Yangi darslik barchaga manzur bo’lyapti

2-sinf ona tili va o’qish savodxonligi darsligida berilgan «Navbatda turishni bilasizmi?» bo’limidagi mavzular o’quvchilarni odamlarning qanday vaziyatlarda navbatda turishlarini,navbatda turish odobi va qoidalariga amal qilish,amal qilmasa nimalar sodir bo’lishi mumkinligi bilan birga sabr va sabrsizlik oqibatlari haqida ham o’rgatib boryapti.Darslik bolalarni hayotga tayyorlab boryapti desak hecham mubolag’a bo’lmaydi.Eng qizig’i bu mavzu oshxona xodimlariga juda manzur bo’ldi,darslik degani mana shunday bo’libdi-da deb ham qo’yishdi.

Suratda Buxoro viloyati Romitan tumani 1-IDUMning 2-«A» sinf o’quvchilari

Возможно, это изображение 12 человек, люди учатся и текст
Возможно, это изображение 13 человек и люди учатся
Возможно, это изображение 12 человек

Mahoratli_muallima

Ish tajribasi respublikada ommalashgan oliy toifali boshlang’ich sinf o’qituvchi,Xalq ta’limi a’lochisi Surayyo Murodovaning 4-sinf tarbiya fanidan o’qituvchilar uchun yaratgan metodik tavsiyasi nashrdan chiqdi.
Ushbu metodikada zamonaviy metodlar asosida darsni olib borish texnologiyalari berilgan bo’lib o’qituvchilarga zarur bo’lgan yordamni beradi degan umiddamiz.

👍 Agarda 45 daqiqalik darsingizni qiziqarli o‘ta olsangiz, darsingizda o‘tirgan o‘quvchilar siz sabab kelajakda «ilm yo‘lida o‘zbek jamiyatining qutqaruvchisi» bo‘lishi mumkin!

Maktabingizda eng yetakchi o’qituvchi bo’laman desangiz:

• O’zgacha dars o’tish uslubiga ega bo’ling;

• Boshqalardan bir qadam oldinga bo’lishga harakat qiling;

• Tez-tez natijalar qayd etib, o’z faoliyatingiz samaradorligini isbotlang;

• Har darsingiz bir xil bo’lib qolmasin, turli metodlar orqali darsni qiziqarli o’ting;

• Vaqtingizni nazorat qiling, vaqtdan unumli foydalanish usullaridan foydalaning;

Bularning barchasi ushbu metodik tavsiyada berilgan👍👍👍

Sharipova Dilfuza Hasanovna Romitan tumanidagi XTB
boshlang‘ich ta’lim metodisti