YER YUZASINING ASOSIY SHAKLLARI

Картинки по запросу globus gif

YER YUZASINING ASOSIY SHAKLLARI

Darsning maqsadi:

  1. a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga yer yuzasining  asosiy  shakllari: tog‘,  tekislik, materik  va  okeanlar  haqida  ma’lumotlar berish, ularning tabiiy xaritada tasvirlanishi va  joylashuvi   haqida tasavvurlar hosil qilish.

FK3; Yer yuzasidagi materik va okeanlar, tog‘ va tekisliklarni  aniqlash;

  1. b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni tepalikni tog‘dan, tekislikni o‘rmon-qirlardan ajrata olishga, yer yuzasi shaklini solishtirish;

TK5:  tabiatni  asrash  va uni muhofaza qilishga o‘rgatish;

  1. d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning tog‘, tekislik, materik va okeanlar haqidagi dunyoqarashlarini rivojlantirish.

FK3: Yer yuzasidagi tog‘ va tekisliklar, ularning nomlarini globus va xaritalardan topa olish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsda foydalaniladigan metodlar: tushuntirish, suhbat, “Tushuncha va mazmun” texnologiyasi, krossvord, “B.B.B.” texnologiyasi.

Dars jihozlari: Yarimsharlar tabiiy xaritasi,

yozuvsiz xarita, tog‘ va tekisliklar tasvirlangan rasmlar, darslik, multi-

media ilovasi.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Salomlashiladi, sinf xonasi va o‘quvchilarning darsga tayyorligini nazorat qilinadi. Ob-havo, kun, davomat haqida navbatchi axboroti tinglanadi.

O‘quvchilarni guruhlarga bo‘linadi:

1-guruh:  ” Tinch okeani ”

2-guruh:  ”Atlantika okeani ”

3-  guruh:  ”Hind okeani ”

4-guruh:  ”Shimoliy muz okeani ”

Guruhlarning taqdimoti o‘tkaziladi.

  1. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):

“ Tushunchalar talqini” didaktik mashqi  o‘tilgan mavzuni  mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.

Tushunchalar Mazmunlar
Siyosiy xarita Davlat chegaralari ko‘rsatilib, har bir davlatning egallagan hududialohida rangda tasvirlanadi
Masshtab  Yer yuzi yoki uning qismi xaritada necha marta kichraytiribko‘rsatiladigan sartli belgi.
Xarita Yer yuzi yoki ayrim qismlarining kichraytirilgan yassi tasviri
Tabiiy xarita Quruqlik balandligiga ko‘ra turli ranglar bilan tasvirlangan bo‘ladi.
Yarimsharlar  xaritasi Yer shari sirtining ikkiga bo‘lingan doira shaklidagi tasviri.
Ma’muriy xarita Ma’lum bir mamlakatning ma’muriy bo‘linishi tasvirlangan bo‘ladi.

.

O‘quvchilar bilan o‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

Xattaxtadagi daraxt barglari orqasiga yozilgan savollarga javob berishadi.

  1. Xarita deb nimaga aytiladi? Uning globusdan farqini aytib bering.
  2. Yarimsharlar xaritasi deb qanday xaritaga aytiladi?
  3. Masshtab nima? Masshtab yordamida bir joydan boshqa joygacha

bo‘lgan  masofa qanday aniqlanadi?

4.Tabiiy xaritada Yer yuzi qanday tasvirlanadi?

  1. Siyosiy xarita va ma’muriy xarita deb qanday xaritalarga aytiladi?

Har bir topshiriq uchun guruh ballari kartochkalar orqali ragbatlantiriladi

va  o‘z konvertlariga to‘plab boriladi.

III. Yangi mavzuni tushuntirish:

Mavzu mazmunini ochib beruvchi animatsiya namoyish eti-

ladi. Yer yuzining asosiy shakllari deganda nimani tushunasiz?

Yer yuzining quruqlik qismida tekis joylar — tekisliklar va baland joylar — toglar alohida ajralib turadi.  Tog‘lar va tekisliklar- Yer yuzidagi quruqliklarning asosiy shakllaridir.Yer yuzida tog‘lar tanho shaklda kam uchraydi. Ko‘proq ular bir-biri bilan qatorasiga tutashgan bo‘ladi.Qatorasiga tizilib ketgan tutash tog‘lar  tog‘ tizmasi deb ataladi. Ana shu ulkan suvlik oralarida joylashgan quruqliklarni materiklar deb ataydilar.Yer sharida oltita materik bor.

  • Yevrosiyo;
  • Afrika;
  • Shimoliy Amerika;
  • Janubiy Amerika;
  • Avstraliya;

Bu materiklarni 4 ta okean o‘rab turadi:

  • Tinch okean;
  • Atlantika okeani;
  • Hind okeani;
  • Shimoliy muz okeani.

Okean suvining tagi ham quruqlikdagi kabi tog‘ va tekisliklardan iborat. Tekisliklar juda katta  maydonni egallagan. Suv  tagidagi tog‘ tizmalari baland va juda uzoq masofaga chozilgan. Okeanlarning o‘rtacha chuqurligi 2000-3000 m atrofi da bo‘ladi. Okeanning ayrim joylari chuqurligi 5000 m dan oshadi. Eng chuqur joy Tinch okeanidagi Mariana botig‘i bo‘lib, uning chuqurligi 11022 m ni tashkil etadi.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Dam olish daqiqasi: Ingliz tilida qo‘shiq.”Clap your hands”

Topshiriq: Materiklar haqida tayyorlab kelingan ma’lumotlarni tinglash.

Xarita bilan ishlash.

1.Ularning eng kattasi Yevrosiyodir. Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi shu materikning O‘rta Osiyo qismida joylashgan.Yevropaning maydoni 10 million kvadrat kilometrga teng bo‘lib, Osiyoning maydoniga qaraganda 4marta kichikdir.

2.Kattaligi jihatdan ikkinchi materik−Afrika. U ikki okean Hind va Atlantika okeanlari o‘rtasida joylashgan. Bu yerdagi sahrolar, qalin tropik o‘rmonlar va o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan pasttekisliklarda  turli-tuman hayvonlar yashaydi. Mahalliy aholi dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Dunyodagi eng uzun daryo Afrikada joylashgan bo‘lib, bu Nil daryosidir.Uning uzunligi 6695km. 

3.Shimoliy Amerika o‘z maydonining kattaligi jihatidan materiklar

orasida uchinchi hisoblanadi. Uning shimoliy viloyatlarijuda sovuq

bo‘lib, asosan o‘rmon va ko‘llardan iborat. Janubda esa jazirama sahro-

lar va tropik o‘rmonlar yastangan. Bu yerda dunyodagi eng katta orolGrelandiyada

joylashgan.

4.Janubiy AmerikaTinch vaAtlantika okeanlari orasida joylashgan. G‘arbiy sohillari bo‘ylab uzun And togtizmasi cho‘zilib yotadi. Katta tropik o‘rmonlar dunyodagi eng yirik daryolardan biri Amazonka qirg‘oqlarida o‘sadi.

  1. Antarktida – sayyoramizning suv bilan qoplangan eng janubiy hududidir. Bu muzliklar ostida suv emas, qattiq yer bor. Antarktidaning 99% hududi muz bilan qoplangan. Bu materikda tashkil etilgan qutb stansiyalarida ko‘pgina mamlakatlarning olimlari ilmiy kuzatishlar olib borishadi.
  2. Eng kichik materik Avstraliya bo‘lib, u janubiy yarimsharda joylashgan. Unda bor-yo‘g‘i bitta mamlakat joylashgan. Qirg‘oqlardan olisdagi yerlar taqir bo‘lib, qurg‘oqchilik  hukmron bo‘lgan hududlar hisoblanadi.

Matematik topshiriq beriladi.

Yevropaning maydoni 10 million kvadrat kilometrga teng bo‘lib, Osiyoning maydoniga qaraganda 4 marta kichikdir.Osiyoning yer maydonini aniqlang.

Javob: 40 million kvadrat kilometr

Himolay tog‘ tizmasidagi Jomolungma (Everest) cho‘qqisi balandligi

8848m ga teng bo‘lib, uning balandligi Mariana botig‘i  chuqurligi

11022 m dan qancha kam? Javob: 2174 m kam

Topshiriq: Ekologik muammolar yaratish sahna ko‘rinish yoki

rasmlar orqali ko‘rsatib berish. (“Xazon yoqish”, “Chiqindilarni turli

joyga tashlash”, “Suv, gaz, elektr energiyasidan oqilona foydalanish”, “Sigareta, avtomobillardan chiqayotgan tutun”)

Gurunlarga krossvord yechish topshirig‘i ekran orqali namoyish

etiladi.

1.Eng katta materik.

  1. Tekisliklar balandligiga ko‘ra turlaridan biri.

3.Yer yuzidagi quruqlikning asosiy shakllaridan biri.

  1. Tekislikning sathi dengiz sathidan 500 m dan baland bo‘lgan joy.
  2. Yer yuzidagi eng baland tog‘ cho‘qqisi.
  3. Eng kichik okean.
  4. Yer yuzining quruqlik qismidagi tekis joylar.
  5. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash:

Bugungi darsdan nimalarni o‘rgandingiz? Barcha o‘quvchilarning

javoblarini eshitish, qabul qilish, javoblarini umumlashtirish.

Har bir guruh to‘plagan ballari aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan

guruh  a’zolari  alohida sovg‘alar bilan taqdirlab, ballar e’lon qilinadi.

  1. Uyga vazifa berish:

Darsligimizning 35-38 sahifasini o‘qib, savollarga javob yozing.

Yozuvsiz xaritada materik va okeanlarni bo‘yang, nomini yozing.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *