘cha boylaganman.

Hisob-kitobga   do‘stlar,

O‘zimni shaylaganman.

So’roq:7 raqamin bizga

Odobnoma bildirar

Odobnoma kitobi:Bu ikki fan biz uchun

Mo’jizalar makoni

Odobli bo’lsa har kim

Ortar ilmi,imkoni.

Yetti pirlar diyoridir

O’zbekiston diyorimiz

7 xazina,7 mo’jiza

1 haftada 7 kun

«8» raqami:Ipak qurt pillasidek,

Qo‘sh halqaga o‘xshayman.

O‘zgarmas qiymatim lek,

Oyoq osmon tursam ham.

So’roq:Navbat ijodga endi,

Mehnat kitobi keldi

Mehnat kitobi:Matematika nechun kerak,

Rasm,mehnatda dersiz?

Naqshu applikatsiya

O’lchash kerakdir so’zsiz!

8 ta janr tasviriy san’atda

8 oyoq ,8 sayyora

Hamda bor sakkizburchak

Hurligimizning ramzi.

«9» raqami:Shaklim o‘xshar vergulga,

Oltiga qarindoshman.

Bir xonali sonlarga,

Shu yoshdan karvonboshman.

So’roq:O’qish kitobi tezda

O’z o’rningni egalla!

O’qish kitobi:Sana,o’lchov va yillar,

Matnda uchrar takror

Buni o’qib,uqish uchun

Matematika darkor!

9-fevralda bobom Navoiy tug’ilgan

9-aprelda Temur bobom tug’ilgan

9-mayda bizlar-Xotirlaymiz hammani

Shuning uchun 9dan minnatdormiz hammamiz

Qo’shish:Hoy, nol, kela qol!

Raqamlar saflangan choq,

Kelmay tuar faqat nol

Ular bo’lishar hayron:

Sodir bo’ldi qanday hol?

Ayirish:Shunda “to’qqiz” gapirdi:

-Imillamay, bo’la qol!

Seni kutib turmaylik,

Tezroq kelib o’rning ol!

Ko’paytirish:Lekin shundan keyin ham,

Qimir etmay turar nol.

Yoki o’z o’rnin bilmay,

Gangib turar ehtimol?

Hamma:Nol uchraydi har yerda,

Asli o’rni qayerda?

Bo’lish:“Matematika” bobojon

Bizga yordamga keling

Nega nol kelmay qo’ydi

Hammani ogoh qiling

Sardor Rahimxonning ”Raqamlar” qos’hig’iga raqs

So’roq:Bolajonlar zukkosiz

Hamda bilimdon,dono

Ingliz tilida so’zsiz

So’zlarsiz burro-burro

  • boshlovchi:So’roqvoy to’g’ri aytding
  • boshlovchi:Bordir rim raqamlar ham
  • boshlovchi:Ular o’zlarin bizga
  • boshlovchi:Tanishtirar ingliz tilida

Rim raqamlarini taqqan o’quvchilar chiqib she’rlarini aytishadi

O-Meyk e big lup

Jast layk so’v

Zisiz ze vey

Tu meyk zero’v

I-E strayt layn

Van it iz fan

II-Eravnd end bek

On ze reylvey

Trek meyks

Tu tut u

III-Eravnd ze tri

End eravnd ze tri

Zisiz ze vey

Yu meyk e tri

IV-Davn ove

Davn sam mo

Zet’s ze vey tu

Meyk e fo

V-Put on e het

Zen teyk e dayv

Meyk e ravnd belli

Nav zets fayv

VI-Davn tu e lup

Ze siks rols e hup

VII-Ekros ze skay

End davn from hiven

Zisiz ze vay

Yu meyk e seven

VIII-Meyk en es

End dont veyt

Klaym bek ap

Tu meyk en yet

IX-meyk e so’kl

End zen e layn

Zets ze vey

Tu meyk e nayn

Hamma: One,one, one, little dogs run.
Two,two,two, cats see you.
Three,three,three, birds in a tree.
Four, four,four, rats on the floor.

Qo’shish:Bildingiz birin-ketin

Ayirish:Hammangizga ofarin.

Ko’paytirish:Qani ayting-chi sizlar

Bo’lish: Sonlar haqida maqollar.

“Sanamay sakkiz dema”.

“Birniki mingga, mingniki tumanga”.

“Yer haydasang kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda”.

“Yetti o’lchab bir kes”.

“Bir orzu ming orzu bo’lolmaydi”.

“Bilimi zo’r mingni yengar,Bilagi zo’r birni yengar”.

“Bir yil tur ekkan kishi,Yuz yil gavhar teradi”.

“Bir tup tok eksang,Bir tup tol ham ek”.

“Bir yigitga yetmish hunar oz”.

“Bir tomchi suv chumoliga daryo ko’runur”.

1-o’quvchi:Oppoq quyon o’ynardi,

Kelib qoldi qorasi

Qo’shilganda bolasi

Nechta bo’ldi hammasi

2-o’quvchi:Malika ,Muxtor,Omon

O’ynashardi qorbo’ron

Keldi shu payt uch o’rtoq

Sanab bilgin sen tezroq

 Sahna ko’rinishi SONLAR NEGA XAFA?

Qorong‘i tunda eshik qattiq taqilladi. Oyisi hadeganda chiqavermagach, Xurshidning o‘zi eshik oldiga kelib, tirqishdan mo‘raladi. Hech kim yo‘q… U joyiga yotmoqchi bo‘lib endi yonboshlagan edi hamki, eshik qo‘ng‘irog‘i yana jiringladi.

Xurshid eshikka borib «Kim?» deb so‘radi.

– Biz, Xurshidjon, eshikni oching!

U muloyim ovozdan xotirjam tortdi va eshikni qiya ochdi. Shu payt xonaga oyog‘i kalta 9, belbog’i yo‘q 7, 5 va boshqa sonlar xafa bo‘lib kirib kelishdi. Ular qo‘llarida uzun ruchkalar bilan qurollanib olishgan edi. Xurshid qo‘rqqanidan yugurib xonasiga kirib yotib oldi. Shu payt ustida chirpirak bo‘lib uchayotgan O’qish,Matematika, Ona tili, daftarlariga ko‘zi tushdi. Ular Xurshidning yuz-ko‘zlariga ayamay urilar va yana ko‘kka ko‘tarilardi.

Odobnoma,Tabiat va Mehnat kitoblari uning qo‘llarini mahkam tutib, Matematika huzuriga olib borishdi. Matematika boshiga katta toj kiyib olgan, uning yonida esa O’qish va Ona tili kitoblari turardi. Matematika darg‘azab bo‘lib Xurshidga qaradi va:

– Bu bolaning aybi nima? – dedi do‘rillab.

– U hamma sonlarning oyoq-qo‘llarini uzib oladi, mana, mening ham belbog’imni yulib olgan, – dedi Q harfi zorlanib.

– Ha, bu bola hammamizni qing‘ir-qiyshiq yozadi, oqibatda birimiz cho‘loq, yana birimiz katakdan chiqib ketamiz, – deyishdi 2 bilan 3 sonlari kalta qo‘llarini ko‘rsatib…

– Shunday denglar, – dedi Matematika sonlarni ko‘rib.

Shu payt Xurshid matematika o‘qituvchisi Zulayho opaning gaplarini esladi:

– Sonlarni katakdan chiqarmay chiroyli qilib yoz. Aks holda, ular sendan ranjib qoladi-ya, o‘g‘lim!

Ha, Zulayho opa bekorga aytmagan ekan, mana oqibati. Endi nima qiladi? Fanlar shohi Matematika qanday qaror chiqaradi?

Xurshid jiqqa terga botib ketdi. Matematika o‘tkir nigohlarini undan uzmas, Ona tili va O’qish esa uning hukmini yumshatishga harakat qilishardi.

Hamma jim qolib, so‘z Matematikaga berildi:

– Sonlarning arzini eshitib, shunday xulosaga keldik: Xurshidning qo‘llariga yuz darra urilsin, toki bu boshqalarga ibrat bo‘lsin!

– Voy do-od, oyijo-on!!!

Xurshidning ovozi chiqmadi. U terga botib, tinmay tipirchilar, atrofdagi harflar esa «Xurshid, Xurshid!» deb baqirishardi.

Chiroq nurlaridan ko‘zlari qamashgan Xurshid yig‘lab yubordi. U karavotidan tushib yerga yotib olgan, tinmay depsinardi. Oyisi uni yelkasidan ohista quchdi.

– Yomon tush ko‘rdingmi, bolam?

Xurshid shosha-pisha daftar-kitoblari turgan stolga qaradi. Ular joy-joyida turardi.

Ertasi kuni Xurshid hamma fanlardan yangi daftar tutdi va barcha sonlarni chiroyli husnixat bilan yoza boshladi…

         Qo’shish:  Kim nima degan ekan

         Ayirish:Matematika haqida

 Ko’paytirish:Gar bilmoqchi bo’lsangiz

 Bo’lish:Quloq soling albatta

M- Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo’lingiz ogoh!      Qori Niyoziy.

A — Kim matematikani bilmasa, haqiqatni bilmaydi.

Kim uni tushunmasa zulmatta yashaydi.   Rene Dekart

T — Musiqa qalb matematikasi bo’lsa matematika miya musiqasidir.N.G. Chernishevskiy.

E- Yulduzlar hukmiga oid ilm-matematik fanlarning eng yaxshi mahsulidir.

Abu Rayhon Beruniy

M — Matematika – aql gimnastikasidir.            A.V.Suvorov

A- Matematika san’atning bir turidir.           N.Viner

T -Matematika- barcha fanlar eshigi va kalitidir.   ( Bekon)

I-Tabiatning buyuk kitobi matematik belgilar bilan yozilgan. ( Galiley)

K-Biz matematikani kasb qilib tanlamaymiz, bizni u tanlaydi. ( Manin)

A-Matematika shuntay tilki- barcha aniq fanlar shu tilda gapiradi. ( Lobachevskiy)

(Matematika so’zi hosil bo’ladi)

Qo’shish:- “Matematika”kechamiz
Tugab borar shu onda
Dil so’zlari aytdik biz,
Rahmat deymiz hammaga!
Ayirish:- Ona yurtim omon bo’l,
Shudir yolg’iz tilagim
Sen uchun, Vatan uchun,
Yonib yashar yuragim!
Ko’paytirish:- Xayr aziz mehmonlar,
Ota-ona ustozlar,
Barchangizga ming rahmat,
Bo’ling doim salomat!
Bo’lish:— Tumanimda ko’p maktab,
Yana ko’pdir bog’chalar.
Lekin yakka-yagona,
Hamma:
Budir bizning – maktab!

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *